O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


  Turistlar  uchun  tur  dasturini  tuzish



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

1.  Turistlar  uchun  tur  dasturini  tuzish.  Odatda  turistik  dasturni  yaratish 
bilan  turfirma  turoperatorlari  shug‘ullanadi,  lekin  ekskursiyaning  o‘ziga  xos 
jihatlari,  vaqti,  marshrutini  aniqlashtirish  gidning  mas’uliyatidir.  Hozirda  ba’zi 
turistik firmalar yangi ekskursiya marshrutini tuzishni gidlarning o‘ziga topshiradi, 
firma  esa  ushbu  marshrutlar  uchun    O‘zstandart  va  «O‘zbekturizm»  MK  dan 
sertifikat  oladi.  Ba’zida  gidlar  yakka  tadbirkor  sifatida  ushbu  faoliyat  bilan 
shug‘ullanish  uchun  patent,  sertifikatga  ega  bo‘ladilar  va  turistlarga 
(ekskursantlarga) hamrohlik qiladilar. 
Turni  kim  shakllantirishidan  qat’iy  nazar  (firma  yoki  gid),  unga  talab  
mavjud  bo‘lishi,  sifatli  bo‘lishi,  standartlarga  javob  berishi  va  aniq  iste’molchilar 
kategoriyasiga  (katta  yosh,  yoshlar,  sportchilar,  oilalilar  va  sh.k)  yo‘naltirilgan 
bo‘lishi  lozim.  Shuning  uchun,  qulay  dasturni  tuzish  gidning  birinchi  va  asosiy 
vazifasidir. 
Eng avvalo, boshqa o‘xshash marshrutlardan farqlash oson bo‘lishi uchun tur 
kodlashtiriladi. Masalan, Ch T-1 (Trekking #1 in Chimgan- bu Chimyonda piyoda 


63 
 
sayr  degani).  Keyin  turga  jarangdor,  qiziqarli,  e’tiborni  jalb  qiluvchi  qisqa  nom 
beriladi (masalan, «Uyqudagi malika tomon yo‘l»). 
Dastur 
ko‘rinishi 
va 
qaysi 
toifa 
turistlarga 
(ekskursantlarga) 
yo‘naltirilganligiga 
ham 
aniqlik 
kiritish 
kerak. 
Tur 
aralash, 
ya’ni 
kombinatsiyalashgan  (avtomobilda,  piyoda,  otda)  yoki  monoformatli  (alpinizm 
yoki  rafting)  bo‘lishi  ya’ni  turistlarga  tanlash  imkoniyati  mavjud  bo‘lishi  kerak. 
Marshrutning mavsumiyligiga ham e’tibor qaratish lozim. 
Dasturning davomiyligi kun\tunash  yoki soatlarda ko‘rsatiladi. Turga tashrif 
buyurgan  kundan  toki  qaytgunga  qadar  izoh  beriladi.  Joyni  tasvirlash,  marshrut 
bo‘yicha  harakatlanish  sxemasi,  cho‘qqilar  balandligi,  harakatlanish  davomiyligi, 
to‘xtash joylari kabi ma’lumotlarni keltirish tavsiya etiladi. 
Dasturga  qatnashish  imkoniyati  qanday  sharoitlarda  mumkinligi  to‘g‘risida 
turist (ekskursant) ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Masalan, tabiiy iqlimiy sharoitlar 
(qor  ko‘chish  xavfi,  sel  kelish  xavfi  bo‘lganda  sayohatni  amalga  oshirish  xavfli), 
siyosiy  (tog‘larda  harbiy  to‘qnashuvlar),  texnik  (aloqa,  qutqaruv  komandasi, 
vertolyot,  avtomashinaning  mavjudligi),  iqtisodiy  (qulay  narxlar,  yaxshi 
infratuzilma) va sh.k. 
Sayohatni  tashkil  etishda  turist  (ekskursant)  o‘zi  bilan  nimalarni  olishi 
mumkin yoki mumkinmasligini tushuntirish kerak (masalan: primus, fonar va sh.k. 
zaruriy  narsalar).  Ba’zida  turfirmalarda  zaruriy  inventarlar  soni  kam  miqdorda 
bo‘lganda,  turistlar  o‘zi  bilan  olib  kelishi  yoki  ijaraga  olishi  mumkin.  Dasturda 
marshrutdagi  tur  narxiga  kiritilgan  yoki  alohida  to‘lanadigan  servis  borasida  ham 
axborot  beriladi(ovqatlantirish,  hojatxona,  o‘z  tilida  tarjimon,  rasmga  tushirish  va 
sh.k). 
Agar gidga tayyor dastur berilsa, u ushbu dastur bilan puxta tanishib chiqishi, 
ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  aniqlashi,  ba’zi  masalalarga  aniqliklar  kiritishi  zarur. 
Bu ko‘pgina tushunmovchiliklarni oldini olishi mumkin(masalan: otlar ma’lum bir 
hududga  borgandan  keyin  berilishi,  cho‘milish  yo‘lda  uchraydigan  daryolarda 
emas, ko‘lda rejalashtirilganligi va sh.k). 


64 
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish