220
rayonlar, mamlakatlar va regionlarda ham shundan turagentlik bo‘limlari ochadi.
Bir-biriga o‘xshash holda ular murakkab sotuvchi chiqarish tarmoqlarini hosil
qiladi.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat
keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik
safarlarni sotish hajmini o‘stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan
chiqish turizmining provinsial bozoriga kirib boradi. Bu bilan o‘z xodimlarini
ta’minlash harajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O‘z navbatida
turagent safarlarni oxirgi iste’molchisiga sotib bergani uchun vositachiligiga
komission mukofat oladi. Uning hajmi odatda sotilgan turistik mashulot bahosiga
nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko‘paytirilishi ham
mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko‘proq turistik xizmat sotilganda).
Komission mukofat turagentlikning asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Ulgurji va chakana turistik firmalar o‘zaro munosabatlarda hollarda mayda
ulgurji savdogarlar o‘rtakashlik qilishadi. Ular odatda bir hudud doirasida harakat
qilishadi. Markazlashgan holda mamlakatning va xorijiy turoperatorlarning
safarlarini sotib olishadi va ularni mahalliy kichik turagentliklarga sotishadi. Ularga
odatda yirik ulgurjichilar xizmat ko‘rsatishmaydi. An’anaviy mayda ulgurji turistik
firmalar va turagentliklar sotish bo‘yicha o‘zlarining mayda taqsimlovchi
agentliklarini tuzishadi. Ular idorada ishlashmaydi, bevosita aholi guruhlari va
shaxsan induvidlar bilan ishlaydi. O‘z qarindosh-urug‘lari, tanishlari orasidan mijoz
topadilar. Tavsiyalar bilan uylarga, xizmat joylarga jamoat muassasalariga
boradilar. Psixologlar turli xil reklamalar, e’lonlar, takliflar chaqiriqlarga qaraganda
kishi do‘stiga, uning so‘zlariga ko‘proq ishonishini allaqachon aniqlashgan. Xuddi
shunday turistik safarga da’vat etuvchi reklama, e’lon, shoirlardan ko‘ra
turagentning mijoz
huzuriga kelib, safarga taklif etishi ko‘proq samara beradi.
Yaxshi va uddaburon agent – turistik mahsulotlarni sotish barcha
bug‘inlarida muvaffaqiyat garovidir. Turistik firmalarni nomzod tanlash va ularni
o‘qitishga alohida e’tibor berishi boisi ham shu. Testlarning murakkab tizimi ularga
da’vogarning professional yaroqligini baholashga imkon beradi.
Agent bir qator zaruriy hislatlarga ega bo‘lishi kerak. Ular ichida eng muhimi
qat’iyatlik, notanish kishiga qo‘rqmasdan murojaat qilish, xushmuomilalik,
topqirlik, suhbatda ishonch muhitini yarata olish qobiliyati, istarasi issiqlik,
ishonchlik va halollik hisoblanadi.
Agentlar tayyorlash yapon maktablarida noyob nazorat testi mavjud:
agentlikka nomzod shaharning odamlar gavjum joyiga chiqib qo‘shiq aytadi, ovozi,
musiqiy eshitish qobiliyati, bori-yo‘qligi, xatto matnni bilmasligi ahamiyati yo‘q.
Testdan o‘tgan nomzodlar, savdo agentlarini professional o‘qitish
markazlariga yuboriladi. U yerda turistik mahsulotlar bilan tanishtiriladi, xorijiy
safarlarga jalb etilib, tanishtiriladi. Xullas agentga ishbilarmonlik va samimiy xulq-
atvor bilan mijozni o‘z taklifiga ko‘ndirish uchun barcha zarur hislatlar singdirilib,
ko‘nikma va malaka hosil qildiriladi. O‘qish tugaganidan keyin unga tegishli
hujjatlar va metodik materiallar beriladi, sinov muddati bilan ish taqdim etiladi.
Uning bilan turistik firma bilan kelishilgan shartlarda hamkorlik qilish to‘g‘risida
agentlik bitimi shaklida shartnoma tuziladi.