O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/278
Sana18.09.2021
Hajmi2,37 Mb.
#178132
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   278
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
 
Jadval 16 
Yevropada qurilgan ayrim tematik parklarning qiymati 
 
Parklar 
Joylashgan o‘rni, 
ochilgan yili 
Investitsiyalar sarfi, mln. 
AQSH doll. 
Yevro Disneylend  
              Fransiya,         
1992 
3 150,0 
Valibi Flevo 
              Niderlandiya,  
1994 
     12,0 
Port Aventura 
              Ispaniya,          
1995 
   458,7 
Varner Broz. Muvi Uorld                Germaniya,         
1996 
   243,8 
Legolend Vindzor 
              Buyukbritaniya 
1996 
   130,0 
Sega Uorld 
              Buyukbritaniya, 
1996 
     68,8 
Varner Broz. Muvi Uorld                Buyukbritaniya, 
1996 
   344,0 
Manba:
 A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
 
Bu sayr-tomosha muassasini turizm industriyasida «og‘ir» sektorga qo‘shilishi 
ham  tasodifiy  emas.  Ayrim  yirik  zamonaviy  attraksionlar  ularning  egalariga  o‘n 
millionlab  amerika  dollariga  tushadi.  Misol  uchun,  nemis  tematik  parki 
«Fantazialand»da  1994  yilda  ko‘rilgan  «Galaktika»  attraksioni  20,8  mln.  Amerika 
dollari  turadi,  «Kolarado  Edvenchur»  parkidagi  attraksion  esa  17,6  mln.  dollar. 
Ularning qiymati  uncha katta bo‘lmagan  tematik  parklar harajatlariga teng. Tematik 
parklar yuqori raqobatbardoshligiga oqilona narx siyosati yurgizish orqali erishiladi. 
Avalgi  dam  olish  ob’ektlaridan  farqli  ravishda  ularga  yagona  kirish  bileti  (chipta) 
joriy etilgan. Unga parkni tomosha qilish ovqatlanish, yashash, xohlagan tomoshasini 
ko‘rish qiymatlari qo‘shilgan. 


                      
208 
«Disneylend»  yangi  tip  biletlar  –  «Fleks  Pasport»  («Egiluvchan  pasport») 
taklif  etib,  yana  oldinroqqa  qarab  ketdi.  U  parkka  keluvchilarga  katta  imkoniyatlar 
yaratdi.  Uning  egalari  «Disneylend»  da  uzluksiz  besh  kun  dam  olishlari  mumkin, 
yana  rasmiy  ochilishidan  1,5  soat  oldin  parkka  bemalol  kirish  mumkin.  Bundan 
tashqari,  egiluvchan  pasport  bilan  qo‘shimcha  to‘lovlarsiz  Janubiy  Kaliforniya 
basseynlari  va  plyajlariga  borishlari  mumkin.  Yaqinda  Florida  shtatining  uch  yirik 
tematik  parklari  «Si  Uorld»,  «Yuniversal  Styudios»  va  «Ueti  Uayld»  mijoz  uchun 
kurashda o‘z kuchlarini birlashtirishda va umumiy ko‘p kunlik pekijlar joriy etishdi. 
Ular  bir  yo‘la  bemalol  uchala  parkda  ham  besh  kun  bo‘lishga  biletlar  sotishadi. 
Boshqaruvchilarning  fikrlaricha,  ko‘p  parklikka  yagona  bilet  joriy  etilishi  tashrif 
buyuruvchilarga  qulayligi  bilan  manzur  bo‘layapti,  ularning  sayr-tomosha 
ob’ektlariga keluvchilar soni ko‘payapti. 
Tematik  parklar  faqat  xizmatlarga  to‘lov  tizimigagina, xizmatlar  hajmini  ham 
qayta  ko‘rib  chiqdilar.  Narxning  to‘g‘ri  belgilanishi  har  qanday  ishda  muvaffaqiyat 
garovidir.  U  juda  ham  tushirib  yuborilmasligi  kerak.  Aks  holda  AQSH  dam  olish 
sohasidagi an’anaviy parklarda bo‘lgan singari inqirozga olib keladi. Boshqa holat – 
narxni  haddan  tashqari  oshirib  yuborishdan  ham  ehtiyot  bo‘lish  lozim.  Bunday 
vazitdan oldin korxonaga  daromad kela boshlaydi, keyinchalik esa doimiy mijozlarni 
yo‘qotadi va inqirozga yuz tutadi. 
Shu o‘rinda Parijning «Yevro Disneylend»i ko‘rsatkichlari yaxshi misol bo‘la 
oladi. 1993 yilda u ochilganda har yili zarar ko‘ra boshladi, 1994 yilda bu 1,8 mlrd. 
frankni  tashkil  qildi  va  «Yevro  Disney»  guruhini  moliya  -  narx  siyosatini 
o‘zgartirishga majbur etdi. 
Birinchi  navbatda  ko‘rilgan  chora-tadbirlardan  biri  kirish  biletlari  va  park 
otellarida  yashash  narxlarini  tushirish  bo‘ldi.  Natijada  1995  yilda  «Yevro 
Disneylend»ga  tashrif  buyuruvchilar  soni  21  %  ga  ko‘paydi  va  rekord  kattalikka  – 
salkam  11  mln.  kishiga  yetdi.  Mehmonxona  bazasining  yuklanishi  68,5  %  gacha 
o‘sdi.Fransiya  bo‘yicha  bu  sohadagi  o‘rtacha  ko‘rsatkichlardan  o‘zib  ketdi.  Tashkil 
etilganidan  buyon  birinchi  marta  park  (23,3  mln.  Amerika  dollari)  daromad  olishga 
erishdi.. Har bir tashrif buyuruvchi o‘rtacha harajatlari 10 % ga qisqartirildi. «Yevro 
Disney»  guruhlari  prezidentining  e’trof  etishicha,  park  o‘z  kelajagiga  diqqat  – 
e’tiborni qaratish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. 
Tematik  parklar  daromadlari  biletlar,  (barcha  tushumlarning  asosiy 
statiyasining 70 % gacha), ovqatlanish, suvenir mahsulotlar va o‘yinchoqlar sotishdan 
hosil  bo‘ladi.  Parklarda  katta  miqdorda  suvinerlar  sotiladi  va  ular  albatta  park 
ramzlari bo‘ladi. 
«Disneylend»  ramzi  baland  minorali  go‘zal  ertaksimon  qasr  hisoblanadi. 
Bavariyadagi  dunyoga  mashhur  Noyshvanteyn  qayeri  uning  prototipi  bo‘lib  xizmat 
qiladi. Uning go‘zalligiga asir bo‘lgan U. Disney bu yodgorlikni sotib olib, bo‘laklab 
Amerikaga  olib  ketmoqchi  edi.  Ammo  mahalliy  hokimiyat  bunga  rozi  bo‘lmadi. 
Kinorejissyor  esa  orzusini  amalga  oshirish  uchun  o‘zining  amerikacha 
Noyshvanshaynini  o‘ylab  topish  va  qurishga  to‘g‘ri  keldi.  Ertaksimon  qayer 
ko‘rinishidagi  suvenirlardan    tashqari,  «Disneylend»ga  tashrif  buyurayotganlarga 
mashhur  Disney  qahramonlari  bo‘lgan  o‘yinchoq  sichqoncha  Mikki  Mausa  va 


                      
209 
boshqalar  ham  juda  manzur  bo‘layotir.  Dunyoning  hamma  burchaklaridan  tashrif 
buyurayotgan turistlar kamdan –kam hollarda ularni sotib olmasdan ketishadi. 
Tematik  parklarni  bozorga  dosh  berishi  va  ulgurishi  shunindek  uni  tashkil 
etishning  har  tomonlama  xilma-xil  loyihalari  ishlab  chiqilishi  tufayli  hamdir.  Taklif 
qilinadigan  xizmatlarning  soddaligi,  turistlarni  qoniqtirishi,  marketing,  menejerlik 
izlanishlarning  izchilligi,  a’lo  darajada  xizmat  ko‘rsatish,  saranjom  –  sarishtalik, 
malakali  xodimlarga  e’tibor  –  bularning  hammasi  mijozlarni  ko‘proq  jalb  etishga 
yordam  bermoqda.  U.Disneyning  uning  boshlovchilariga  qarata  aytgan  quyidagi 
so‘zlari ham buni tasdiqlaydi: Nima qo‘lingizdan kelsa, hammasini odamlarga bering, 
ideal  ozodlikni  saqlang.  Do‘stona  munosabatda  bo‘ling,  bu  joyni  dunyodagi  eng 
quvnoq maskanga aylantiring. 
Birinichi  tematik  parklarning  mashhurligini  ta’minlangan  yangi  yo‘nalish 
(konsepsiya),  ish  shakllari  va  usullari  keng  yoyildi.  Birinchi  parklar  boshlang‘ich 
tarmoqlari ko‘proq yoki qisman darajada AQShni qamrab oldi. 
Hozirgi  paytda  faqat  AQShning  o‘zida  600  dan  ko‘proq  tematik  parklarni 
sanash mumkin. AQShda «Mo‘’jizalar mamlakati» poytaxti Florida bo‘lib qoldi. Bu 
shtatda  na  faqat  Amerikadagi,  balki  butun  dunyodagi  eng  yaxshi  tematik  parklar 
joylashgan:  «Disney  Uorld»,  «Yuniversal  St’yudios»  shular  jumlasidandir.  Ular  bir 
necha marta jahon turistik biznesi sohasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha nufuzli 
mukofatlarga sazovar bo‘lishgan. 
Amerika  tematik  parklari  dunyoda  eng  mashhurlari  hisoblaanadi.  Har  yil  90 
mln.  dan  ziyod  tashrif  qayd  etilgan.  Kanzas  –  Sitidagi  (Missuri  shtati)  «Uorlds  ov 
Fan»  tematik  parki  Amerikaning  barcha  50  shtati  va  dunyoning  65  davlatidan 
mehmonlarni  qabul  qiladi,  «Uorld  Disney»  parkida  esa  har  qanday  xorijiy  tildagi 
so‘zlarni  eshitish  mumkin.  Yevropada  ham  eng  yaqin  hisob-kitoblarga  ko‘ra,  bir 
necha  o‘nlab  yirik  tematik  parklar  qurilgan.  Ko‘p  sonli  akvo  parklar  bu  hisobga 
kirmaydi.  Ulardan  ko‘proq  mashhurlari  yiliga  2  mln.dan  10  mln.  gacha  tashrif 
buyuruvchilarni  qabul  qiladi.  Bu  avvalo  o‘sha  eslatilgan  «Yevro  Disneylend»,  u 
o‘zining  amerikalik  birodarlari  singari  U  Disney  konserni    tomonidan  qurilgan  va 
«Yevro Disneylend» kompaniyasi boshqaruviga berilgan. 
Navbatdagi  tematik  parkni  joylashtirish  uchun  Yevropaning  tanlanishi  bejiz 
emas. Potensial mijozlar bozori juda keng  -350 mln. kishi AQSH aholisidan salkam 
1,2  marta  ko‘p.  Qisqa  sayohatlarga  talab  kattaligi,  hududga  keluvchi  sayyohlar 
ko‘pligi,  yevropaliklar  o‘rtasida  tematik  parklarning  mashhurligi  –  bularning 
hammasi ko‘hna qit’ada sayr – tomosha biznesiga katta ufqlar ochadi. 
Yevropa  «Disneylend»ini  joylashtirishga  Fransiyadan  tashqari,  Ispaniya  va 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish