Pedagogik faoliyat – bu yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida,
davlat oldida javob beradigan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan
mutaxassislarning mehnat faoliyati. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi-murabbiylarning faoliyati
inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir o‘quvchi o‘z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya
berishda ularning ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish va o‘rganish nihoyatda
muhimdir. Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi yoshlarning ana shunday xususiyatlarini
bilishlari lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbiy tavsifnomasida
ifodalanadi, ular quyidagicha: o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; o‘qituvchining ruhiy-jismoniy
tayyorgarligi; maxsus pedagogik tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; ixtisoslikka oid metodik
tayyorgarlik mazmuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |