Oila a’zolarining huquqlari
Oilada va jamiyatda er va xotin teng huquqlarga ega. Bu erda qonunda belgilangan
huquqlar haqida gap ketmoqda. Bunday tenglik saylash, saylanish, kasb tanlash, ishlash, bilim
olish, o‘ziga yor tanlash va hokazo huquqlarda o‘z ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik,
ruhiy tuzilishi nuqtai-nazaridan bunday tenglik yo‘q. SHuning uchun ayol va erkakning oilada
ro‘zg‘or tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi
mehnat taqsimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |