222
Ameriklik olimlar L.R.Sherrod va O.G.Brim insonning hayot yo‗li
haqidagi tasavvurlarini quyidagi shaklda taqdim etishadi:
1.
Rivojlanish jarayoni ham, uning natijasi ham plyuralistik
hisoblanadi: u ikkalasi bir tomonlama bo‗lmay,
yakuniy natija ham bir xil
bo‗lmaydi.
2.
Rivojlanish homila davridan to o‗limgacha davom etib, uning
plastiklik va o‗zgarishga bo‗lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib
qoladi. Rivojlanishning turli jarayonlari hayotning
turli vaqtida boshlanishi,
davom etishi va tugashi mumkin. Turli jabhalardagi rivojlanish albatta,
o‗xshash traektoriya yoki qonuniyatga ega bo‗lishi shart emas
55
.
3.
Turli insonlardagi
rivojlanish bir xilda kechmaydi.
Individlararo farqlar o‗z ichiga jinsiy,
sotsial-sinfiy va boshqa
xususiyatlar kabi biosotsial jarayonlar differensiatsiyasini olishi mumkin.
4.
Rivojlanish turli hayot faoliyati sohalari omillari tomonidan
boshqarilishi va bu sohalar o‗zaro bog‗liq bo‗lishi mumkin: ular bitta-
yagona ta‘sit tizimiga kirmaydi. Masalan, biologiya (rivojlanish yetilishning
sodda jarayoni emas) yoki muhit (rivojlanish tarbiya va ta‘limning sodda
jarayoni emas).
Hayotiy jarayonlar va perspektivalarning tizimli talqini – bu hayotiy reja
bo‗lib, u o‗zida hayot strategiyasini namoyon etadi.
Hayotiy taktikalar
jamlanmasi hayot ssenariysini yaratadi. Hayot yo‗lini yaratish jarayonini
tushuntirishning ikki yondashuvi mavjud bo‗lib, ulardan biri rejalashtirish,
ikkinchisi ssenariy talqinidir.
Birinchi yondashuvni S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev va boshqa olimlar
o‗z ishlarida ko‗rsatishgan bo‗lib, unga ko‗ra,
shaxs ongli ravishda hayot
jarayonini tanlaydi va boshqaradi. Bunda boladagi hayot yo‗li maqsadlari va
tizimlari haqidagi qarashlarning shakllanishida otaonaning roli muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. S.L.Rubinshteynning fikricha, ―shaxs hayotga
bo‗lgan munosabatini o‗zi belgilaydi‖.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers,
E. Bern
va b.)
shaxs hayot rejasini va hayot ssenariysini ongsiz
ravishda tanlaydi va bu
jarayon bola umrining dastlabki yillarida sodir bo‗ladi deb hisoblashadi
56
.
Ularning konsepsiyasiga ko‗ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va
uni tasavvurlar va hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‗riladi. Hayot
ssenariysi esa shaxs hayot bo‗shlig‗ini cheklovchi hamda tizimlashtiruvchi,
sekin-astalik bilan kengayuvchi hayotiy reja hisoblanadi. Hayot ssenariysini
tanlashga ta‘sir qiluvchi omillar sifatida bolaning oilada tug‗ilish tartibi, ota-
ona, buva va buvisining ta‘siri (ularning xaddi-harakatlari, beradigan bahosi,
55
Myers D. G. Psychology. Hope College. Holland,
Michigan, 2010. - Р. 224
56
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 553-593.
223
emotsional qo‗lab-quvvatlashi yoki deprivatsiyasi va b.), bola tomonidan o‗z
ismi va familiyasining qabul qilinishi, tasodifiy ekstremal holatlar va
boshqalarni misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: