244
2. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi – ta‘lim natijasida shaxsiy tajribada
egallangan bilimlar, ko‗nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
3. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4. Biologik shartlanganlik osttuzilishi – miya morfologik va fiziologik
xususiyatlariga muayyan darajada bog‗liq bo‗lgan patologik o‗zgarishlarni,
shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va
uning tipologik holatlarini
birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo‗nalganlik – voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga
o‗zaro ta‘sir etuvchi har xil xususiyatli g‗oyaviy va amaliy ustanovkalar,
qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‗nalganlik shaxsning barcha psixik
faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta‘min-
lovchi tizim, o‗zaro ta‘sir etuvchi va o‗zaro bog‗liq bo‗lgan turlicha
qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi.
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‗ladi. Xarakter
tizimi irodaviy va ma‘naviy sharoitlarga ajraladi.
4. Mashqlar to‗plami –
hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni
tuzatish (korreksiyalash), o‗zini-o‗zi nazorat qilish, o‗zini-o‗zi boshqarishni
ta‘min-laydi.
3. Shaxsni ekperimental o„rganish usullari
Yuqorida psixologiyada shaxsni nazariy jihatdan o‗rganish bilan bog‗liq
bir qancha fikrlarni yuqorida ko‗rib chiqdik. Zamonaviy psixologiyada
shaxsni ekperimental o‗rganish dolzarb bo‗lib qolganligi uchun bu borada
olib borilayotgan ishlar tahlilini keltirib o‗tamiz.
Tadqiqotchi shaxsni o‗rganar ekan ikki narsani aniq bilishi kerak:
birinchisi, qanday usulda o‗rganish va ikkinchisi,
shaxsning qaysi
xususiyatini o‗rganish.
Hozirda shaxsni o‗rganishda ma‘lumot to‗plashning uchta asosiy usuli
mavjd bo‗lib, shaxs haqida ma‘lumot to‗plashning bu usllari odatda L, Q va
T - ma‘lumotlar deb nomlanadi.
Shaxsning kundalik hayotidagi real xulq-atvori haqida olingan
ma‘lumotlar L-ma‘lumotlar
(life record data)
deb nomlanadi
.
Agar
ma‘lumot to‗plashning bu usulini qisqacha ta‘riflaydigan bo‗lsak, shuni
alohida qayd etish lozimki, bu usul tashqi kuzatishlarga va shaxsning ma‘lum
bir xatti-harakati yoki muvoffaqiyatini qayd etishga tayanadi. L-
ma‘lumotlar ko‗pincha boshqa usul orqali olingan
natijalarning validligini
aniqlashda yordam berish uchun qo‗llaniladi. Qayd etish lozim, ushbu usul
245
bir qancha kamchiliklarga ega. Birinchi navbatda,
haddan tashqari
sub‘ektivlilikka asoslanishini – uning kamchiligi sifatida qayd etish mumkin.
Shu o‗rinda Gordon Olportning Z.Freyd bilan uchrashuvidan olingan bir
misolni keltirish o‗rinlidir. G.Olport talabalik davrida Z.Freydning oldiga
o‗zini qiziqtirgan savol bilan boradi. Bu haqda G.Olport shunday hikoya
qiladi: «Freyd meni o‗z xonasiga taklif qildi va menga o‗z fikrlarimni to‗plab
olish uchun imkon bergan misol jim qarab turdi. Men noqulaylik sezib to‗g‗ri
kelgan mavzudan gap ochishga urundim va hozirgina yo‗lda kelayotib
kuzatganim 4 yoshli bolaning xulqidagi fobiyaga
tegishli misjlni aytib
berdim. Bola oyisiga «Men bu yerda o‗tirmayman, chunki juda kir ekan»,
«Mana bu irkit amaki mening yonimda o‗tirmasin» deb qayta-qayta
takrorlardi. Men angladimki, uning nazarida hamma narsa kir bosgandek
ko‗rinardi, uning onasi uy bekasi ekanligi toza va saranjom kiyinganligidan
ma‘lum edi. Undagi notozalikdan qo‗rquv onasining ta‘siri bo‗lsa kerak deb
o‗yladim va bu haqda Freydga aytdim.
Shunda u menga «Bu bolakay siz emasdingizmi?» deb savol berdi. Men
uyalib gapni boshqa mavzuga burdim. Uning motivatsiyani tushunmaganligi
meni hayron qoldirgan edi»
64
.
Ushbu misolda G.Olportning motivatsiyasini
oddiy kuzatish yoki hatto
uning gaplarini tinglab ham anglay olmagan byuk psixologni tanqid qilish
uchun emas, balki yuqoridagi usl orqali ma‘lumot to‗plashda
sub‘ektivlilikning ta‘sirini tushuntirish uchun keltirdik.
Shaxs haqida ma‘lumot to‗plashning ikkinchi usuli turli xil savolnoma
va metodikalarga javob berishdan foydalanish orqali ma‘lumot to‗plash usuli
bo‗lib, bu usul ayni kunda juda keng tarqalgan. Ushbu usul orqali to‗plangan
ma‘lumotlar shaxs ekperimental psixologiyasida Q- ma‘lumotlar
Do'stlaringiz bilan baham: