MAVZU: " KELURNOMA " LUGʻATI
Karimov Amriddin Sultonqulovich
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti
Annotatsiya: Hozirgi vaqtda Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" lugʻati boʻyicha izlanishlar juda kam boʻlib, ilmiy asosga ega ma'lumotlar aytarli yoʻq. Bu sohadagi dolzarb mavzulardan biridir. Lugʻatning kirish qismida muallif oʻz asarini Aurangzebning topshirigʻiga binoan yozganini aytib oʻtilgan. Lugʻatda eski oʻzbek tiliga tegishli boʻlgan soʻzlarning maʼnolari fors tilida izohlangan.
Kalit soʻzlar: Kelurnoma lugʻati, lugʻatlar, eski oʻzbek tiliga tegishli boʻlgan soʻzlar, lugʻat boblari, lugʻat fasllari,
Kirish:
Muhammad Yoqub Chingiy XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asrning boshlarida yashab oʻtgan. "Kelurnoma" asari Hindistonda boburiylardan Abu Muzaffar Muhiddin Aurangzeb(1658-1707) davrida XVII asrda yaratiladi. Lugʻatning kirish qismida muallif oʻz asarini Aurangzebning topshirigʻiga binoan yozganini aytib oʻtilgan. Lugʻatda eski oʻzbek tiliga tegishli boʻlgan soʻzlarning maʼnolari fors tilida izohlangan.
Asosiy qism
Chingiyning "Kelurnoma" lugʻati 15 bobdan va 332 fasldan iborat boʻlib, uning oʻn toʻrt bobida fellar izohlanadi. Lugʻatda keltirilgan fellar soni toʻrt yuzdan oshiqdir. Fe'llar arab alifbosi tartibida har biri 15tagacha berilgan. Masalan: aytmoq fe'li asosiy shakl sifatida keltirilib undan keyin, aytti- aytiptur- aytur- aytibidi- aytadur- aytmadi- aytmaptur- aytmas -ayt -aytma -aytarbiz -aytmasbiz kabi zamon va mayl shakllari forscha tarjimasi bilan berilgan. Fe'llar lugʻatda masdar shaklida -moq, -rnogʻ shaklida berilgan. Fe'llarning mano hususitati bilan bir qatorda ularning gramatik kategoriyalari, zamon shakllari ham izohlanadi.
Lugʻatning oxirgi bobi ot soʻzlarga bagʻishlanadi. Bu bob quyidagi 9ta mavzuviy guruhlarga ajratiladi. Bunda 820ga yaqin soʻz va shakllar mavzu guruhlariga boʻlib berilgan.
1. Koinotga tegishli tushunchalar, predmet va hodisalar nomlari
2. Joʻgʻrofiy joylarning nomlari
3. Hayvonlarnig nomlari
4. Qushlarning nomlari
5. Odam gavdasi azolarining nomlari
6. Qarindoshlik nomlari
7. Qurol-aslahalarning nomlari
8. Sonlar
9. Olmosh, ravish va yordamchi soʻzlar
Xulosa
Muhammad Yoqub Chingiy "Kelurnoma" ni tuzishda XVII asrda Hindistonda yashagan turkiy zabon aholining ogʻzaki nutqidagi lugʻaviy birliklarni qamrab olishga harakat qilgan. Bunday birliklarning aksariyati hozirgi oʻzbek tilida ham qoʻllansa, ayrimlari ( arna, atan, acha, egachi, engak, but, ildirim va boshqalar) oʻzbek tili shevalarida uchraydi. Bazilari esa arxaiklashib hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Lugʻatning 2ta qoʻlyozma nusxasi mavjud boʻlib, ularning biri O'zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi.
Foydalanilgan elektron adabiyotlar
http//fayllar.org
www.ziyo.com
www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |