8
1.1.
Fuqaro muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifasi
Yuqorida qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko‗rinib
turibdiki, barcha bo‗layotgan vaziyatlarda, ularning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimining funksional va hududiy quyi tizimlari,
korxona
va
tashkilotlarning
fuqaro
muhofazasi
bo‗yicha
mutaxassisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan vaziyatlarning
oldini olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik chora-
tadbirlarni ishlab chiqish, aholini, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda
to‗g‗ri harakat qilishga o‗rgatishda hayot faoliyati xavfsizligi fani
muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning muhimligini nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda
vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha vaziyatda fuqaro muhofazasi
vazifalari shu vazirlikka yuklatildi. (№1378 PF) .
Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari kabi Respublikamiz
hukumati XXI asr bo‗sag‗asida aholining xavfsizligini ta‘minlash
borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib, ularni
ijro etish bo‗yicha qator tadbirlar o‗tkazmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida» gi (1997 yil 27
avgust), «Aholini va hududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‗g‗risida» gi (1999 yil 20
avgust) va «Fuqarolar muhofazasi to‗g‗risida» gi (2000 yil 26 may)
qonunlarini hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi
«O‗zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muho-
faza qilishga tayyorlash to‗g‗risida» gi 427-sonli qarorini, O‗zbekiston
Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni (1997 yil 27 avgust)
amalga oshirishni ta‘minlashda umumiy o‗rta maktablarida «Hayot
xavfsizligi asoslari», o‗rta maxsus kasb hunar ta‘limi tizimida «Fuqaro
muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi», oliy o‗quv yurtlarida «Fuqaro
muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) «Favqulodda
vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanlarini o‗qitishni tashkil qilish ta‘lim
ning uzluksizligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
«Fuqaro muhofazasi to‗g‗risida»gi qonunning 16 va 18-modda
larida umum ta‘lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari,
oliy o‗quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulod-
da vaziyatlarda harakat qilishga o‗rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi
bo‗yicha o‗qitish umumiy va majburiydir, deb ta‘kidlangan.
9
O‗zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish», «Fuqa-
ro muhofazasi» to‗g‗risidagi qonunlari va Favqulodda vaziyatlar vazirli-
gining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan
«Aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid
yo‗riqnoma» ijrosini ta‘minlash maqsadida oliy ta‘lim talabalariga
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fani alohida ilmiy metodologiyaga asos-
lanib o‗qitilishi, shu buyruq asosida hayot faoliyati xavfsizligi fani
quyidagi ko‗rsatilgan to‗rt bo‗limdan iborat:
- hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari;
- fuqaro muhofazasi;
- yong‗in xavfsizligi;
- birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish.
Shu bilan birga barcha bakalavrlar malakaviy bitiruv ishi va magis-
trlik dissertatesiyalarida alohida bo‗lim bajarilishi ko‗rsatildi va masla-
hat ishi uchun 2 soat (har bir talabaga) hamda ular «Fuqaro muhofazasi»
fanidan mashg‗ulotlar olib borgan o‗qituvchi bevosita ishtirokida
amalga oshirilishi ta‘kidlab o‗tildi.
Fuqaro muhofazasi fanini o‗qitishdan maqsad – inson hayot
faoliyati xavfsizligini tashkil etuvchi hayot faoliyati xavfsizligi nazariy
asoslaridan kelib chiqib, turli vaziyatlarda fuqaro muhofazasi, tabiiy
hamda texnogen xususiyatli favqulotdda vaziyatlardan, ayniqsa yong‗in-
dan saqlanish, mehnat muhofazasiga amal etish va turli jarohatlar olin-
ganda dastlabki tibbiy yordam ko‗rsatish, umuman inson hayotini izdan
chiqaruvchi barcha xavflardan himoyalanish uchun zarur bo‗lgan
himoya vositalarini tanlash va qo‗llash qoidalarining mohiyatini biladi-
gan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.
Fanning vazifasi – davlat standartlari asosida fanni o‗rganish
jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko‗nikma va malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Shu bilan birga fan inson faoliyatining ishlab chiqarishdagi faoli-
yati bilan chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, turli xildagi tabiiy
va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan saqlanish, tabiat va
odamzot uyg‗unligini yaxshi tushunish, tabiatga mulohaza bilan, uning
muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan holda yondoshish
masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi.
«Fuqaro muhofazasi» o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
10
- fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, fuqaro
muhofazasining nazariy asoslarini, ya‘ni fanning mohiyati, asosiy
tushunchalari, tarkibiy qismi, huquqiy asoslarini; fuqaro muhofazasi
bo‗yicha O‗zbekistonda tashkil etilgan ishlar, hozirgi zamon urushi
xususiyatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va
undagi fuqaro muhofazasi; fuqaro muhofazasida qo‗llaniladigan nazorat
va shaxsiy asboblar va himoya vositalarini qo‗llash, tabiiy va texnogen
favqulodda vaziyatlardan biri bo‗lgan yong‗in xavfsizligi hamda yuqori
da keltirilgan vaziyatlarda jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam
berish; sog‗lom va qulay mehnat sharoitlarini yaratish usullari, iqtisodiy
va ijtimoiy loyihalar tuzishda, sohaga doir ishlarni tashkil etishda
fuqaro muhofazasi talablarini hisobga olish, inson hayot faoliyati
davrida turli salbiy omillardan himoyalanish usul va vositalari to‗g‗risi-
dagi malakasini
bilishi kerak;
- Fuqaro muhofazasi tahliliga oid ko‗rsatkich (tavsif) va miqdoriy
kattalik (qiymat) larni o‗lchay olish hamda ularni iqtisodiy va xavfsizlik
nuqtai nazaridan baholash; o‗z kasbiy faoliyatini; fuqaro muhofazasi
bo‗yicha sifat va miqdoriy jihatdan baholash, qulay va sog‗lom mehnat
sharoitlarini yaratish bo‗yicha turli tadbirlarni ishlab chiqish hamda
amaliyotda qo‗llash; dan bilim, ta‘lim va tarbiya berishning samarali
usullarini amaliyotga joriy etish bo‗yicha fuqaro muhofazasi
ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak;
- talaba mustaqil ravishda mehnat faoliyatida, favqulodda vaziyat-
larda, ayniqsa yong‗in vaqtida fuqaro hayot faoliyati xavfsizligini ta‘min
lash, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish malakalariga ega
bo‗lishi kerak.
«Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanini o‗qitishdan
maqsad talabalarga aholini, hududlarni, xalq xo‗jaligi ob‘ektlarni turli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‗yicha nazariy va amaliy
bilimlar berishdan iboratdir. Shu bilan birga, talabalarni turli xil
vaziyatlarni umumiy tavsilotlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish,
talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish bo‗yicha
fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish; oliy o‗quv yurtlarining
xalq xo‗jaligi inshooti sifatida ularni komanda-boshqaruv tarkibi va
harbiylashmagan tuzilmalari faoliyatining mohiyatini, moslangan o‗quv-
moddiy bazasini, oliy o‗quv yurtida beriladigan mutaxassisligiga mos
fuqaro muhofazasi tuzilmalarini xizmatini qo‗llab hal etadigan fuqaro
muhofazasi masalalarini o‗z ichiga oluvchi tadbirlar ning yagona
tizimini o‗rgatish; talabalarda O‗zbekiston Respublikasi Milliy
11
xavfsizligini ta‘minlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini
muhimligini hamda vaziyatlarda jarohatlanganlarga va o‗ziga-o‗zi
yordam ko‗rsatish bo‗yicha mas‘uliyat va burch hissiyotini tarbiyalash;
talabalarga vaziyatlar xavfi bo‗lganda va ro‗y berganda ularning
harakatlarida axloqiy-ruhiy barqarorlik sifatlarini singdirish; talabalarga
vaziyatlarda birga harakat qilish, aholini muhofaza qilish, vaziyatlar
oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo‗lmas ishlarni tashkil qilish va o‗tkazish asoslarini, xalq xo‗jalik bino-
inshootlarini
(korxonalarini)
barqaror
ishlashini
kuchaytirish
uskunalarini o‗rgatish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |