5
So„z boshi
Vatanimiz milliy davlatchiligi va iqtisodiy mustaqilligi, qudratli in-
tellektual salohiyatining yuksak bo‗lishida siyosiy, huquqiy, ma‘naviy
va ma‘rifiy yo‗nalishlarda olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar
majmuasida, aholi va hududlarni turli vaziyatlardan muhofaza qilish,
inson xavfsizligi va salomatligini saqlash alohida o‗rin tutadi, shuning
uchun ham bu soha milliy davlat siyosatining ustuvor yo‗na lishlaridan
biri hisoblanadi.
Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov mazkur
masalaning dolzarbligiga alohida e‘tibor berib, respublikamiz
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq «Siyosatimizning asl mohiyati
aholi xavfsizligini ta‘minlash, ularni turli xil ofatlar va favqulodda
vaziyatlardan himoya qilishdir» deb alohida ta‘kidlab o‗tgan edilar.
Jamiyat va tabiat asosi, uni o‗z faoliyati bilan rivojlantiruvchi va
boshqaruvchisi inson ekanligini e‘tiborga olib, uning hayot faoliyatini
yaxshilash, e‘zozlash – taraqqiyot yo‗lidagi muhim omil bo‗lib hisob-
lanadi. Shuning uchun ham, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan
fuqarolarimizning hayot sharoitini yaxshilash, ularni turli ta‘sirlardan
saqlash, har qanday holatda ham ehtiyot etib, muhofaza etish asosiy
ezgu maqsad qilib olingan.
Fuqaro muhofazasi tushunchasi o‗z ichiga insonning jamiyatda,
ishlab chiqarishda, yashashida, faoliyat olib borishida muhitning xavfsiz
bo‗lishi, tabiiy va texnogen xususiyatli vaziyatlardan saqlanishi, urush
va terrorizm xurujidan himoyalanishi, tabiat va odamzot uyg‘unligini
saqlashi, umuman olganda, insonning shu zamindagi hayotining
xavfsizligini ta‘minlash tushuniladi.
Ona sayoramizda ilk qadamlarni quygan hamda tafakkur
imkoniyati darajasiga ko‗tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida
o‗zlariga xavf solib turgan yirtqichlardan ham xavfli ofatlar bo‗lishini
tezda tushunib yetishgan. Chunki, o‗sha davrlarda ham zilzilalar,
vulqonlar, to‘fonlar, suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar insonlarning
ojiz va ziyrak qabilalariga sezilarli zarar yetkazib turgan.
Insoniyat XXI asrga qadam qo‗yar ekan, o‗tgan davr mobaynidagi
sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo‗llanilgan zamonaviy qurollar, turli
ko‗rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi
asr bo‗sag‗asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan
holda belgilab oladi.
6
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta‘minlash masalalari eng dolzarb
muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy et-
gan texnologiyalar bilan ta‘minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim
noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit
tozaligi va iqtisodni barqaror rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning
uchun eng muhim vazifalar O‗zbekiston aholisi hayot faoliyatini va
hududini turli xil vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni,
ayniqsa
fuqaro
mehnati
muhofazasini ta‘minlash hisoblanadi.
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov «O‗zbekiston XXI asr
bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari» asarida «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar
milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy
muammosiga aylangan» deb e‘tirof etgan edilar. «O‗zbekiston XXI asr
ga intilmoqda» asarida birnchi Prezidentimiz vatanimizning yaxlitligi,
aholi xavfsizligi tahdidi to‗g‗risida batafsil to‗xtab o‗tgan edilar.
Oldingi asrda ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga
faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg‗in
qurollari va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan
bo‗lsa, hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaru-
riyat asosida shakllanmoqda, mamlakatimizni va aholini turli falokatlar
va halokatlardan saqlash ularning mehnatini, yashashini muhofaza etish
ruhida tarbiyalashga yo‗naltirilmoqda.
Shuning uchun fuqarolarni turli bo‗ladigan ta‘sirlardan saqlash
hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblansa, xuddi shunday bizning
o‗lkamiz tabiiy ofatlar (er silkinishi, er surilishi, sel, suv toshqini va h.k.)
bo‗lishiga moyil o‗lka bo‗lganligidan hamda texnogen avariyalar va
ekologik muvozanatni buzilishi natijasida uning oqibatlaridan, fuqarolar
mehnati muhofazasini, xalq xo‗jaligi tarmoqlarini, moddiy resurslarni,
texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko‗rgan hududlarda qutqarish –
tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim vazifalardan hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni hal qilishda O‗zbekiston mintaqasi uchun
xos bo‗lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga kela
digan ekologik vaziyatlarni fuqaro hayot faoliyatidagi mehnat xavfsizli-
gini chuqur tahlil etish natijasidagina har qanday vaziyatlardagi moddiy,
ma‘naviy yo‗qotishlar ko‗lamini qisqartirishga erishish mumkin.
―Bugunimiz va ertamizni Ollohning o‗zi yomon ko‗zlardan, balo-
qazolardan, ofat va falokatlardan asrasin, ezgu ishlarimizda madadlar
bo‘lsin!‖ - deb birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek hayo
7
timizda beriladigan turli vaziyatda fuqaro muhofazasiga ham Ollohning
o‗zi madadkor bo‗lsin deymiz.
Inson va tabiat jamiyat o‗rtasidagi munosabatda ham, inson tabiat-
ning qonunlari va undan kelib chiqadigan ko‗pgina hodisalarning oldida
jamiyatlarning o‗rtasida yoki boshqa sabablardan kelib chiqadigan vazi-
yatlarda hozirda ojizlik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |