O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1.1.
 
Fuqaro muhofazasi fanining predmeti, maqsadi va vazifasi 
 
Yuqorida qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko‗rinib 
turibdiki, barcha bo‗layotgan vaziyatlarda, ularning oldini olish va 
harakat qilish davlat tizimining funksional va hududiy quyi tizimlari, 
korxona 
va 
tashkilotlarning 
fuqaro 
muhofazasi 
bo‗yicha 
mutaxassisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan vaziyatlarning 
oldini olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik chora-
tadbirlarni ishlab chiqish, aholini, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda 
to‗g‗ri harakat qilishga o‗rgatishda hayot faoliyati xavfsizligi fani 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning muhimligini nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda 
vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha vaziyatda fuqaro muhofazasi 
vazifalari shu vazirlikka yuklatildi. (№1378 PF) . 
Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari kabi Respublikamiz 
hukumati XXI asr bo‗sag‗asida aholining xavfsizligini ta‘minlash 
borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib, ularni 
ijro etish bo‗yicha qator tadbirlar o‗tkazmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida» gi (1997 yil 27 
avgust), «Aholini va hududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‗g‗risida» gi (1999 yil 20 
avgust) va «Fuqarolar muhofazasi to‗g‗risida» gi (2000 yil 26 may) 
qonunlarini hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi 
«O‗zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muho- 
faza qilishga tayyorlash to‗g‗risida» gi 427-sonli qarorini, O‗zbekiston 
Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni (1997 yil 27 avgust) 
amalga oshirishni ta‘minlashda umumiy o‗rta maktablarida «Hayot 
xavfsizligi asoslari», o‗rta maxsus kasb hunar ta‘limi tizimida «Fuqaro 
muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi», oliy o‗quv yurtlarida «Fuqaro 
muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) «Favqulodda 
vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanlarini o‗qitishni tashkil qilish ta‘lim 
ning uzluksizligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
«Fuqaro muhofazasi to‗g‗risida»gi qonunning 16 va 18-modda 
larida umum ta‘lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, 
oliy o‗quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulod- 
da vaziyatlarda harakat qilishga o‗rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi 
bo‗yicha o‗qitish umumiy va majburiydir, deb ta‘kidlangan. 



O‗zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda 
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish», «Fuqa- 
ro muhofazasi» to‗g‗risidagi qonunlari va Favqulodda vaziyatlar vazirli- 
gining 2008 yil 3 sentyabrdagi 140-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan 
«Aholini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlashga oid 
yo‗riqnoma» ijrosini ta‘minlash maqsadida oliy ta‘lim talabalariga 
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fani alohida ilmiy metodologiyaga asos- 
lanib o‗qitilishi, shu buyruq asosida hayot faoliyati xavfsizligi fani 
quyidagi ko‗rsatilgan to‗rt bo‗limdan iborat: 
- hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari; 
- fuqaro muhofazasi; 
- yong‗in xavfsizligi; 
- birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish. 
Shu bilan birga barcha bakalavrlar malakaviy bitiruv ishi va magis- 
trlik dissertatesiyalarida alohida bo‗lim bajarilishi ko‗rsatildi va masla- 
hat ishi uchun 2 soat (har bir talabaga) hamda ular «Fuqaro muhofazasi» 
fanidan mashg‗ulotlar olib borgan o‗qituvchi bevosita ishtirokida 
amalga oshirilishi ta‘kidlab o‗tildi. 
Fuqaro muhofazasi fanini o‗qitishdan maqsad – inson hayot 
faoliyati xavfsizligini tashkil etuvchi hayot faoliyati xavfsizligi nazariy 
asoslaridan kelib chiqib, turli vaziyatlarda fuqaro muhofazasi, tabiiy 
hamda texnogen xususiyatli favqulotdda vaziyatlardan, ayniqsa yong‗in- 
dan saqlanish, mehnat muhofazasiga amal etish va turli jarohatlar olin- 
ganda dastlabki tibbiy yordam ko‗rsatish, umuman inson hayotini izdan 
chiqaruvchi barcha xavflardan himoyalanish uchun zarur bo‗lgan 
himoya vositalarini tanlash va qo‗llash qoidalarining mohiyatini biladi- 
gan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. 
Fanning vazifasi – davlat standartlari asosida fanni o‗rganish 
jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko‗nikma va malakalarini 
shakllantirishdan iborat. 
Shu bilan birga fan inson faoliyatining ishlab chiqarishdagi faoli- 
yati bilan chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, turli xildagi tabiiy 
va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan saqlanish, tabiat va 
odamzot uyg‗unligini yaxshi tushunish, tabiatga mulohaza bilan, uning 
muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan holda yondoshish 
masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi. 
«Fuqaro muhofazasi» o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 


10 
- fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, fuqaro 
muhofazasining nazariy asoslarini, ya‘ni fanning mohiyati, asosiy 
tushunchalari, tarkibiy qismi, huquqiy asoslarini; fuqaro muhofazasi 
bo‗yicha O‗zbekistonda tashkil etilgan ishlar, hozirgi zamon urushi 
xususiyatlari, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va 
undagi fuqaro muhofazasi; fuqaro muhofazasida qo‗llaniladigan nazorat 
va shaxsiy asboblar va himoya vositalarini qo‗llash, tabiiy va texnogen 
favqulodda vaziyatlardan biri bo‗lgan yong‗in xavfsizligi hamda yuqori 
da keltirilgan vaziyatlarda jarohatlanganlarga dastlabki tibbiy yordam 
berish; sog‗lom va qulay mehnat sharoitlarini yaratish usullari, iqtisodiy 
va ijtimoiy loyihalar tuzishda, sohaga doir ishlarni tashkil etishda
fuqaro muhofazasi talablarini hisobga olish, inson hayot faoliyati 
davrida turli salbiy omillardan himoyalanish usul va vositalari to‗g‗risi- 
dagi malakasini
 
bilishi kerak; 
- Fuqaro muhofazasi tahliliga oid ko‗rsatkich (tavsif) va miqdoriy 
kattalik (qiymat) larni o‗lchay olish hamda ularni iqtisodiy va xavfsizlik 
nuqtai nazaridan baholash; o‗z kasbiy faoliyatini; fuqaro muhofazasi
bo‗yicha sifat va miqdoriy jihatdan baholash, qulay va sog‗lom mehnat 
sharoitlarini yaratish bo‗yicha turli tadbirlarni ishlab chiqish hamda 
amaliyotda qo‗llash; dan bilim, ta‘lim va tarbiya berishning samarali 
usullarini amaliyotga joriy etish bo‗yicha fuqaro muhofazasi
ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak; 
- talaba mustaqil ravishda mehnat faoliyatida, favqulodda vaziyat- 
larda, ayniqsa yong‗in vaqtida fuqaro hayot faoliyati xavfsizligini ta‘min 
lash, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam berish malakalariga ega 
bo‗lishi kerak. 
«Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanini o‗qitishdan 
maqsad talabalarga aholini, hududlarni, xalq xo‗jaligi ob‘ektlarni turli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‗yicha nazariy va amaliy 
bilimlar berishdan iboratdir. Shu bilan birga, talabalarni turli xil 
vaziyatlarni umumiy tavsilotlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, 
talafotlarni kamaytirish va ularni oqibatlarini bartaraf etish bo‗yicha 
fuqaro muhofazasini tadbirlari bilan tanishtirish; oliy o‗quv yurtlarining 
xalq xo‗jaligi inshooti sifatida ularni komanda-boshqaruv tarkibi va 
harbiylashmagan tuzilmalari faoliyatining mohiyatini, moslangan o‗quv-
moddiy bazasini, oliy o‗quv yurtida beriladigan mutaxassisligiga mos 
fuqaro muhofazasi tuzilmalarini xizmatini qo‗llab hal etadigan fuqaro 
muhofazasi masalalarini o‗z ichiga oluvchi tadbirlar ning yagona 
tizimini o‗rgatish; talabalarda O‗zbekiston Respublikasi Milliy 


11 
xavfsizligini ta‘minlashda fuqaro muhofazasi masalalarini, tadbirlarini 
muhimligini hamda vaziyatlarda jarohatlanganlarga va o‗ziga-o‗zi 
yordam ko‗rsatish bo‗yicha mas‘uliyat va burch hissiyotini tarbiyalash; 
talabalarga vaziyatlar xavfi bo‗lganda va ro‗y berganda ularning 
harakatlarida axloqiy-ruhiy barqarorlik sifatlarini singdirish; talabalarga 
vaziyatlarda birga harakat qilish, aholini muhofaza qilish, vaziyatlar 
oqibatlarini bartaraf etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib 
bo‗lmas ishlarni tashkil qilish va o‗tkazish asoslarini, xalq xo‗jalik bino- 
inshootlarini 
(korxonalarini) 
barqaror 
ishlashini 
kuchaytirish 
uskunalarini o‗rgatish hisoblanadi. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish