3.10.- rasm. Yer usti yadroviy portlashida radioaktiv izlarning
paydo bo„lishi.
Radioaktiv zararlanishning xavflilik darajasi va asoratlarining
ta‘siri nurlanishning ekspozitsion dozasini hisoblash orqali baholanadi.
Bu ma‘lumotlarni hisobga olgan holda quyidagilar aniqlanadi: mumkin
bo‗lgan radiatsion yo‗qotishlar; odamlarni zararlangan hududda mumkin
bo‗lgan bo‗lishlari vaqti; qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash
ishlarini zararlangan hududda boshlanishi va davomiyligi; ishchi,
xizmatchilarni va obyekt ishlab chiqarish faoliyatini himoyalash rejimi
va boshqalar.
Radiatsion holatni baholash uchun boshlang‗ich ma‘lumotlar quyi-
dagilar hisoblanadi:
- radioaktiv zararlanish kelib chiqqan yadro portlashining vaqti,
radiatsiya darajalari va ularni o‗lchash vaqti;
- radiatsiyani kuchsizlantirish koeffitsientlari va yo‗l qo‗yilgan
nurlanish dozalari;
- qo‗yilgan vazifa va uni bajarish muddati.
Kimyoviy holatni baholash deganda zaharlovchi (ZM) va kuchli
ta‘sir etuvchi zararli moddalar (KTEZM) bilan zararlanish ko‗lami va
xarakterini aniqlash, uning obyektlar, FM kuchlari va aholiga ta‘sirini
tahlil etish tushuniladi. Kimyoviy holatni baholashda boshlang‗ich
ma‘lumotlar quyidagilar hisoblanadi: ZM (yoki KTEZM) turi, kimyoviy
78
qurol ishlatilgan tuman va vaqti; hududning meteo va topografik
sharoitlari; odamlar, texnika va aslahalarning yashirish darajasi.
ZM qo‗llanishi natijasida yuzaga kelgan kimyoviy holatni har to-
monlama o‗rganish uchun ishlatilgan kimyoviy qurol vositalari, kimyo-
viy halokat o‗choqlarining chegaralari, zararlangan zona maydoni va
ZM turi aniqlanadi. Ushbu ma‘lumotlar asosida quyidagilar baholanadi:
- zararlangan havoni tarqalish ko‗lami;
- ZMni hudud va texnikadagi chidamliligi ko‗lami;
- Terini himoya qilish vositalari bilan himoyalangan odamlarni
halokat o‗chog‗ida bo‗lish vaqti;
- kimyoviy halokat o‗chog‗ida mumkin bo‗lgan odam yo‗qotish
lari.
Aholini shaxsiy himoya vositalari organizm ichiga, teri ustiga va
kiyimga radioaktiv, zaharlovchi moddalarni va bakterial vositalarni tushi
shidan himoya qiladi. Himoya vositalari: nafas olish va terini himoya
qilish vositalariga bo‗linadi. Nafas olish organlarini himoya qilish vosita
lariga filtrlovchi va izolyasiya qiluvchi protivogazlar, respiratorlar, shu-
ningdek changa qarshi gazmol niqob (PTM 1) va paxta-dokali bog‗ich-
lar kiradi.
Nafas olish organlarini yakka himoyalash vositalarini tasnifi 3.11.-
rasmda keltirilgan.
Terini himoya qilish vositalariga maxsus izolyasiya qiluvchi ki-
yim, himoya filtrlovchi kiyim kiradi.
Dushmanning bostirib kirish xavfi tug‗ilganda barcha aholi shaxsiy
himoya vositalari bilan ta‘minlanishi kerak. Tuzilmalarni shaxsiy
tarkibi, ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalarini o‗z
ob‘ektlarida aholi esa uy boshqarmalari orqali olishadi.
Nafas olish organlarini himoya qilish vositalari:
1) protivogazlar: filtrlovchi va izolyasiya qiluvchi. Filtrlovchi
protivogazlarni (3.11.-rasm) ishlash prinsipi nafas olinadigan havoni har
xil zararli qo‗shimchalardan oldindan tozalashga asoslangan. Filtrlovchi
protivogazlarga GP-5 (a); GP-5 m va GP-4u va boshqalar tegishli.
Filtrlovchi protivogazlar havoni tozalaydi, shuning uchun uglerod
oksididan himoyalanish uchun qo‗shimcha patron ishlatiladi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |