Antropo
noz
kasalliklar faqat odamlargagina xos bo‗lib, ular kasal odamdan sog‗
odamga yuqadi (masalan, ich terlama, ichburug‗, vabo, chechak, bo‗g‗
ma, qizamiq va b.). Odamga xos yuqumli kasalliklar avj olib ketishi
epidemiya deyiladi.
Zoonozlar
esa, hayvonlarning yuqumli kasalligi bo‗
lib, odamlarga kasal hayvonlardan yuqadi. Bunday kasalliklar odamlar
ga kasal hayvonlarni boqish, asrash jarayonida, jarohatlangan teri yoki
shilliq pardalar orqali quturgan hayvonlar tishlaganida, qon so‗ruvchi
hasharotlar chaqqanida yuqadi. Bunday kasalliklarning tez avj olib,
ko‗payib ketishi
epizootiya
deyiladi.
Yuqumli kasalliklar o‗simliklarga xos jonzotlar, mikroorganizmlar
tomonidan ham kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarda turli zararli
parazitlar kasalliklarning avj olib ketishi
epifitotiya
deyiladi.
Yuqumli kasalliklarning bir necha davlatlar, jahon miqyosida keng
tarqalib, avj olib ketishi
pandemiya
deyiladi.
Shuni aslo unutmaslik joizki, dushmanlar tomonidan yovuzlik maq
sadlarida turli-tuman yuqumli, ba‘zan o‗ta yuqumli kasalliklarning qo‗z
g‗atuvchilari bakteriologik qurol sifatida ham ishlatilishi mumkin.
Yuqumli kasalliklarning umumiy, kasallik qo‗zg‗atuvchisining
odam organizmida egallagan joyiga aloqador xarakterli alomatlar va
infeksiyaning o‗tish mexani zmiga ko‗ra, barcha yuqumli kasalliklar
to‗rt asosiy guruhga bo‗linadi (5.1-jadval).
302
5.1-jadval
Yuqumli kasalliklarning guruhga bo‗linishi
Kasallik
guruhlari
Asosiy
kasalliklarning
nomi
Qo‗zg‗atuvchisining
egalaydigan joyi
Infeksiyaning
o‗tish yo‗llari
Nafas yo‗llari
infeksiyalari
Gripp va o‗tkir res
pirator,kasalliklar,
angina,difteriya,qi
zamiq,sil,chin che
chak, ko‗k yo‗tal
Yuqori nafas
yo‗llari
Havo – tomchi
yo‗li
Ichaki
infeksiyalari
Dizenteriya,qorin
tifi,paratiflar,
vabo,yuqumli
gepatit,poliomielit
Ichak
Oziq-ovqat mah
sulotlari,suv, tup
roq,iflos qo‗llar,
ro‗zg‗or buyum
lari,pashshalar
orqali
Qon infeksiyalari Bezgak,toshmali va
qaytalama tiflar,
kana ensefaliti,toun
(o‗lat),tulyaremiya
Qon tomirlar
sistemasi
Qonso‗rar parazit
lar,iskabtopar,chi
vinlar,kanalar bur
galar,bitlar,chivin
lar va boshqalar
Tashqi qoplama
lar infeksiyalari
Traxoma,ko‗tir,
kuydirgi
Teri, shilliq pardalar Asosan kontakt
yo‗li bilan
Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurash chora-
tadbirlari quyidagicha amalga oshiriladi:
Yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhofaza choralari, asosan
epidemik jarayonning uch halqasi, ya‘ni yuqumli kasallik manbai, uning
o‗tish yo‗llari va nihoyat, kasallikka moyil organizmga qaratiladi. Be
morni barvaqt va faol aniqlash, sog‗ odamlardan ajratish, shifoxonalarga
joylashtirish va davolash, kasallik o‘chog‗ida zararsizlantirish choralari
ni o‗tkazish eng muhim va birinchi galdagi vazifalardandir.
Epidemik jarayonning ikkinchi xalqasi-kasallik qo‗zg‗atuvchining
organi zmga o‗tish yo‗llarini to‗sish, uzib qo‗yishdir. Shu munosabat
bilan aholi o‘rtasida tozalik, ozodalik, shaxsiy gigiena qoidalariga og‘ish
may amal qilish, sog‗lom turmush tarzi va sanitariya madaniyatini tar
g‗ib qilish, epidemiyaga qarshi muhofazaviy chora-tadbirlarni izchillik
bilan amalga oshirish mahalliy sog‗liqni saqlash muassasalariga amaliy
yordam berishdan iborat. Bu jarayonda albatta, oziq-ovqat mahsulotlari
bilan savdo qilish, ovqatlanish maskanlari va toza ichimlik suvi ta‘
minoti, turli masalliqlar, taomlar tayyorlashdagi sanitariya madaniyati,
303
oziq-ovqatlarni saqlash, tashish va boshqa texnologik qoidalarning beka
mu-ko‗st bajarilishi ustidan qat‘iy nazorat o‗rnatilishi shart.
Epidemiyaga qarshi zanjirning uchinchi xalqasi-aholining yuqumli
kasallikka moyilligiga qarshi ko‗riladigan muhofazaviy tadbirlar bo‗lib,
turli antibiotiklar, mikroblarga qarshi dorivor moddalar yordamida su
n‘iy immunitet vujudga keltirishdir.
Bundan tashqari, muhofazaviy chora sifatida tarqalgan yuqumli
kasallikning turiga qarab, turli emdorilar, vaksinalar teri osti va ustiga,
shuningdek, aerozol sifatida organizmga kiritiladi.
Yuqumli kassallik katta miqdorda ko‗payib, avj olib ketishi xavfi
tug‘ilganida hukumat qaroriga muvofiq, karantin e‘lon qilinadi.
Karantin –
yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga yo‗l qo‘ymas
lik va zararlanish o‗chog‗ini bartaraf etishga qaratilgan qat‘iy tartib-
qoidalar, epidemiyaga qarshi ma‘muriy va sanitariya chora-tadbirlari
majmuidir. Bunda zaruratga qarab, zararlanish o‗chog‗ini o‗rab olishni
tashkil etishda, hatto qurollangan maxsus kuchlardan ham foydalanish
mumkin. Bu degan so‗z zararlanish o‘chog‗iga kirish, u erdan chiqish
qat‘iyan man qilinadi. Korxonalar va ishlab chiqarish faoliyatini davom
ettirayotgan muassasalarda epidemiyaga qarshi tegishli ish tartibi o‘rnati
ladi.
Bemorlar bilan mashg‗ul bo‗lgan tibbiyot xodimlari maxsus muho
fazaviy himoya vositalari: kombinezon, kapyushon, burun va og‗izga
tutib, bog‗lab oladigan paxta-doka bog‗lam, alohida ko‗zoynak, rezina
qo‗lqop va xalat kiyib ishlanadi.
Laboratoriya tekshiruvlari natijasida zararlanish o‗chog‗idagi odam
lardan o‗ta xavfli yuqumli kasallik (vabo, o‗lat, kuydirgi va b) larning
qo‗zg‗atuvchilari topilmasa, shuningdek, ommaviy tusda kasalliklarning
tarqalib ketish xavfi bo‘lmasa, karantin holati observatsiya bilan almash
tiriladi.
Observatsiya-zararlanish o‗chog‗ida bo‗lgan odamlar ustidan qa
t‘iy tibbiy nazorat o‗rnatish, ularning sihat-salomatligini belgilangan
vaqt mobaynida kuzatish, tegishli davolash, muhofazaviy tadbirlarni
o‗tkazishni ko‗zda tutgan tadbirlar majmuidir.
Karantin va observatsiya muddati kasallikning oxirgi bemor ajratib
qo‘yilgani va zararlanish o‗chog‗idagi zararsizlantirish ishlari tomomila
tugatilgan vaqtdan boshlab, hisoblanadigan maksimal darajadagi yashi
rin davrga qarab belgilanadi.
Tabiiyki, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda dizenfeksiya, dizin
seksiya va deratizatsiyaning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir.
304
Dezinfeksiya yoki yuqumsizlantirish-odam yashab turgan muhitda
yuqumli kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilarini yo‗qotishga qaratilgan max
sus chora-tadbirlar majmuidir.
Dezinseksiya va deratizatsiya-dezenfeksiyaning maxsus, xususiy
turlaridir. Dezinseksiya deyilganda, kasalliklarni yuqtiruvchi hasharotlar
va kanalarni yo‘qo tish tushunilsa, deratizatsiya-epidemiologik jihatdan
xavf-xatarli bo‗lgan kemiruv chilarni qirib tashlash demakdir.
Muhofazaviy, joriy va yakunlovchi dezinfeksiya tafovut qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |