O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Tutqanoq tutishida birinchi yordam



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

5.10-rasm. Tutqanoq tutishida birinchi yordam. 


290 
Neyroleptoanalgeziya sifatida 0,25% – 3–4 ml droperidol yoki 
0,005% – 1–2 ml fentanil ishlatiladi, muskul orasiga yoki vena qon to 
miriga yuboriladi. Shuningdek 0, 02 g diazepam yuboriladi. Gipotenziv 
terapiya sifatida ganglioblakatorlarining qisqa muddatda ta‘sir etuvchi 
guruhlaridan (gigroniy, arfonad) foydalanib, keyinchalik 25% 20 ml 
magneziy sulfat ishlatiladi. Lozim bo‗lganda pentamin 5%–1–2 ml, ben 
zogeksoniy 2,5%–0,5–1 ml vena ichiga yoki muskul orasiga yuboriladi. 
Oyoq panjasi ustki tomonidagi arteriyalarni (10) ularning ostidagi 
suyak larga bosish, keyin esa, oyoq panjasiga ustidan bosib turadigan 
bog‗lam qo‗yish zarur. Arteriyadan kuchli qon ketayotgan taqdirda 
boldir qismi ga cho‗ziluvchan jgut qo‗ yish lozim.Tomirni barmoq bilan 
bosib, qon oqishi vaqtincha to‗xtatilgandan so‗ng, imkoniyati bor 
joylarga tezkor lik bilan jgut yoki burama solish va jarohatni ste ril 
bog‗lam bilan bog‗ lab qo‗yish darkor. 
Harakat va tayanch tizimining shikastlanishi, travmatik shok 
Harakat va tayanch tizimining shikastlanishi travmatik shok nima? 
- degan savolga quyidagicha fikr bildirish mumkin: bosh shikastlangani 
da kalla suyagi, bosh miya zararlanishi mumkin. Bunday holatda bosh 
miya lat eyishi, chayqalishi (silkinishi) qayd etiladi. 
Bosh miya lat eganida odam es-hushini yo‗qotmay, boshi og‗rib, 
ko‗ngli aynib, ba‘zan, qusib, behuzur bo‗lishi mumkin. 
Bosh miya qattiq chayqalganida, silkinganida odamning xushdan 
ketishi, boshi aylanib, qattiq og‗rib, ko‗ngli aynib, ketma –ket qusishi 
qayd etiladi. Bunday hollarda shikastlangan odamga ko‗rsatiladigan 
birinchi tibbiy yordam, eng avvalo uni tinch qo‗yish, boshiga sovuq nar 
sa bosishdan iboratdir. 
Qattiq zarb natijasida boshda umumiy kontuziya holati ro‗y berishi 
mumkin. Bunda odam hushini yo‗qotishi, boshi aylanib, gapira olmay 
qolishi, shuningdek, qulog‗i og‗ir bo‗lib, ko‗z oldi xiralashuvi, xotirasi 
yo‗qolishi yoki susayishi mumkin. Bunday og‗ir holatdagi shikastlan 
ganni imkoni boricha tezroq tekis joyga yotqizish kerak.
Paylarning cho‗zilishi ham odam nojo‗ya sakragani, qadam bosga 
ni, yiqilgani yoxud og‗ir yuklarni ko‗targanida ro‗y berishi mumkin. 
Bunday holatlarda payi cho‗zilgan bo‗g‗imda og‗riq paydo bo‗lib, shi 
shadi, harakat cheklanadi. Birinchi tibbiy yordam-shikastlangan bo‗g‗im 
ni bint bilan qattiq bog‗lab, ustiga sovuq narsa bosish, shikastlangan joyi 
tinch qo‗yishdir. 


291 
Ba‘zida bo‗g‗im ichki yuzalarining o‗rnidan siljishi, chiqishi, bo‗ 
g‗im xaltasi yirtilishi, paylar cho‗zilishi ham qayd etiladi. 
Qo‗l-oyoq chiqishlarining asosiy belgilari qo‗yidagilardan iborat: 
bo‗g‗imning og‗rishi, bu erda harakatning cheklanishi, bo‗g‗im shakli 
ning o‗zgarishi, qo‗l yoki oyoqning kalta tortib, qayrilib, qandaydir holat 
da qimirlamay qolishi va h.k. 
Chiqishlar umurtqalararo bo‗g‗imlarda ham ro‗y berishi natijasida 
umurtka pog‗onasi suyaklari o‗rnidan nari-beri surilishi oqibatida orqa 
miya ezilib, bosilib, qo‗l-oyoq ishlamay qolishi, chanoq qismidagi a‘zo 
larning faoliyati buzilishi ham mumkin. 
Kuchli zarb,og‗izni katta ochib homuza tortish, esnash vaqtida ham 
ba‘zan pastki jag‗ chiqishi ko‗p uchraydi. Bunday holatlarda pastki jag‗ 
ni mahkam ushlab turadigan bog‗lam qo‗yiladi. 
Chanoq, son, tizza, elka bo‗g‗imlari, shuningdek, umrtqalararo bo‗ 
g‗imlardagi suyaklar o‗rnidan chiqqani yoki siljiganida imkoni boricha 
shikastlangan odamni kengroq taxta yoki eshik ustiga yotqizib, taxta 
kachlab, og‗riqsizlantiradigan dori yuborib, yaqinroqdagi tibbiy muassa 
saga eltish zarur. 
Odam keskin harakatlar qilgani, zarb egani, balandlikdan sakrab 
yiqilganida suyaklari sinishi mumkin. Suyaklarning sinishi ochiq yoki 
yopiq bo‗ladi. Yopiq suyak siniqlarida teri qoplamalarining yaxlitligi, 
butunligi buzilmaydi. Suyakning ochiq siniqlarida esa aksincha, singan 
joyda teri shikastlanib, jarohat bo‗ladi. Suyaklarning ochiq sinishi hayot 
uchun xavflidir, chunki jarohat orqali turli jonzotlar kirib, organizmni 
zaharlaydi, ahvolni mushkullashtiradi. 
Suyaklar singanida ularning kata-kichik bo‗laklari o‗z o‗rnidan 
siljishi yoki surilmasligi mumkin. Bundan tashqari, suyakning ikki bo‗ 
lakka bo‗linishi bir siniq, bir necha bo‗laklar hosil qilishi esa 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish