ko‘p siniq
deyiladi. Aksariyat falokatlar natijasida, odatda bir nechta suyaklarda
ko‗p siniqlar qayd etiladi. Bunday holatlarda badan kuyishi va nurlanish
(radiatsiya) ta‘siri bilan qo‗shilgan siniqlar ayniqsa, og‗ir kechadi.
O‗q yoki snaryad parchasi ta‘siri oqibatida suyaklar sinishi o‗q
tegib suyak sinishi deyiladi. Bunday holatlarda suyakning yirik yoki
mayda parchalarga bo‗linib ketishi, qo‗l, oyoq qismidagi suyaklar singa
ni yoki uzilib ketganida yumshoq to‗ qimalar ezilishi mumkin.
Suyak sinishlarining asosiy belgilari:
suyak singan joyning og‗rib,
shishib ketishi, qontalash bo‗lishi, uning g‗ayritabiiy holatda beso‗naqay
harakatlanishi, qo‗l yoki oyoq faoliyatining buzilishi. Suyak ochiq sin
gan paytlarda jarohatda singan suyak bo‗laklari ko‗rinib turishi ham
292
mumkin. Qo‗l oyoq suyaklari singanida bu a‘zolar odatdagidan kalta
tortib, singan joyi qiyshayib qoladi. Ko‗krak qafasi shikastlanganida
qovurg‗alarning sinishi oqibatida nafas olish qiyinlashadi, paypaslab
ko‗rilganda singan qovurg‗a bo‗laklarining qirsillashi (krepitatsiya) eshi
tiladi. Chanoq suyaklari va umurtqa pog‗onasi singan paytlarda peshob
kelishi qiyinlashadi, oyoq harakatlari buziladi. Bosh suyaklari singan
vaqtlarda esa, aksariyat quloqdan qon keladi. Suyaklarning sinishi og‗ir
bo‗lgan hollarda travmatik shok kuzatiladi. Bu ayniqsa, suyaklar ochiq
sinib, qon ketishi bilan bog‗liq bo‗lgan paytlarda uchraydi.
Travmatik shok og‗ir shikastlarning hayot uchun xavf soladigan
asorati bo‗lib, markaziy asab tizimi, qon aylanishi, modda almashinuvi
va boshqa barcha hayotiy faoliyatlarning buzilishi bilan belgilanadi. Bir
yoki bir necha marta, takror-takror og‗ir shikastlanish ham shokka olib
kelishi mumkin. Ko‗p qon ketgan paytlarda, ayniqsa qish vaqtida yara
dor sovqotib qolganida shok tez uchraydi. Shok holati qancha vaqtdan
keyin paydo bo‗lishiga qarab, birlamchi va ikkalamchi bo‗lishi mum
kin.
Birlamchi shok odamga shikast etgan vaqtning o‗zida yoki undan
keyin ko‗p o‗tmay boshlanishi mumkin. Ikkilamchi shok esa, shikastlan
gan odamni transportda ehtiyotsizlik bilan olib borilishi yoki singan
suyaklari yaxshi immobilezatsiya qilinamaganligi oqibatida unga dast
labki tibbiy yordam ko‗rsatilgandan so‗ng boshlanadi.
Travmatik shokning avj olib borishi jarayonida ikki davr, ya‘ni
qo‗zg‗alish va tormozlanish fazalari farqlanadi.
Qo‘zg‘alish davri
shi
kastlanish sodir bo‗lgan zahotiyoq, organizmning nihoyatda kuchli og‗
riq ta‘siriga javobi tariqasida ro‗y beradi. Bunda shikastlangan odam
qattiq bezovtalanib, og‗riqdan o‗zini yo‗qotib qo‗yadi, baqiradi, chaqira
di, yordam so‗raydi. Bu holat qisqa vaqt, 10-20 daqiqa davom etadi,
birinchi tibbiy yordam ko‗rsatilayotgan paytda unchalik sezilmasligi
ham mumkin. Keyin esa
tormozlanish davri
boshlanadi, shikastlangan
odam es-hushi joyida bo‗lmagani bois, bo‗shashib, yon-atrofga befarq,
loqayd qaraydi, hech kimdan yordam so‗ramaydi, chunki hayot uchun
zarur bo‗lgan barcha faoliyati susayib qoladi: a‘zoyi-badani muzlab,
yuzi oqarib, tomir urishi zaiflashib, nafas olishi qiyinlashadi.
Shokning qay darajada kechishiga ko‗ra, uning to‗rt darajasi: engil,
o‗rtacha, og‗ir va juda og‗ir holatlari tafovut qilinadi.
Shokning oldini olish uchun ko‗riladigan eng asosiy chora-tadbir
lar qo‗yidagilardir: odam shikastlangan vaqtda, eng avvalo, paydo bo‗l
gan kuchli og‗riqni bartaraf etish yoki uni susaytirish, qon ketishini
293
to‗xtatish, sovqotishga yo‗l qo‗ymaslik, birinchi tibbiy yordam ko‗rsa
tish amallarini juda tezkorlik va ehtiyotkorlik bilan bajarish hamda
shikastlangan odamni juda tezkorlik va ehtiyotkorlik bilan bajarish ham
da shikastlangan odamni transport vositalarida avaylab olib borish. Shi
kastlanib, shok holatiga tushib qolgan odam hayotiga xavf solib turgan
qon oqishni to‗xtatish, shuningdek, maxsus shprits-tyubik vositasida
og‗riq qoldiradigan dori yuborish, sovuqdan asrab-avaylaysh, ustini
ko‗rpa, adyol yoki chopon bilan berkitish. Suyaklar singan taqdirda esa
qo‗l ostidagi bor vositalar bilan immobilizatsiya qilish joiz.
Og‗riq qoldiradigan dorili shprits-tyubik bo‗lmaganida shok holati
dagi odamga, agar qornida teshib o‗tgan jorohati bo‗lmasa, ozgina miq
dorda spirtli ichimlik (aroq, vino, suyultirilgan spirt) yoki issiq choy,
qahva ichirish mumkin. Shundan so‗ng zambilga solib, ustini yopib,
imkoni boricha tezroq yaqinroqdagi tibbiy muassasaga olib boriladi.
Shprits tyubikning tuzilishi va undan foydalanish. Ma‘lumki, fav
qulodda holatlarda shikastlangan fuqarolarga og‗riqni qoldirish maqsadi
da biror dori yuboriladi. Bunday holatda, ayniqsa shprits-tyubik juda
asqotadi. Shprits-tyubik polietilen tana-korpus, badanga sanchiladigan
igna va g‘ilof-qalpoqchadan iboratdir.
Bu moslama yordamida dori-darmonlarni mushaklar orasi yoki teri
ostiga bir marta yuborish mumkin, xolos. Og‗riqni qoldiradigan dorini
igna sanchib, badanga kiritish uchun shprits-tyubikni o‗ng qo‗l bilan
tanasidan, chap qo‗l bilan esa, kanyulasining qovurg‗ali gardishidan
ushlab, uning tanasiga taqalguncha buraladi.
Bundan tashqari, suyak singanda ko‗rsatiladigan birinchi tibbiy yor
dam ham amalga oshiriladi.
Suyak singanda birinchi tibbiy yordam ko‗rsatishning eng asosiy
sharti shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga doir amal usullar
ni tezkorlik bilan bajarish; qon tomirlardan qon oqishini to‗xtatish;
travmatik shokning oldini olish; jarohatga steril bog‗lam qo‗yish va
nihoyat, tabeldagi yoki qo‗l ostida bo‗lgan barcha vositalardan oqilona
foydalanib, singan suyakni taxtakachlash, ya‘ni immobilizatsiya qilish
dir.
Immobilizatsiyadan ko‗zlangan asosiy maqsad-singan joydagi
suyaklarni o‗rnidan siljitmaslik, qimirlamaydigan qilishdir. Bunday
holatda og‗riqlar kamayadi, travmatik shokning oldi olinadi. Suyak sin
ganda o‗sha joy yaqinidagi ikkita bo‗g‗im (singan joyning yuqori va
pastidagi) ni maxsus shinalar yoki qo‗l ostida mavjud bo‗lgan vositalar
yordamida taxtakachlab qo‗yish shart. Shundan keyingina shikastlangan
294
odamni bexavotir bir joydan ikkinchi joyga siljitish, ko‗chirish mumkin
bo‗ladi.
Buni hayotda transport immobilizatsiyasi deb ataladi.
Transport shinalarining asosiy turlari: shotisimon va to‗rsimon
qilib ishlangan metall shinalar, faneradan ishlangan shinalar, Diterexs
ning yog‗ochdan tayyorlangan maxsus shinasi.
Shotisimon va to‗rsimon shinalardan foydalanganda, ularning
kerakli uzunlikdagi bir nechtasi tanlab olinadi va tananing qaysi qismi
ga qo‗yilishiga qarab shakli moslanadi (shikastlangan tomondan emas,
tananing sog‗lom tomonidan andoza olinadi) va nihoyat, kiyim-bosh
ustidan qo‗l yoki oyoqqa bog‗lab qo‗yiladi. Fanera shinalar engil, har xil
kattalikda bo‗lganidan ularga ma‘lum bir shakl berib bo‗lmaydi. Shu
ning uchun ham ularning ostiga paxta qo‗yilib, qo‗l yoki oyoqqa bint,
doka bilan bog‗lanadi.
Immobilizatsiya uchun fanera bo‗laklari, tayoqchalar, yupqa taxta
lar, qattiq karton qog‗oz, shuningdek, turli uy-ro‗zg‗or buyumlari, sin
gan joyni qimirlatmaslikka yaraydigan boshqa narsalardan ham keng
foydalanish mumkin. Shunday qilish zarurki, biror jarohatga bog‗lam
qo‗yib, uni bog‗lash va immobilizatsiya qilish jarayonida singan suyak
bo‗laklarining o‗rindan siljib qolishi hamda yopiq holatdagi siniqning
ochiq siniqqa aylanishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak.
Qaysi suyak qaytariqa singan bo‗lmasin, ularni maxsus shinalar
yoki qo‗l ostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilish oqibati
da tananing shikastlangan qismlari transportda tashish vaqtida fiziologik
jihatdan qulay holatda bo‘lsin va zarracha ozor chekmasin.
Kalla suyaklari singan paytlarda aksariyat bosh miya ham zararla
nadi, odam behush bo‗ladi. Bunday holatlarda dastlab shikastlangan
kishining butun a‘zoi badani ko‗zdan kechiriladi. Shundan so‗ng uni
zambilga qornini pastga qilib yotqizish, boshi ostiga (yuziga) o‗rtasi
yumshoqroq to‗shama yoki paxta-dokadan tayyorlangan chambarak
qo‗yish lozim.
Jag‗ suyaklarining ustki va pastki sohalari shikastlangan paytlarda
esa, sopqonsimon bog‗lam qo‗yish, shikastlangan odamning tili tomoni
ga tiqilib, nafas yo‗lini berkitib qo‗ymasligi uchun boshini yon tomonga
burib qo‗yish lozim.
O‗rov suyagi singanda kiftga paxta-dokadan tayyorlangan ikkita
halqa solinib, ular orqadan tortib bog‗lanadi. Kein qo‗l durracha tortib,
sochiqning uchlari tikib qo‗yiladi.
295
Qovurg‗alar singanda nafas chiqarilgan hlatda ko‗krak qafasi bint
bilan qattiq bog‗lanadi va ko‗krak qafasini sochiq bilan tortib, sochiq
ning uchlari tikib qo‘yi ladi.
Qo‗l va oyoq suyaklarining sinishi boshqa suyaklarning sinishiga
nisbatan ko‗p uchraydi. Barmoq falangalari va panja suyaklari ochiq sin
ganda jarohatni steril bog‗lam bilan bog‗lash, barmoqlar yarim bukilgan
holatda bo‗lishini ta‘minlash maqsadida qo‗l kaftiga doka (bint) bilan
o‗ralgan qattiqroq paxta bo‗lagi solinadi. Bilak, qo‗l panjasi va barmoq
larga fanera, karton yoki shotisimon shina qo‗yib, qo‗l durracha bilan
osib qo‗yiladi.
Bilak suyaklari singanda qo‗lni tirsak bo‗limidan to‗g‗ri burchak
ostida asta bukib, kaftini ko‗krak tomonga burish va shu holida shina
yoki qo‗l ostidagi mavjud vositalar yordamida qimirlamaydigan qilib
bog‗lash lozim.
Shina barmoqlarning ostidan to elkaning yuqoridagi uchdan bir
qismigacha etkazib qo‗yiladi. Keyin qo‗l durracha bilan bo‗yinga osib
qo‗yiladi.
Elka bo‗g‗imi shikastlangani, elka suyagi singanda shotisimon
shina yoki qo‗l ostidagi mavjud vositalar bilan immobilizatsiya qilinadi.
Bunday holatda avval shinani tirsak bo‗g‗imidan bukilgan, shikast
langan qo‗l ga sog‗lom kurakdan shikastlangan qo‗lning kifti orqali elka
va barmoqlarning asosiga qadar etadigan qilib shinaning shakli,
andozasi moslab olinadi. Keyin qo‗l durracha bilan bo‗yinga osib qo‗yi
ladi yoki qo‗lni gavdaga bint bilan mahkam qilib bog‗lab qo‗yish ham
mumkin.
Oyoq panjasi suyaklari singanda yoki bolder-panja bo‗g‗imi shi
kastlanganda shotisimon shina yoki qo‗l ostidagi mavjud vosita, imkoni
yatlar ishga solinadi. Shinani avval oyoqning tagi va boldirning orqa
yuzasidan, uning yuqoridagi uchdan bir qismiga qadar etkazib qo‗yish
uchun moslab bukiladi. Keyin tovon suyagi joylashadigan chuqurga pax
ta solinadi. Shundan so‗ng shinani oyoqqa qo‗yiladigan va bintni boldir
ning pastdagi uchdan bir qismi bilan oyoq panjasidan sakkizsimon
o‗ramlar shaklida yurgazib,boldirning yuqoridagi uchdan bir qismigacha
gir aylantirib o‗raladi, shina mustahkamlanadi. Ammo, oyoq panjasi bol
dirga nisbatan to‗g‗ri burchak ostida turadigan qilib bog‗lanishi zarur.
Fanera yoki yog‗och bo‗lakchalari bilan immobilizatsiya qilishda
bu yordamchi vositalarni boldirning yuqoridagi uchdan bir qismidan
oyoq panjasining ostigacha etadigan qilib ikki yon tomondan qo‗yiladi,
so‗ngra oyoq panjasi bint bilan mahkam qilib bog‗lanadi. Bunday
296
holatda ham yuqoridagi kabi yog‗och bo‗lakchalari suyakning zararla
masligi uchun uning do‗mbaymalariga paxta yostiqchalar qo‗yiladi.
Boldir suyaklari singanda xuddi boldir panja suyaklari
shikastlangani holatidagidek ikki bo‗g‗im, ya‘ni bolder-panja va tizza
bo‗g‗imlari qimir lamaydigan qilib mustahkamlanadi. Shina yoki qo‗l
ostidagi mavjud vositalar oyoq panjasidan sonning yuqoridagi uchdan
bir qismigacha etadigan bo‗lishi zarur. Mabodo, immobile zatsiya qilish,
shu atrofda biror yaroqli vosita topilmasa, shikastlangan oyoqni sog‗lom
oyoqqa mahkam taqab, bog‗lab qo‗yish ham mumkin.
Son suyagining sinishi, ayniqsa ochiq sinishi, terining shikastlanib,
jarohatlanishi oqibatida ko‗p qon ketishi, shok holatiga tushish bilan
kechadigan og‗ir jarayondir. Bunday vaziyatlarda immobilizatsiya
uchun mo‗ljallangan maxsus moslama, Diterexs shinalaridan foydala
nish qulaydir.
Son suyagi singanda qo‗llanadigan maxsus transport (Diterexs)
shinasi (5.11-rasm) suriladi
gan uzun-qisqa ikkita ichki
va tashqi planka, tovonga ta
qalib turadigan fanera va
burama tayoqchadan iborat.
Tashqi planka ichkisi
dan uzunroq bo‗lib, uni ke-
rakli uzunlikkacha surib,
qo‗ltiq osti chuqurchasiga
taqab qo‗yiladi. Ichki planka shikastlangan odamning bog‗lab qo‗yilgan
singan joyi va tanasi ustiga qo‗yib, mustahkamlanadi. Buning uchun
plankalar oyoqdan 3 sm uzunroq bo‗lishi lozim. Oyoq osti, tovonga qo‗
yiladigan fanera bint bilan o‗ralib, oyoq panjasiga bog‗lanadi. Ikkala
plankaning uchlari oyoq tagiga taqalib turadigan faneraning sim tutqichi
ga kiritiladi va tashqi plankaning pastki uchi ichkisi bilan tutashtiriladi
gan ko‗ndalang planka teshigiga kiritiladi. Shina plankalari oyoq va tana
ga bint bilan bog‗lanadi. So‗ngra burama solib oyoq tortib qo‗yiladi.
Singan son suyagini immobilizatsiya qilish uchun qo‗l ostidagi
mavjud vositalardan foydalanilganida, ular sonning ichki va tashqi yuza
lari bo‗ylab, serbar bint, kamar, sochiq, choyshab bilan ikkinchi sog‗lom
oyoq va badanga mahkam qilib bog‗lanadi. Bunday shikastlanishda nafa
qat son suyagi, balki son-chanoq bo‗g‗imi, hatto boldir-panja bo‗g‗imi,
tovon suyaklarini ham birgalikda immobilizatsiya qilish, mustahkam
lash zarur. Shuningdek, yuqorida nomlari tilga olingan sohalardagi
5.11- rasm. Son suyagi singanda qo‘llanadigan
Ditеrеxs shinasi.
297
suyaklarning do‗mbaymalari, qo‗ltiq osti chuqurchasi va chov atrofiga
ham paxta bo‗laklari solish lozim.
Chanoq suyaklari singanda umurtqa pog‗onasi shikastlanganda
shikastlangan odamning ahvoli nihoyatda mushkul bo‗ladi. Chunki,
uning nafaqat chanoq su yaklari, balki shu sohadagi ichki a‘zolari, xusu
san yo‗g‗on va ingichka ichaklari, siydik puffagi, jinsiy a‘zolari va bosh
qalar ham shikastlanishi, qo‗l va oyoqlari ishlamasligi mumkin. Shikast
langan odam ehtiyotkorlik bilan biror qattiqroq narsa (faner, taxta,
eshik) ustiga tizza bo‗g‗imlari bukilgan va kerilgan (qurboqaga o‗x
shash) holatda chalqancha yotqizilishi, oyoqlari ikki tomonga tizzalari
ostiga biror kiyim-bosh yoki adyol ko‗rpacha dumaloqlab qo‗yilishi
shart. Aks holda, shikastlangan odamning ahvoli yanada og‗irlashishi
mumkin.
Uzoq vaqt bosilish (ezilish) sindromi holatidagi shikastlanganlarga
birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish. Kundalik turmushimizda katta-kichik
falokatlar, ayniqsa zilzila ro‗y berganida ko‗plab odamlar turar-joylarda
gi binolar, devorlar, dovdaraxtlar va boshqa narsalar ostida qolib, shikast
lanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda odam tanasining ayrim qismlari,
qo‗l yoki oyoqlarning yumshoq to‗qimalarida og‗ir dard boshlanishi,
ya‘ni uzoq vaqt bosilish, ezilish sindromi, boshqacharoq aytganda, trav
matik toksikoz (zaharlanish) holati qayd etiladi. Ushbu holat, asosan
tananing uzoq vaqt bosilib, ezilib qolgan qismidagi yumshoq to‗qimalar
da modda almashinuvchi jarayonining keskin buzilishi tufayli parchala
nish mahsulotlari bo‗lgan zaharli moddalarning to‗planib, qonga so‗rili
shi bilan bog‗liqdir.
Agar shikastlanish tufayli organizm zaharlanib,shikastlangan odam
lar (es-hushlarini yo‗qotishmagan bo‗lsa), asosan shikastlangan joyning
og‗rishi, ko‗ngil aynishi, bosh og‗rishi va og‗iz ko‗rinishidan shikoyat
qiladilar. Tananing shikastlangan qismi tirnalgan yoki ezilgan bo‗lishi,
uning yuzasida uzoq vaqt bosib, ezib turgan narsaning do‗ppayib chiqib
turgan shakli, izi bo‗lishi mumkin. Badan terisining rangi o‗chib, ba‘zi
joylari ko‗karinqiragani, ushlab ko‗rilganda esa sovuqligi qayd etiladi.
Tananing shikastlangan qismi uzoq vaqt bosilib, ezilib yotgan tashqi
ta‘sir iskanjasidan bo‗shatib olingach, oradan 30-40 daqiqa o‗tmayoq,
tez shishib ketishi kuzatilgan. Bunday holat organizmda zaharlanish
jarayonining asta-sekin kuchayib borish alomatidir.
Shikastlangan odamga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish vaqtida
eng avvalo, uning jarohatlangan joylariga steril bog‗lam qo‗yish zarur.
Oyoq-qo‗llari lat eb, muzdek bo‗lib, ko‗karib ketgan bo‗lsa, darrov uzoq
298
vaqt bosilib qolgan joyidan yuqoriroqqa jgut yoki burama solinadi.
Bundan ko‗zlangan maqsad-ezilib qolgan to‗qimalarda to‗planib qolgan
zaharli moddalarning qonga so‗rilib, yuqoriga o‗tmasligiga to‗sqinlik
qilishdir. Jgutni juda ham qattiq va tarang qilib qo‗ymaslik kerak, aks
holda shikastlangan joylarga qon kelishi to‗xtab qolishi mumkin. Bun
dan tashqari, uzoq vaqt bosilib, ezilib qolgan qo‗l-oyoqlar ushlab ko‗ril
ganda, harorat yuqori bo‗lmasa, ularni bint, doka bilan mustahkam
bog‗lab, ustiga sovuq narsa qo‗yish maqsadga muvofiqdir.
Shundan keyingina shikastlangan odamga shprits-tyubik orqali
og‗riq qoldiradigan dori yuboriladi, buning imkoniyati bo‗lmay qolsa,
50 g. miqdorida biror spirtli ichimlik ichiriladi.
Shikastlangan qo‗l va oyoqlar, garchi sinmagan, chiqmagan bo‗lsa
da, har ehtimolga qarshi shinalar yoki qo‗l ostida bo‗lgan boshqa vosita
lar yordamida taxtakachlanib, qimirlamaydigan qilib bog‗lanishi lozim.
Keyin esa shikastlanib, travmatik toksikozga chalingan odamni zambilga
yotqizgan holda imkoni boricha tezroq va mumkin qadar avaylab, yaqin
roqdagi tibbiy muassasaga etkazish lozim.
Bunday og‗ir holatdagi shikastlangan shaxslarga birinchi tibbiy
yordam ko‗rsatishning dastlabki daqiqalaridanoq, issiq choy, kofe be
rish, har safar 2-4 g. dan (bir kecha-kunduzda 20-40 g gacha) ichimlik
soda qo‗shib suv ichirib turish shart va majburiydir. Ma‘lumki, ichimlik
sodasi organizm ichki muhitidagi kislota-ishqorlar muvozanatini to‗g‗ri
lab, asl holiga keltirib turadi. Shikastlangan odamning ko‗p miqdorda
suyuqlik ichib turishi esa, organizmda to‗planib qolgan zaharli moddalar
ni imkoni boricha yuvish va siydik orqali tashqariga chiqarib yuborishga
yordam beradi.
Bundan lat egan vaqtlarda yuzaga joylashgan to‗qimalar va ichki
a‘zolar ham zararlanishi mumkin. Lat egan joylar og‗rib, shishib yoki
qontalash bo‗lib turadi. Bunday holatlarda lat egan joyga bosib turadigan
bog‗lam qo‗yish, sovuq narsa bosish, tinch qoldirish lozim. Odamning
ko‗krak qafasi yoki qorin bo‗shlig‗idagi a‘zolari (yuragi, o‗pkasi, jigari,
talog‗i, buyragi va boshqalar) shikastlanganda esa o‗sha joylarning og‗
rishi, hatto ichki a‘zolardan qon ketishi ham mumkin. Bunday holatlarda
lat egan joyga sovuq narsa bosish va shikastlangan odamni zambilga
solib imkoni boricha tezroq yaqinroqdagi tibbiy muassasaga etkazish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |