O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


  Yeropa va MDH mamlakatlarida muhofaza qilish tizimi



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

 


218 
Yeropa va MDH mamlakatlarida muhofaza qilish tizimi 
faoliyati 
Finlandiyada aholini FV dan muhofaza etish va xavfsizligini 
ta‘minlash qutqaruv xizmatiga yuklatilgan. Qutqaruv xizmati tez yordam 
vazifasini ham o‗taydi. Qutqaruv xizmati mahalliy byudjet hisobidan 
mablag‗ bilan ta‘minlanadi. 
Qutqaruv bo‗limi kundalik yong‗inga qarshi avariya qutqaruv va 
tibbiy sanitar ishlarini olib boradi. Tezkor tayyorgalik bo‗limi boshlig‗i 
FV da zarur jihoz va resurslar tayyorligini ta‘minlashda, profilaktik 
tadbirlarni rejalashtirishga, navbatchi xonalar va idoralar markaziy appa 
ratlarini tayyor ushlab turish uchun mas‘uldir. Ma‘muriy bo‗lim xo‗jalik 
va kadrlar masalasi bilan shug‗ullanadi. Texnik bo‗limning vazifasi 
qutqaruv xizmati balansida binolar, inshootlar va texnikani soz holda 
ushlab turish va joriy ta‘mirlash, texnik rejalashtirishdan iborat. Nazorat 
bo‗limi qutqaruv organlarining tizimi va faoliyatini tartibga soluvchi 
qoidalarga rioya qilish va zarali moddalarni tashish ustidan kuzatuv olib 
boradi. Aholini muhofaza qilish bo‗limi favqulodda holatlarda zarur 
tadbirlarni ishlab chiqadi va o‗tkazadi. Uning tarkibiga FM byurosi va 
pana joylar hamda qutqaruv inshootlari bo‗yicha byuro ham kiritilgan.
Finlandiyada aholini muhofaza inshootlari bilan ta‘minlash 
masalasiga hal qiluvchi o‗rin berilgan. Xelsinkini o‗zida 4400 dan ortiq 
bombadan berkinish joylari mavjud. 
Qutqaruv xizmati tizimida mintaqaviy trevoga markazi alohida 
o‗rin egallaydi. Markaz sutka davomida baxtsiz hodisalar haqidagi 
xabarlarni qabul qiladi, o‗t o‗chirish va qutqaruv komandalarini. Tez 
yordam mashinalarini chaqiradi va umuman qutqaruv xizmatining 
barcha tezkor faoliyatini boshqarib turadi.
Zarurat 
tug‗ilganda 
fuqaro 
mudofaasiga 
Xelsinkidagi 
muhofazalangan boshqaruv markazidan amalga oshiriladi. Bu markazda 
rahbariyat, shaharning hokimiyat organlarining yetakchi tashkilot va 
muassasa vakillari ish olib boradilar. 
Rayonlarda umumiy rahbarlik mahalliy organlar zimmasiga 
yuklatilgan. 
Qutqaruv 
ishlari 
qutqaruv 
tuzilmalari 
rahbarlari 
boshchiligida amalga oshiriladi. 
Qutqaruv xizmatida kadrlarni o‗qitishga katta e‘tibor beriladi. Shu 
maqsadda qutqaruv maktabi tashkil etilgan. Qutqaruv xizmatiga yangi 
qabul qilinganlar o‗z faoliyatlarini qutqaruv maktabidan boshlaydilar. 
Yuqori zveno rahbarlari har yili uch kundan, ikki yilda bir marta esa 2 
haftalik kurslarda ta‘lim oladilar. 


219 
Finlyandiyadagi Qutqaruv xizmati falsafasi quyidagi prinsiplarga 
asosalangan: 
- insonparvarlik; 
- demokratiya; 
- erkin intizom; 
- tezlik; 
- o‗z ishini bilish; 
- epchillik. 
Finlyandiyada tayyorgarlikning uch bosqichli tizimi qabul 
qilingan. 
1-bosqich – kundalik FVga shay turish: buning uchun 100 kishi 
navbatchilik qiladi; 
2-bosqich – falokat va ofatlarga nisabatan o‗z shayligini bildirish. 
Bunday hollarda 2500 odam harakatda bo‗ladi; 
3-bosqich – umumdavlat miqyosida tinch vaziyatlar sodir bo‗lgan 
holatda mo‗ljalllangan. Bu davrda FM tizimi 8400 kishilik qutqaruv 
fuqaro muhofazasi guruhini tashkil etadi. 
Shveysariya mamlakat konstitutsiyasiga asosan aholini va 
hududlarni FV muhofaza qilish vazifasi konfederatsiya zimmasiga 
yuklatilgan. Shveysariyada xavfsizlik doktrinasining bosh tamoyili 
birinchi navbatda mahalliy kuch va vositalarga, hamda boshqaruvning 
quyi zvenolariga tayanishdan iborat. Tayyorgarlik va muhofaza 
tadbirlarini asosiy qismi kommunallar (500 ta xo‗jalikni o‗z ichiga 
oluvchi ma‘muriy hududiy birlik) darajasida olib boriladi. Kommunalar 
kantonlarga (ular soni 26 ta) birlashtirilgan. Xavfsizlik bo‗yicha umumiy 
muvofiqlashtiruvchi rolni federal organlar o‘ynaydi. FV sodir bo‗lganda 
birinchi bo‗lib harakatni politsiya, o‗t o‘chirish tuzilmasi va tez yordam 
boshlaydi. Fuqaro mudofaasi bo‗linmalari asosan yirik FV da yordamga 
keladi. Fuqaro mudofaasi kuch va vositalari yetarli bo‗lmasa qutqaruv 
ishlariga armiya qism va bo‗linmalari jalb qilinadi. 
Shveytsariyada doimiy harbiy tuzilmalar yo‗q, professional 
qutqaruvchilar soni esa ko‗p emas. Shu sababli barcha aholi saper - o‗t 
o‗chiruvchi va tibbiy tuzilmalarga, armiya qismlariga biriktirilib 
qo‗yilgan. Bu tuzilmalarga biriktirilganlar trevoga e‘lon qilingandan 
so‗ng mustaqil ravishda halokat sodir bo‗lgan joyga yetib keladilar va 
professional o‗t o‗chiruvchilar, mediklar, harbiylar va politsiyaiga 
yordam beradilar. 
Fuqaro mudofaasi ishlariga sarflanadigan mablag‗lar xizmatdan 
ozod qilinganlar to‗laydigan soliqlar, sug‗urta yig‗imlari va ko‗ngilli 


220 
xayriya jamg‗armalardir. Davlat esa fuqaro mudofaasi quyi tuzilmalarini 
xarajatini bir qismini qoplaydi. 
Qutqaruvchilar hayoti va sog‗lig‗ini sug‗urta qilish tizimi keng 
rivojlangan. 
Qonun hujjatlarida u yoki bu tovar ishlab chiqaruvchi firmalar yoki 
oldi-sotdi bilan shug‗ullanuvchi firmalar tomonidan zahiralar to‗plash 
ko‗zda tutilgan. 
Shveytsariyada FM boshqarish tizimida federal organlar asosiy 
hisoblanib ular FM sohasida siyosiy qarorlar ishlab chiqish, tadbirlarni 
muvofiqlashtirish, boshqaruvning yuqori va o‗rta zveno mutaxassislarini 
qidirish, yollash va o‗qitish bilan shug‗ullanadilar. 
Kommunallar sektorlar, kvartiralar va hovlilarga bo‗linadi, 
ularning har birida saylab qo‗yilgan ko‗ngilli boshliqlar bor. 
Shveytsariyada ommaviy oldindan o‗tkaziladigan evakuatsiya 
tadbirlaridan voz kechilgan. Mamlakat aholisining barchasi pana joylar 
bilan ta‘minlangan. Mamlakatda FM mutaxassislarini tayyorlash va 
aholini o‗qitishning samarali tizimi tashkil etilgan. Mamlakatda qonun 
hujjatlari majmui (fuqaro muhofazasi to‗g‗risida, FM inshshotlari 
to‗g‗risida va boshqalar) qabul qilingan. 
Germaniyada aholi va hududlarni tabiiy, texnogen xususiyatli FV 
lardan muhofaza qilish muammolarini hal etish Ichki ishlar vazirligiga 
yuklatilgan. IIV qoshida doimiy FM shtabi tashkil etilgan. 
IIV qoshida doimiy harakatda bo‗lmagan harakatlar oqibatlarini 
tugatish bo‗yicha shtab va ommaviy qirg‗in qurollaridan aholini 
muhofaza qilishni tashkil etish komissiyalari tuzilgan. Shtab va 
komissiyalar faqat zarurat tug‗ilgandagina asosan FV sodir bo‗lgan 
joyning rahbarlari iltimosiga ko‗rilishga kirishadi. 
IIV tomonidan halokat va tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning 
namunali rejasi ishlab chiqilgan. Bu reja asosida rayon boshqaruvi 
organlari, federal yerlar hukumatlari FV sodir bo‗lganda muhofazaning 
umumiy rejasini ishlab chiqadilar. 
Germaniyada tinchlik davridagi halokatlar va tabiiy ofatlardan 
muhofaza masalalari federal yerlar mas‘uliyatiga kiradi va ular halokat, 
tabiiy ofatlar ro‗y berganda muhofaza to‗g‗risida o‗zining xususiy 
qonuniga ega. 
Federal qonundan kelib chiqib federal yerlar halokat sodir 
bo‗lganda yordam ko‗rsatish uchun boshqa federal yerlar va 
federatsiyalar, chegara qo‗shinlari va bundesver kuchlarini jalb qilishi 
mumkin. Tinchlik va urush davrida FV lardan aholi va hududlarni 


221 
muhofaza qilish masalalari ni hal etish uchun mo‗ljallangan asosiy 
xizmat-halokatlardan muhofaza qilish xizmatidir. Uning tarkibiga o‗t 
uchirish, sanitariya tuzilmalar va texnik yordam ko‗rsatish federal 
boshqarmasi kiradi. Ularning faoliyati, jihozlanishi, o‗qitish, bino va 
inshootlarni ekspluatatsiya qilish federal byudjet hisobidan mablag‗ 
bilan ta‘minlanadi. 
Germaniyadagi FMni asosiy tadbirlari «fuqarolarni muhofaza qi 
lish maqsadida himoya inshootlari qurish to‗g‗risida» (1967) gi qonunlar 
talablariga mos ravishda amalga oshiriladi. 1980 yili «Germaniya 
federativ respublikasi aholisini muhofaza qilish to‗g‗risida» gi qonun 
qabul qilingan. 
Italiyada maxsus tashkiliy tizim fuqaro muhofazasi milliy xizmati 
(FMMX) tashkil etilgan. FMMX faoliyatiga umumiy rahbarlik va 
muvofiqlashtirishni FM ni muvofiqlashtirish vaziri FM vazirligi orqali 
amalga oshiradi.Vazirlik qoshidagi FM tezkor qo‗mitasi FM ga yagona 
rahbar likni ta‘minlaydi va uning barcha xizmatlari faoliyatini 
muvofiqlashtiradi. Uning tarkibiga hukumat organlari yuqori zveno 
rahbariyatining vakillari kiradilar. Bundan tashqari Italiya hukumati 
tomonidan fuqaro muhofazasi millliy kengashi ta‘sis etilgan. Uning 
vazifasi FMMXning turli dastur rejalari ko‗rsatkichlari va me‘yorlarini 
aniqlashdan iborat. 
Viloyat darajasida FM ga rahbarlikni komissar, mahalliy darajada 
esa viloyat va kommunallarda tegishli prefekt yoki mer amalga oshiradi. 
Italiya FMMX kuch va vositalari tarkibiga muhofaza qilish milliy 
korpusi, qurolli kuchlar bo‗linmalari, politsiya, o‗rmonlarni muhofaza 
qilish davlat korpusi, alp xizmati milliy korpuslari, gidrografik dengiz 
xizmatlari, ilmiy-tadqiqot gruppalari va muassasalari, Italiya qizil xoch 
milliy sanitar xizmati tashkilotlari va ko‗ngililar kiradi. 
Italiyada aholi va hududlarni, ob‘ektlarni muhofaza qilish «Italiya 
FM milliy xizmatini ta‘sis etish to‗g‗risda» gi (1990 yil) qonun talablari 
asosida amalga oshiradi. Qonunda bu xizmat organlarining vazifalari, 
tashkiliy tizimi va vakolatlari to‗la bayon etib berilgan, FMMX 
kuchlarining tez ishga kirishuvchi tarkibi aniqlangan, bu tizimga 
yuklatilgan vazifalar ijrosini tashkil etish va mansabdor shaxslarning FV 
sodir bo‗lgandagi harakatlari tartibi belgilangan. Bundan tashqari 
FMMX oldiga qo‗yilgan vazifalarni hal etishda jalb qilinadigan 
ko‗ngillilar, xizmatlar, tashkilotlar faoliyatini moliyalash tartiblari bayon 
etilgan. 


222 
Fransiyada aholi hududlarni FV lardan muhofaza qilish tizimiga 
umumiy rahbarlikni ichki ishlar vazirligi FM departamenti orqali amalga 
oshiradilar. 
Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvchining 
barcha darajalarida FMning boshqaruv organlari tashkil etilgan. 
Mahalliy va mintaqaviy darajalarda FM ga rahbarlikni tegishli 
ma‘muriyat boshlig‗i (prefekt yoki mer) amalga oshiradi. 
FM masalalari bilan FM ni milliy kengashi shug‗ullanadi. U 30 
dan ortiq hukumat, professional va boshqa tashkilotlarni 200 
parlamentariy va bir qator minta qaviy darajadagi yetakchi lavozimdagi 
shaxslardan iborat oliy majlisni o‗z ichiga oladi. 
Fransiyada qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirishning markazlash 
magan shakli qabul qilingan. Har bir departament va yirik aholi punkti 
tabiiy ofat, avariya oqibatlarini tugatish uchun kuch va vositalarning 
maxsus tizimiga ega. 
Halokat haqidagi xabar avval politsiyaga, so‗ngra perefekturani 
xizmatlarini tashkil etish va yordam berish bo‗yicha markaziy 
kengashiga kelib tushadi. Halokat sodir bo‗lgan joyga halokat 
o‗lchamlarini aniq lash, qutqarish va evakuatsiya tadbirlarini o‗tkazish 
uchun otryad yuboriladi. So‗ngra halokat zonasiga o‗t o‘chiruvchilar, 
toksikologik va boshqa brigadalar, shuningdek tibbiy bo‗linmalar yetib, 
kelishadi. Bu tibiy bo‗linmalar 1956 yilda tashkil etilgan tibbiy xizmat – 
SAMU tomoni dan shakllantiriladi. 
SAMU asosiy funksiyalardan biri departament doirasida turli 
qutqaruv xizmatlarining tibbiy yordam barcha turlari bo‗yicha 
faoliyatini 
muvofiqlashtirishdan, 
chaqiriqlarni 
qabul 
qilish 
va 
shikastlanganlarni yordam markazlariga taqsimlashdan iborat. 
FVda jabrlanganlarga tezkor yordam berish tizimida ko‗ngilli 
qutqaruvchilar tuzilmalari muhim rol uynaydi. 
1964 yili Fransida 6-24 soat ichida safarbarlikka va halokat sodir 
bo‗lgan joyga avariya-desant yo‗li bilan tushiriladigan, avtonom holda 
faoliyat ko‗rsata oluvchi va barcha anjomlar bilan jihozlangan tez ishga 
kirishuvchi harbiy-muni tsilial otryad (EMMIR) tashkil etilgan. EMMIR 
modul tizimga ega, bu unga zarurat tug‗ilganda o‗z mutaxassisligini 
o‘zgartirish imkoniyatini beradi. 
1974 yildan boshlab maxsus fuqaro xavsizligi o‗quv bo‗linmasi 
(WSC) faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. U 50 kishilik tezkor va texnik 
guruhlardan iborat bo‗lib, sutka davomida avtonom holda ishlay 
oladigan tez ishga kirishuvchi desant otryadlarini tayyorlaydi. 


223 
Korxona, muassasalar, jamoat birlashmalarida FV larning oldini 
olish tugatish sohasidagi faoliyat 1957 yilda qabul qilingan fuqaro 
mudofaasi to‗g‗risidagi qonun asosida amalga oshiriladi. Fransiyada FM 
xarajatlari byudjetning 5% ni tashkil etadi.
Mustaqil davlatlar hamdo‗stligi mamlakatlarida ham aholi va 
hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimining o‗ziga 
xos xususiyatlari mavjud. 
Rossiyada aholi hududlarni FV muhofaza qilish ishlari 1991 yili 
RSFER hukumati qarori bilan Rossiya qutqaruvchilar korpusi tuzilishi 
bilan boshlandi.1994 yil yanvarda FM, FV va tabiiy ofatlar oqibatini 
tugatish ishlari bo‗yicha vazirlik tashkil etildi. Federal va mahalliy 
organlar harakatlarini, ularni kuch va vositalarni birlashtirish maqsadida 
1992 yil FV oldini olish va ogohlantirish Rossiya tizimi tuzildi. Shu yili 
iyul oyida FM va FV qidiruv-qutqaruv xizmati va Davlat markaziy 
aeromobil otryadi tashkil etildi. Rossiyada mutaxassislarni tayyorlash va 
malakasini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Konsepsiya uzluksiz, 
ko‗p bosqichli, kompleksli va ko‗p rejali asosida o‗qitishni ko‗zda tuta- 
di. 
Rossiya tezkor tibbiy xizmati (SEMP) - markazlashtirilgan umum 
davlat xizmati bo‗lib, FV oldini olish va harakat qilish umumdavlat 
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. U hududiy tamoyil asosida tashkil 
etilgan. SEMP ning asosini shikastlanganlarga tezkor tibbiy yordam 
ko‗rsatish markazlari, ixtisoslashtirilgan tibbiy va doimiy shay holatda 
turuvchi brigadalar, shu jumladan idoraviy sog‗liqni saqlash tuzilmalar 
tashkil etadi. Rossiya hozirda FM va RFVT bilan integratsiyalash yo‗li 
bilan rivojlantirish, ya‘ni Rossiya fuqaro muhofazasi tizimini (RFMT) 
tashkil etish bo‗sag‗asida turibti. 
Buning sabablari: 
1) 
yadro hukmronligi potensialini kamayishi kimyoviy qurollar- 
ning taqiqlanishi va yo‗q qilinishi. 
2) 
terrorizm avj olayotgan turli harbiy nizolar kelib chiqayotgan, 
xavf kuchli ob‘ektlarga zarba berilayotgan, tabiiy va texnogen FV soni 
va ko‗lami oshib ketgan bir vaqtda RFVT kuch va vositalariga ham FM 
kuch va vositalariga ham doimiy ehtiyoj sezilib qoldi. 
3) 
mamlakat boshidan kechirayotgan qiyinchilik sharoitida bu 
birlashgan tizimni yaratish, uning ushlab turishga ketadigan sarf-
xarajatlarini kamaytiradi va bu tizim potensialini yuqori darajaga 
ko‗tarishga imkon beradi. 


224 
Rossiya Davlat Dumasi bir qator federal qonunlar qabul qilgan: 
«Xavfsizlik to‗g‗risida» (1992 y.); «Aholi va hudularni tabiiy va 
texnogen xususiyatli FV dan muhofaza qilish to‗g‗risida» (1994 y.); 
«Aholi ning radiatsiyaviy xavfsizligi to‗g‗risida» (1994 y.); «Avariya-
qutqaruv xizmatlari va qutqaruvchilar statusi to‗g‗risida» (1996 y.); 
«Gidrotexnik inshootlari xavfsizligi to‗g‗risida» (1997 y.).
Shuningdek, Rossiya federatsiyasi milliy xavfsizligi (1997 y.) 
qabul qilingan, Rossiya prezidentining «Rossiya federatsiyasi fuqaro 
mudo faasi» farmoni e‘lon qilindi. 
Rossiya hukumati 
ishlab chiqarish obyektlari xavfsizligi 
deklaratsiyasi to‗g‗risidagi nizomni tasdiqladi. Hukumat tomonidan 
«Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tugatish yagona vazifalardan 
muhofaza qilish sohasida tayyorlash tartibi to‗g‗risida», «Tinchlik va 
harbiy davr dagi favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish uchun 
radio va televizion stansiyalaridan foydalanish tartibi to‗g‗risida» kabi 
qarorlar qabul qilindi. 
Belorussiya Respublikasi Prezidenti 1998 yilning 11 sentyabrida 
FVV ni qayta tiklash to‗g‗risidagi farmonga imzo chekdi. Bunga ko‗ra 
ichki ishlar vazirligidan harbiylashtirilgan yong‗in xizmati (XYOX) 
ajratib olindi va u FVV negizi bo‗lib qoldi. Unga oldin tashkil etilgan 
Chernobil AESI halokati muammolari bo‗yicha qo‗mita, sanoatda va 
yadro energetikasida ishlarni xavfsiz olib borishni nazorat qilish 
qo‗mitasi, Minsk shahar harbiylashtirilgan yong‗in qismi boshqarmasi 
va Belorussiya XYOX ning to‗la tarkibi qo‗shildi. 
1999 yil 11 yanvarda FVV haqidagi Nizom tasdiqlanib, Favqulod 
da vaziyatlar vaziri tayinlandi. 
Har bir qishloqda ikki kishidan iborat qutqaruv postlari tashkil 
etildi. Navbatchilik qiluvchilar mahalliy joyni, aholini, bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan FV ni yaxshi biladi va ular faqatgina olovda birinchi yordam 
ko‗rsatishi ham zarur. 
FVV ning asosiy vazifasi kadrlar tayyorlash va FV bo‗yicha o‗quv 
poligonlari tashkil etishdir.

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish