O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Fuqaro muhofazasida xalqaro hamkorlik



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

2.11. Fuqaro muhofazasida xalqaro hamkorlik. 
 
Xorijiy mamlakatlarda fuqaro muhofazasi tizimi xususiyatlari va 
faoliyatlari. 


215 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida halokatlar sodir bo‗lganda 1979 yili 
AQSh prezidentining buyrug‗i bilan tashkil etilgan favqulodda 
sharoitlarda harakat qilish federal agentligi (FEMA) alohida rol 
o‘ynaydi. FEMA ning asosiy vazifalari: 
1) 
Iqtisodiyotni umumdavlat miqyosida urushga tayyorlashda, 
shuningdek FV sodir bo‗lganda aholi faoliyatining xavfsizligini ta‘min 
lash masalalari bo‗yicha davlat, shtatlar va mahalliy hokimiyat 
organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish. 
2) 
Aholini o‗qitishga va boshqaruv organlarining shaxsiy tarkibini 
tayyorlash; 
3) 
Aholini va hudularni FV dan muhofaza qilish sohasida sug‗urta 
faoliyatini tashkil etish va FV ning salbiy oqibatlaridan jabrlangan 
shaxslarga keltirilgan zararning o‗rnini qoplash; 
4) FV da sodir bo‗lganda uning oldini olish, xabar berish tizimini 
tarkibiy qismlar ishini birlashtirish va muvofiqlashtirish hamda FV 
salbiy oqibatlarini tugatish bo‗yicha boshqaruvni takshil etish.
FEMA bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlarini o‗tkazish, 
terrorizmga qarshi kurashish masalalarini hal etish, favqulodda holat yuz 
berganda ommaviy axborot elektron vositalarini ishlatilishi ustidan nazo 
rat qilish, mamlakat qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilish ham 
yuklatilgan. 
FEMA boshqaruv (favqulodda vaziyatlar harakat qilish federal 
boshqarmasi) va funksional (federal sug‗urta boshqarmasi va boshqalar) 
bo‗linmalardan iborat. 
FV da sodir bo‗lganda ijroiya hokimiyati boshlig‗i (shahar, shtat, 
okrug) FV haqidagi axborotni tezkor favqulodda markazlarni ishga 
soladi. Mintaqa miqyosida 26 federal idora va muassasalar vakillaridan 
iborat favqulodda ishga kirishuvchi guruh tuziladi hamda federal 
koordinator tayinlanadi. Federal koordinator Prezident vakili hisoblanib, 
FV rayonida dala shtabiga boshchilik qiladi. 
FVlarda harakatni ta‘minlash 12 ta yo‗nalish bo‗yicha olib 
boriladi. Bu yo‗nalisharning har biriga tegishli idora yoki muassasa 
javob beradi. Jumladan transport ta‘minoti (tranport vazirligi), aloqa 
(milliy aloqa tizimi), kommunal ishlar va qurilish (muhandislik 
qo‗shinlari, mudofaa vazirligi va h.k.). 
FEMA boshlig‗i bir vaqtning o‗zida VF da harakat qilish 
komissiya raisi hisoblanadi. Komissiya tarkibi milliy xavfsizlik, ichki 
siyosat, hukumatlararo masalalar bo‗yicha Prezident yordamchilari, 
ma‘muriy-byudjet 
boshqarmasi 
direktori 
kiradilar. 
Komissiya 


216 
Prezidentga FM mudofaasi sohasida ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishda 
yordam beradi. 
FEMA o‗z faoliyatida milliy meteoxizmat (xabar berish, bashorat 
lash), sog‗liqni saqlash vazirligi (tibbiy ta‘minot, FV da gospitallardan 
foydalanish), Qizil xoch jamiyati (jabrlanganlarga turar joy, kiyim, 
oziq-ovqat, dori-darmon bilan ko‗maklashish), avtomobil yo‗llari bosh 
qarmasi (avtomobil yo‗llaririni ta‘minlash va tiklash), savdo vazirligi 
(zararni baholash, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarni aniqlash), 
qishloq xo‗jaligi vazirligi (qishloq joylarda aholi muhofazasi) bilan 
o‗zaro hamkorlikni amalga oshiradi. 
FEMA rahbarligi ostida ko‗p sonli mashg‗ulotlar, anjumanlar va 
ko‗rgazmalar o‗tkazildi. Amaldagi qonun xujjatlariga asosan FEMA 
davlat organlaridan majburiy o‗quv mashg‗ulotlari va trenirovkalar 
o‗tkazilishni talab qiladi. Bu talablarni bajarmagan ishlarga federal 
byudjet tomonidan FV larga ajratiladigan mablag‗lar berilmaydi. FEMA 
tomonidan o‗tkaziladigan tadbirlarga ajratiladigan mablag‗lar miqdori 
oxirgi yillarda 100 mln dollarni tashkil etmoqda. Undagi doimiy band 
xodimlar soni 10 ming kishini tashkil etdi. 
FEMAni tashkil etishdagi muhim xususiyatlaridan uning o‗z kuch 
va vositalariga ega emasligidir. FV sodir bo‗lganda FEMA ga ixtiyoriy 
kuch, vosita va resurslarni, jumladan milliy gvardiya, AQSh 
muhandislar korpusi, yong‗indan muhofaza qilish brigadalari, tibbiy 
xizmatlar, qurilish tashkilotlari, politsiya, jamoa va boshqa 
tashkilotlarni jalb etish huquqi berilgan. 
FEMA doirasida quyidagi tizimlar tashkil etilgan: 
- FV da keraklashtirish boshqarish; (NEMS); 
- xabar berish va ogohlantirish (NAVAS); 
- halokatlar tibbiyoti milliy tizimi (NDMS); 
NEMS tizimi FVda federal, shtatlar milliy miqyoslarda harakat lari 
tashkil etishda axborotlarni yig‗ishi, qayta ishlash, taqsimlash uchun 
mo‗ljallangan. 
NAVAS ogohlantirish xabarlarni aloqa tarmoqlarida, jumladan 
radio va televedeniye orqali tarqalishni ta‘minlaydi. 
AQShda FV larda tibbiy yordam ko‗rsatish halokatlar tibbiyoti 
milliy tizimi (NDMS) doirasida amalga oshiriladi. NDMS faoliyatiga 
javobgarlik sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot vazirligi hamda 
mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatilgan. NDMS tashkiliy evakuatsiya, 
sanitar-gigienik va tibbiy tadbirlarni rejalashtirish, ixtisoslashtirilgan 


217 
tibbiy yordam otryadlarini tashkil etish va halokat sodir bo‗lganda 
shikastlanganlarni gospitallarga taqsimlash ishlari bilan shug‗ullanadi. 
NDMS regional markazlar ishiga yirik ko‗lamdagi halokatlar sodir 
bo‗lgandagina qo‗shilishadi. AQSh da Tez yordam haqidagi qonunga 
asosan 340 tadan oshiq regional markazlar tashkil etilgan. 
AQSh favqulodda tez ishga kirishish tizimida turli xil halokatlarda 
harakat qilishga tayyorgarlikdan o‗tgan ixtisoslashtirilgan tuzilmalar faol 
ish olib boradilar. Bunday komandalardan 6 tasi 1978 yilda «Hazard 
materials» (HAZMAT) dasturi doirasida tashkil etilgan edi. Komanda 7 
ta o‗t o‗chiruvchi, 2 ta paramedik va 2 ta politsiyachidan iborat. 
Komandaning barcha a‘zolari 120 soatlik maxsus tayyorgar likdan 
o‗tgan. HAZMAT aloqa markazi, kompyuter, radiotelefon harakatdagi 
komanda punktiga ega. 
NDMS tizimi Prezidentining qarori, sog‗liqni saqlash va ijtimoiy 
ta‘minot vazirligi hamda, agar ommaviy shikstlanish milliy xavsizlik 
bilan bog‗liq bo‗lsa mudofaa vazirligi orqali ishga kirishiladi. 
AQShda muhofaza ishlari fuqaro mudofaasi to‗g‗risidagi (1960 y) 
qonun asosida amalga oshiriladi. AQShda qabul qilingan qonunlar 
o‗zlarining aniqligi bilan ajralib turadi. Buni Robert T.Siaffordning 
«Halokat larda va FV larda yordam ko‗rsatish to‗g‗risida» gi (1988 yil) 
federal qonuni misolida yaqqol ko‗rish mumkin. Qonunda AQSh 
prezidenti, shtatlar gubernatorlari, mahalliy ma‘muriyat, ijro etuvchi 
hokimiyat federal organlari (vazirlik, idora, muassasa va boshqa) va 
xususiy foyda keltirmaydigan (komunnal, avariya, tibbiy va boshqalar) 
tashkilotlar vakolatlari to‗liq bayon etilgan. 
Yirik ko‗lamdagi halokat yoki FV sodir bo‗lgan rayondagi 
boshqaruv organlari kuch va vositalari harakatini muvofiqlashtirish 
maqsadida qonun Prezidentga zarar ko‗rgan shtatga tezkor yordam 
berish uchun mas‘ul shaxs (federal koordinator) tayinlash huquqini 
beradi. Zarar ko‗rgan shtat gubernatori o‗ziga bo‘ysunuvchi kuch va 
vositalari harakati bilan muvofiqlashtirish maqsadida o‗zining vakilini 
tayinlaydi. 
Shunday 
qilib, 
Robert 
T.Stafford 
qonuni 
AQSh 
Prezidentining va federal hukumatining shtatlar ma‘muriyati va mahalliy 
hokimiyat organlariga doimiy va uzluksiz yordamni ta‘minlovchi 
harakatdagi qonun hisoblanadi. Shunga qarmasdan zarar ko‗rgan shtatlar 
hokimiyat organlariga FV larni tugatishda yordam faqatgina mahalliy 
hokimiyatning o‗z resurlari yetarli bo‗lmagan xoldagina ko‗rsatiladi. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish