O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/153
Sana27.01.2023
Hajmi5,59 Mb.
#904090
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153
Bog'liq
c086c6db19fa6204fac524bef9ab0327 FUQARO MUHOFAZASI

 
Nazorat uchun savollar:
1.
AQSh da FV dan muhofaza qilish tizimini tavsiflang? 
2.
AQSh dagi FEMA agentligini vazifalari nimadan iborat? 
3.
FEMA doirasida tashkil etiladigan tizimlar vazifalarini izoh 
lang?
4.
NATO doirasidagi FM ishlari nimadan iborat. 
5.
O‗zbekiston FVV qaysi davlatlar bilan o‗zaro aloqalarni amalga 
oshiryaptilar? 
6.
NEMS, NAVAS, NDMS deganda nima tushiniladi? 
7.
―Fokus‖ tashkiloti haqida nima bilasiz? 
8.
FM qanaqa xalqaro hamkorliklar mavjud? 
9.
Finlyandiyadagi FV dan muhofaza etish tizimi xususiyatlarini 
izohlang? 
10.
Shveytsariya,Germaniya davlatlaridagi FM tizimi faoliyatini 
tushuntiring
 
 
 
 
 


228 
III-BOB.YONG‟IN XAVFSIZLIGI 
 
3.1. Yong„in haqida umumiy tushunchalar va uning inson 
hayotiga xavfi. 
Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o‗zaro ta‘siri 
natijasida juda tez kechuvchi va ko‗p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi 
kimyoviy reaksiyaga 
yonish
deyiladi. Ko‗p hollarda yonish yonuvchi 
modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong‗in hosil 
bo‗lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki 
gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda 
vazifasini havoda gi kislorod o‗tashi mumkin) va yondiruvchi manba 
(uchqun, ochiq alanga va cho‗g‗langan narsa) mavjud bo‗lishi kerak. 
Shuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15%dan yuqori 
bo‗lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past 
konsentratsiyada esa yonish sodir bo‗lmaydi. Bundan tashqari, 
oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va 
boshqa moddalar ham o‗tashi mumkin. 
Xavfliligi bo‗yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga 
bo‗lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi 
mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. 
Yonmaydigan
modda va ashyolarning yonish yoki yong‗inni 
uzatish xususiyatlari yo‗q. Masalan, g‗isht, metall, beton va boshqalar. 
Yonish xavfi mavjud
modda va ashyolar havoda yonish va 
yong‗inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog‗och, qog‗oz, 
paxta tolasi, mazut, portlash xossasiga ega bo‗lmagan changlar. 
Yonish va portlash xavfi mavjud
modda va ashyolar, qattiq yoki 
suyuq yonuvchi moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish 
xossasiga ega. Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va 
boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda o‗zidan 
kislorod ajratib chiqaruvchi, kislota ta‘sirida, qizdirilganda yoki 
mexaniq ta‘sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta changi 
bilan selitra aralashganda shu hol ro‗y berishi mumkin. Shu bilan birga 
havoda tarqalgan holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar 
ham bunga mansubdir. Masalan, lub va kanop tolalari changlari. Yonish 
va portlash xavfi mavjud moddalarga o‗zi yonmaydigan, lekin suv bilan 
aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiquvchi va bu gaz havo bilan 
birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi 
(kalsiy karbid). 


229 
Portlovchi narsa va moddalar
havo bilan aralashib, portlovchi 
birikmalar (yo nuvchi gaz, vodorod, atsetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi 
mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan aralashganda portlash xavfini 
vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi 
gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda 
yonmaydigan va yonishni ta‘minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham 
bo‗lishi mumkin. Masalan, ballonlarda siqilgan holda saqlanuvchi 
karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek, havo bilan 
aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va 
boshqa moddalar kukunlari) kiradi. 
Yong‗in va portlashlar xavfi bo‗yicha materiallar tavsifi, yonish 
fazalari. 
Yonish faqat ma‘lum harorat sharoitidagina mavjud bo‗lishi 
mumkin. Barcha yonuvchi moddalarning tarkibida uglerod va vodorod 
mavjud. Issiqlik ta‘siri ostida yonuvchi moddalar parchalanib yuqoridagi 
gazlar ajralib chiqqach, havodagi kislorod bilan birikib alanga hosil 
qiladi. Yonish fazalarining quyidagi xillari aniqlangan. 

Download 5,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish