3
KIRISH
Bugungi kunda ko`plab rivojlangan va jaxon iqtisodiyotida yetakchi o`rin
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so`zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka
erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil islox
etish, tarkibiy jixatdan o`zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining
jadal rivojlanishini ta`minlash, faoliyat yuritayotgan quvvatlarni modernizatsiya
qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan
amalga oshirilishi
mumkin.
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo’llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga,
ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy
etish O’zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab
chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Harakatlar strategiyasida eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab
chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika
infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda
xorijiy investorlar uchun
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini
rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilgan.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani
islohotlarni mamlakatimizning jaxon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish
yo’lida tez va sifatli ilgarilanishini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi tushunchalar
bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va iqtisodiyot tarmoqlarining turli
jabhalarida
mustahkam
o`rnashib
olmoqda.
Rivojlangan
mamlakatlarda
korxonalarning raqobatdoshliligini oshirishda, bozorda mavqeini mustahkamlashda
va xaridorgir maxsulot ishlab chiqarishda innovatsiyalar muhim omillardan biri
hisoblanadi.Innovatsion
faoliyat
-
bu
ishlab
chiqarishda
yangi
yoki
takomillashtirilgan maxsulot turini o`zlashtirish, yangi
yoki takomillashtirilgan
texnologik jarayonni amaliyotga joriy etish, iste`molchilar uchun yoki maxsulot
raqobatdoshliligini oshiruvchi yanada sifatli tarkibga ega bo`lgan maxsulotlar ishlab
chiqarish jarayonidir. Innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmi u yoki bu
sub`ektning innovatsion rivojlanish maqsadi yo`nalishidan kelib chiqib, o`zida turli
usul va vositalar yig’indisini mujassamlashtiradi. Innovatsion sohadagi boshqaruv
qarorlarining natijaviy tayyor maxsulotga aylanishini ta`minlovchi
samarali
mexanizmni ishlab chiqish milliy korxonalarimizning bugungi kundagi dolzarb
masalalaridan biridir.
Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan
iborat bo’ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan
4
bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan
o’zgarish - innovatsiya paydo bo’ladi. Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab
bo’lib, ularning rivojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun
yangilik kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanuvchi
mutaxassislar innovatsion menejerlar talab etiladi.Chunki bozor iqtisodiyoti rahbarlar
va mutaxassislarga jiddiy talablar qo’yadi. Bu talablar tashkilotlarni rivojlantirishning
samarali strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zaruruyati bilan bog’liq
bo’lib, bunday muammolarni faqatgina boshqaruv munosabatlarini tushunuvchi
mutaxassislargina hal qilishadi.
"Kadrlari menejmenti" ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanayotgan bo’lajak
mutaxassislar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda innovatsion menejment tizimini
tashkil etish va rivojlantirish, unga ta’sir etuvchi
omillarni aniq baholay olish,
innovatsion menejment tizimining boshqa tizimlar bilan o’zaro aloqasini ta’minlash,
innovatsion loyihalarni tuzish va amalga oshirish, xodimlar tomonidan
innovatsiyalarning qo’llab-quvvatlanishiga erishish va boshqa shu kabilarni
o’rganishda “Innovatsion menejment” fanining ahamiyati kattadir.
“Innovatsion menejment” fanining maqsadi talabalarga innovasion faoliyat
tajribalari, yangiliklar, ixtirolarni boshqarish haqida tushuncha berib, ishlab chiqarish
kollektivi boshqarishning obyekti va subyekti sifatida, rahbar mehnat jamoasining
asosiy
boshqaruvchisi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat jamoalarining
boshqarishda
mehnatkashlarning
o’z-o’zini
boshqarishdagi
innovasion
munosabatlari, hozirgi davrda innovasiyalarni moddiy rag’batlashtirishning
aspektlari,
mehnat
jamoasida
innovasion
iqlimni
boshqarish,
innovasion
menejmentning chet el tajribasini o’rgatishdan iborat.
Bugungi yangi xo’jalik sharoitida yangiliklar (innovasiyalar) ni boshqarish
aspektlari, boshqaruv tizimida innovasiyalarni prognozlash va rejalashtirish,
innovasion boshqaruvda qarorlarni ishlab chiqish va tadbiq etish usullari, innovasion
boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash, innovasion boshqaruvda ilmiy
tadqiqotlarning roli, kapitalistik jamiyatda innovasion boshqaruvning nazariyasi va
boshqalarni talabalarga o’rgatish “Innovatsion menejment” fanining asosiy vazifasi
hisoblanadi.
Ushbu o’quv qo’llanma Davlat oliy ta’lim standarti
talablariga muvofiq
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida “Innovatsion menejment” fani bo’yicha
ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan 2015 yil 8 iyulda tasdiqlangan va 2015 yil 1 iyulda № BD 5230200-2.10
bilan ro’yxatga olingan O’quv fan dasturiga muvofiq tayyorlangan “Kadrlar
menejmenti” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga muvofiq “Innovatsion menejment” fani
shu yo’nalaishdagi 2 kurs talabalari uchun 1Y semestrida 34 soat ma’ruza va 34 soat
amaliy mashg’ulotlar shaklida o’tiladi.
O’quv qo’llanmada innovatsion menejmentning nazariy asoslari va xorij
tajribasi, innovatsiyalarni boshqarishning ilmiy asoslari, tashkilot xodimlarini
boshqarish, investitsion loyihalarni baholash va innovatsion jarayon vositalari
tavsiflangan fundamental va amaliy tadqiqotlar ish dasturlarini tayyorlash
shuningdek, innovatsion faoliyat dasturini shakllantirish hamda innovatsion
5
loyihalarga talablari bayon etilgan.Har bir mavzu so’ngida
nazorat va muhokama
uchun savollar berilgan.
“Innovatsion
menejment”
fani
boshqaruvchi-mutaxassislar
bilimini
shakllantiruvchi bazaviy fanlardan biri hisoblanadi va “Menejment”, “Iqtisodiy
nazariya”, “Marketing”, “Mikroiqtisodiyot”, “Tadbirkorlik asoslari” kabi
umumiqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi.
Mеnеjmеnt mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish,
muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mеhnat sarmoyalar va boshqalar kabi
rеsurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. Shunday nuqtai nazar asosida
innovatsion mеnеjmеnt – bu innovatsion faoliyat,
uning rеsurslari, yangiliklarini
ishlab chiqish va tadbiq etishda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili
sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok
etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: