Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Taʼlim jarayonini boshqarish bosqichlari



Download 10,96 Mb.
bet57/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Taʼlim jarayonini boshqarish bosqichlari

Zamonaviy pedagogikada taʼlim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining maʼlum bosqichida taʼlimiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida eʼtirof etilgan nazariy va metodologik koʼrsatmalar toʼplami boʼlib, u taʼlimning kontseptual modeli sifatida qoʼllaniladi. Аyni vaqtda taʼlimning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:


1. Аnʼanaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga koʼra taʼlimning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin boʼlmasin bilim olish”. Yaʼni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, koʼnikma va malakalar, ilgʼor gʼoyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan gʼoya ilgari suriladi.
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida taʼlim mazmuni emas, balki oʼquvchilar tomonidan turli bilimlarni oʼzlashtirilishini taʼminlovchi samarali usullari yotadi. Taʼlim muassasalarining vazifasi oʼquvchilarda maʼnaviy-axloqiy meʼyorlar, ijtimoiy talablar va koʼzlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat.
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmagakoʼrataʼlim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subʼekti sifatida oʼziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Taʼlimning fenomenologik (fenomen yunoncha “phainomenon” – hisoblangan, yaʼni, mashhur, alohida nodir odam) modeli oʼquvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda boʼlishni koʼzda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir taʼlim tizimi ijodiy rivojlanadi va oʼquvchi hamda oʼqituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi. Gumanistik paradigma gʼoyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz taʼlim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida oʼquvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Аyni vaqtda respublika taʼlim muassasalarida qoʼyidagi gʼoyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Аgar bolalar erkin fikrlashga oʼrganmasa, berilgan taʼlim samarasi past boʼlishi muqarrar. Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir” .
4. Ezoterik paradigma(yunoncha “esoterikos” ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va oʼzgarmas, doimiy ekanligini taʼkidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib boʼlmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini taʼkidlaydilar.
5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida taʼlim oluvchilarga “aniq” ilmiy bilimlarni berish va ularning oʼzlashtirilishini taʼminlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning oʼrganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (oʼrtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi boʼlsagina qadriyat sifatida eʼtirof etiladi degan gʼoya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
6. Noinstitutsional paradigmataʼlimni ijtimoiy institutlar, yaʼni, maktab va oliy taʼlim muassasalaridan tashqarida tashkil etish gʼoyasini ilgari suradi. Bu taʼlim Internet va kompьyuterlar vositasida taʼlim dasturlariga (masofadan oʼqitish) muvofiq oʼqitishni samarali deya hisoblaydi.
Taʼlim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Taʼlim tushunchasi va mohiyati. Taʼlim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Taʼlimga ikki tomonlama aloqa (taʼlim olish va taʼlim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Taʼlim, shuningdek, oʼziga xos xususiyatlar ham ega. Taʼlim oʼqituvchi tomonidan boshqariluvchi oʼziga xos anglash jarayonidir. Oʼqituvchining yoʼnaltiruvchi sifatidagi roli oʼquvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni taʼminlovchi bilim, koʼnikma va malakalarni toʼliq oʼzlashtira olishlarida koʼrinadi.
Аleks Muur Londonning Taʼlim Universitetining xizmat koʼrsatgan professori boʼlib, 2000-yildan buyon katta maʼruzachi sifatida ishlagan. Taʼlim dasturi boʼyicha va mutaxassislar oʼqituvchi tayyorlash taʼlimi boʼyicha professor va maʼruza oʼquvchidir . Oʼqituvchi pedagog sifatida (1999 yilda noshirlar taklif qilingan paytda men London universiteti qoshidagi PGCE( Secondary Programme at Goldsmith College) kolleji boshqaruvchisi edim) men oʼsha vaqtlarda boshlangʼich maktab oʼqituvchilarini amaliyotini oshirish uchun bozorlarda malakali oʼqituvchilar maslahat va tavsiyalari asosida ishlangan juda yaxshi qoʼllanmalar borligidan xabardor edim. Shuningdek, oʼsha paytlarda kuchli qobiliyat va tanqid strukturasi asosida yozilgan adabiyotlar ham juda koʼplab topilardi.
Taʼlim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Taʼlim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, taʼlim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bogʼliq. Taʼlim oʼqituvchining oʼquvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi.Uoʼquvchilarga oʼquv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yoʼl qoʼyilgan xatolarni toʼgʼrilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta koʼrsatadi. Har qanday taʼlim oʼzida oʼqituvchi va oʼquvchining faoliyati, yaʼni, oʼqituvchining oʼrgatish hamda oʼquvchining oʼrganishga yoʼnaltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda toʼgʼridan toʼgʼri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.

Тизим (мустақил тушунча сифатида) ўзаро боғланган кўплаб элементлар (таркибий қисмлар) ўртасидаги мустаҳкам бирлик ва ўзаро яхлитликдир

Taʼlim yaxlit tizim sifatida koʼplab oʼzaro bogʼliq quyidagi elementlarni oʼz ichiga oladi: taʼlim maqsadi, oʼquv axborotlari, oʼqituvchi va oʼquvchilarning taʼlimiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, taʼlim jarayonini boshqarish usullari


Zamonaviy taʼlimda qoʼllnilgan mashgʼulotlar talaba yoki oʼquvchilar egallayotgan bilimlarni oʼzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʼrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʼzlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Oʼqituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yoʼnaltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday oʼquv jarayonida talaba yoki oʼquvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagog – olimlarning yillar davomida taʼlim tizimida Nega oʼqitamiz? Nimani oʼqitamiz? Qanday oʼqitamiz? Savollariga javob izlash bilan bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali oʼqitish mumkin? – degan savoliga ham javob qidirdilar. Taʼlim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili oʼqituvchi va oʼquvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, oʼqish jarayoni ishtirokchilarining oʼzaro munosabatlari, oʼquvchilarning idrok etish faoliyatlariga oʼqituvchining rahbarligi hisoblanadi. Oʼqituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Taʼlim muassasasida tashkil etiladigan taʼlim jarayonida oʼquvchining faoliyati oʼqituvchi rahbarligi ostida kechadi. Oʼqituvchi faoliyatining vazifasi oʼquvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yoʼnaltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir. Oʼqituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak boʼladi. Oʼqituvchi oʼquvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning oʼquv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini oʼrganib chiqishi, oʼquv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini oʼylab chiqishi kerak boʼladi.

Oʼquvchilar faoliyatini tashkil etish oʼquvchilar oldiga oʼquv masalalarini qoʼyishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat boʼladi.


Taʼlim jarayonida oʼquvchilar faoliyatini boshqarish ularni toʼgʼri yoʼnaltirishni nazarda tutadi. Nazorat qilish esa oʼquvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishini taʼminlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish taʼlim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini oʼrganish va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bujarayonlarning barchasi shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Taʼlim jarayonida oʼquvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning oʼziga xos koʼrinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish