Билим олиш борлиқни идрок этиш, ўрганиш, машқ қилиш ва муайян тажриба асосида хулқ-атвор ҳамда фаолият кўникма, малакаларининг мустаҳкамланиб, мавжуд билимларнинг такомиллашиб, бойиб бориш жараёни
Bilim olishning muhim komponenti motiv,yaʼni, taʼlimiy xarakterdagi harakat, faoliyatni tashkil etishga nisbatan ragʼbatni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
Oʼqishning keyingi komponenti oʼquv harakatlari (operatsiyalari) sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. Oʼquv harakatlari oʼquv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon boʼladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) koʼrinida boʼlishi mumkin. Tashqi oʼquv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar oʼtkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan “mnemonikon” eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.
Har qanday bilimni oʼzlashtirishda oʼquvchilardan idrok etish madaniyatiga ega boʼlish va oʼquv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda oʼquvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning maʼnosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
Bilimlarni oʼzlashtirish jarayonining tuzilishi. Oʼquvchilarning oʼquv faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni oʼzlashtirish jarayonining mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor boʼlish. Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi:
B ilimlarni egallashda oʼzlashtirilgan ilmiy maʼlumotlar bosqichma-bosqich boyib va mustahkamlanib boradi. Bu holat bilimlarni egallashning dinamik xarakterini ifodalaydi. Jarayonni sxema yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
Birinchi bosqich idroketish hisoblanadi. Idrok etish aniq maqsadga yoʼnaltirilgan anglash jarayoni boʼlib, u tanlash xususiyatiga ega. Shu bois oʼquvchilarga mavzuni, yaʼni, ularning nimani oʼrganishlari (masalani qoʼyish)ni tushuntirib berish orqali oʼquv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. Mazkur bosqich oʼquvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni oʼrganish haqida yetarlicha tasavvurga ega boʼlganida va oʼquv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich oʼquv materialini anglab yetish boʼlib, u maʼlumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialning xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar toʼplamini oʼrganib chiqishi kerak. Oʼquvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qoʼshimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajrata olishi lozim. Oʼquvchi oʼquv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar oʼrtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash boʼlib,oʼzlashtirilgan bilimlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati koʼproq mashqlar, mustaqil va ijodiy masalalar xususiyatiga ega boʼladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli mashqlarda takrorlanadi. Oʼqituvchi oʼquvchilarning topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Oʼquvchilar matnlarni mexanik koʼchirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida oʼquvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda oʼquv malakalari va koʼnikmalari shakllantirilgan boʼladi.
Toʼrtinchi bosqich bilimlarni amaliyotda qoʼllashdan iborat. Bilimlarni qoʼllash oʼrganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va koʼrinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu oʼquv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar boʼlishi mumkin.
Taʼlimning gnoseologik asoslari. Oʼquv jarayonini mantiqiy qurilishi taʼlim mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bogʼliq.
M
Гносеология (юнонча – “gnosis” (“gnoseos”) – билим, онг, ўрганиш,
Do'stlaringiz bilan baham: |