O‘qitish – insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir. Uning natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qitishda deyarli hamma vaqt uning tarbiyaviy jihatlari yaqqol bilinib turadi. Ta’lim maqsad, mazmun, pedagogning shaxsi, ta’lim oluvchilardagi o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo‘lishining eng muhim sharti uni bolaligidan o‘qitish va tarbiyalash, deb hisoblaydi.
O‘qish - bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, ta’lim oluvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch -g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
O‘qish o‘z mazmun – mohiyati jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida ta’lim oluvchilar ma’lum bilimlarni o‘zlashtiradilar. O‘qish va uning samaradorligi ta’lim oluvchining har tomonlama faolligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi va bu jihatlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular: mehnat faoliyati, jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o‘yinlarni yaxshi ko‘rishligi, o‘z kasbiga oid yangi bilimlarni egallashga o‘chligi va shu kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.
Demak, o‘qish– bu ta’lim oluvchilarning voqelikni bilish davomida ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni rejali o‘zlashtirish jarayonidir. O‘qish jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi, hatti – harakati, umumiy kamolotiga, pirovardiga esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar majmuasining shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazariy bilim – empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika – texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni ob’ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin.
Bilimlar banki – bu ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui. SHuningdek, bilimlar banki – bu izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kompyuter xotirasiga kiritilgan nazariy va amaliy ma’lumotlar to‘plami hamdir.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Ko‘nikma - bu o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat.
Ko‘nikma – ongli faoliyat (harakat) ni tez, tejamli, to‘g‘ribajarish jarayoni natijasi. U shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlabki shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy diqqat bilan bajariladi, keyingi bosqichda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avtomatlashgan harakatga aylanadi.
Ko‘nikmalar ta’lim oluvchilarda muntazam mashq qilish (takrorlash) orqali va ko‘p marta takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladi. Ana shu sababli uning ta’lim–tarbiyadagi ahamiyati beqiyos. Ma’lum vaqt takrorlanmaslik ko‘nikma darajasining pasayishiga olib keladi. U katta hajmdagi mashqlar bajarish va malaka oshirish orqali tiklanadi.
Ba’zan ko‘nikmalar shaxsga malaka hosil qiladi va uning malakali ishlashiga yordam beradi, ba’zilari, aksincha, shaxsdagi malakalik sifatiga salbiy ta’sir etadi va uni o‘zgartiradi. Bunday hol malaka va ko‘nikmalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi
Har qanday malaka ko‘nikma bo‘la oladi, lekin har qanday ko‘nikma malaka bo‘la olmaydi. Ko‘nikmalar avtomatlashgan mohiyat kasb etsagina, malaka bo‘ladi. Masalan, ta’lim oluvchining turli harakatlarini shakllarni yozish jarayoni avtomatlashgan bo‘lgani uchun ko‘nikilgan harakat bo‘lib qolgan. SHuning uchun ta’lim oluvchi harflarni chiroyli va soz yoza oladi. Bu harakat ta’lim oluvchining malakalashgan ko‘nikmalaridir. Juda ko‘p marta takrorlash tufayli ta’lim oluvchilarning harflar shakllarini yozishlar bilan bog‘liq harakatlari avtomatlashadi.
Malaka– ongli hatti – harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi hamdir. Malaka bir hatti – harakatning o‘zini bir xil sharoitlarning o‘zida ko‘p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi.
SHaxsning malakalari shu bilan harakterlanadiki, uning harakatlari oson, tez, go‘yo o‘z – o‘zidan bajarilayotgandek bo‘ladi. SHu tufayli ham bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz turli muddat va turli sifat bilan bajaradi. SHaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka shaxsning faqat shu sohadagi mehnatini osonlashtirib qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi harakatning tezligi va samarali bo‘lishigaijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turli sohalarga nisbatan bo‘lgan malakalar shaxsda birdaniga, qisqa muddatda vujudga kelmaydi. SHaxs malaka orttirishi uchun muayyan sohani tizimli ravishda takrorlab turishi talab qilinadi. Bundan tashqari,malaka muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo‘lgan nazariy va amaliy umumta’lim va kasbiy bilim hamda ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi asosida ham shakllanadi.
Malaka qanchalik puxta bo‘lsa, odam ishni shunchalik tez va to‘g‘ri bajaradi. Ko‘nikma va malakalarning umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari bor. Umumiyligi shundaki, ko‘nikma va malakalar ta’lim oluvchilarning olgan bilimlari asosida faoliyat usullarini tashkil etadi. Farqi shundaki, ta’lim oluvchilarning faoliyati har xil xarakterda bo‘ladi.
Ma’lumot –ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon
3.Ta’lim-tarbiya jarayoni va uning tarkibiy qismlari
Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. SHu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda pedagogning boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo‘yadi. Bularning barchasi pedagogning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida pedagogta’lim oluvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi. O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. SHu bilan bir paytda u ta’lim oluvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning shaxsiy fazilatlarinirivojlantiradi. Pedagogning faoliyati ta’lim oluvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. YAnada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda ta’lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. Ta’lim oluvchilarga qiyinchiliklarni engib o‘tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O‘z navbatida ta’lim oluvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, ko‘nikma malakahamda shaxsiy fazilatlarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Педагогика бола тарбиясида унинг ёш ва индивидуал (психологик) хусусиятларини ҳисобга олиб боради. Шу боис, педагогика бугунги кунда фалсафадан ажаралиб чиқиб, бир қатор фанлар Билан муносабатда бўлади. Жумладан, у психология фани билан чамбарчас боғлиқ. Кейинги вақтларда педагогика кибернетика билан боғланмоқда, буни дастурлаштирилган таълим мисолида кўриш мумкин. Шунингдек, у этнография, биология, одам анатомияси, иқтисодиёт, санъат, маданият каби фанлар билан чамбарчас боғлиқдир
Тарихийлик тамойили ҳар қандай фан ривожланишининг зарур тамойили ҳисобланади. Зеро ўтмишни ҳозирги давр билан қиёслаш фақат ҳозирги ҳодисаларнинг асосий ривожланиш босқичларини яхши кузатиб боришга ёки ўтмишнинг бебаҳо тажрибаси ҳамда эришилган ютуқлардан фойдаланишга ёрдам бериб қолмай, шу билан бирга, бу соҳада хатоларга йўл қўйишдан сақлайди ва келажакка йўналтирилган амалий таклифлар, мақсадли изланишларни амалга оширишга кўп даражада асос бўлади. Жамият ҳаётини қайта қуриш, ўсиб келаётган ёш авлодни шунингдек, ҳамма меҳнаткашлар табақаларини тарбиялашни кучайтиришни талаб этади. Бундай шароитда педагогиканинг тадқиқот соҳалари доираси кенгаяди. Ҳозирги кунда педагогикани асосий тармоклари сифатида қуйидагиларни келтириб утамиз.
Do'stlaringiz bilan baham: |