Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet27/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulqatvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Pedagogika fanining muhim metodologik muammolaridan biri bu shaxsning rivojlanishi va tarbiyasi hisoblanadi. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob’ekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bu jarayonda u turli o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirib boradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga – bo‘yining o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining, ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruhiy o‘zgarishlar esa, uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarning tarkib topishi hisoblanadi.
SHaxsning shakllanishiga uch guruh omillar ta’sir ko‘rsatadi: tarbiya, muhit,irsiyat. SHaxsning rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. SHaxsning kamolga etishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o‘zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, bola butun hayoti davomida jismoniy va ruhiy tomondan o‘zgarib boradi. Ayniqsa bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Mana shu yillarda ham jismoniy, ham psixologik jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga etadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.
Munosabatlar doirasiga kishilar orasidagi munosabat emas, balki tabiat, jamiyat, hayotga bo‘lgan munosabatlar ham kiradi. Mana shu ko‘p qirrali aloqa va munosabatlar zaminida har bir shaxs o‘z qobiliyati, qiziqishi, o‘z bilimi va uquvini namoyon qiladi, o‘z ishiga, vazifasiga, burchiga, xalqiga, Vataniga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydi. Tabiiyki, shaxsdagi bu fazilatlar faqat tarbiyaning mahsulidir.
Tarbiya —aniq maqsad asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko‘zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo‘lida tarbiyachi rahbarligida muntazam amalga oshirib boradi. Ammo, tarbiya ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Tarbiya insonning ko‘zi, sochi, terisining rangi, badanining tuzilishiga ta’sir eta olmaydi, lekin, jismoniy taraqqiyotiga ta’sir etishi mumkin. Maxsus tashkil etilgan jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Insonning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilish orqali rivojlanishi mumkin.
Ma’lumki, bola layoqatini rivojlantirish, uni qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o‘stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o‘tirib ishlash bular faqat tarbiya natijasida orttirilgan fazilatlardir.
Inson kamoloti va uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda ta’lim oluvchi faoliyatiga katta o‘rin beriladi. U faolligi bilan o‘z shaxsini shakllantira oladi. Tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan maqsad aniq bo‘lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoydil harakat qilsa, kutilgan natijaga erishiladi.
Pedagogning bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilishi, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim shartlardan biridir.
Ta’lim –ta’lim oluvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim deganda o‘qitish va o‘qish jarayonlari tushuniladi.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish