Yelementar ta’lim nazariyasi. Pestalosining yelementar talim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, axloqiy va yestetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o’qitishni o’z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu jihatlarini Pestalosi bir-biriga bog’lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga uyg’un bolib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi. Pestalosi bolaning bar-cha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishni ularni jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda o’tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi.
U inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o’sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko’rsatish, deb hisobladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib borish Pestalosining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy qoidalardan biri boldi.
Axloqiy tarbiya. Pestalosi tarbiyaning asosiy vazifasi — kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamraa jihatlari uyg’un bo’lib kamol topgan inson yetishtirishdir, deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda muttasil jalb qilish yo’li bilan uning axloqi voyaga yetkaziladi. Pestalosining fikricha, bola organizmining kundalik yehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug’ilayotgan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning yeng oddiy yelementidir. Bolaning axloqiga oilada asos solinadi. «Ota-onaning uyi, — deydi Pestalosi, — axloq maktabidir!». Bolaning onaga bolgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga ham o’tadi.
Aqliy ta’lim. Pestalosining aqliy ta’lim to’g’risidagi ta’limoti boy va mazmunli ta’limotdir. Pestalosi insonning hamma jihatlarining bir-biriga uyg’unlashib kamolga yetishi to’g’risidagi asosiy g’oyasiga tayanib, aqliy talimni axloqiy tarbiya bilan bog’lab olib borish kerakligini talab qiladi. Har qanday talim kuzatishga va tajribaga asoslanishi hamda xulosalar va umumlashmalar darajasiga ko’tarilishi lozim, deydi Pestalosi kuzatishlar natijasida bolada ko’rish, yeshitish sezgilari va boshqa sezgilar hosil bo’ladi, bu sezgilar bolada fikrlash va so’zlash yehtiyojini tug’diradi, deydi.
Odamning sezgi a’zolari yordamida tashqi dunyo to’g’risida hosil qilgan tasawu-rlari dastlab ravshan va aniq bo’lmaydi. Ta’limning vazifasi ham shundan iboratki, u mana shu tasawurlarni tartibga solishi va aniqlashi, ravshan tushunchalar darajasiga yetkazishi, «tartibsiz tasawurlarni ravshan tasawurlarga va ravshan tasawurlarni ochiq ko’rinib turgan tasawurlarga» aylantirishi kerak. Talim, birinchidan, o’quvchida o’zining sezgi a’zolari vositasi bilan hosil qilgan tajribalar asosida bilimlar zahirasini to’plashga yordam beradi, ikkinchidan, bolaning aqliy qobiliyatini o’stiradi.
Pestalosi talimni soddalashtirishga va psixologiya negiziga qurishga intilib, narsalar va buyumlar to’g’risidagi har qanday biliraning yeng oddiy yelementlari bor, odam shu yelementlarni o’zlashtira borib, o’z atrofidagi olamni bilib oladi, degan fikrga keldi. U son, shakl va so’zni mana shunday yelementlar deb hisobladi. Pestalosi o’z zamonidagi boshlang’-ich maktabda o’qitishning mazmunini tubdan o’zgartiradi, o’qitiladigan darslar qatoriga o’qish, yozish, arifmetikani va geometriyaning boshlang’ich qismlarini, o’lchash, rasm chizish, ashula, gimnastika, geografiya, tarix va tibbiyotga doir yeng zarur bilimlarni kiritdi. Shunday qilib, Pestalosi boshlang’ich maktabning o’quv rejasini ancha kengaytirdi va bu maktabda o’qitishning yangi metodikasini vujudga keltirdi. o’qitish metodikasi bolalarni bilimlar bilan boyitishga hamda ularning aqliy kuch-larini va qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |