Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet121/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

2. logann Genrix Pestalosi
Pestalosining pedagogik faoliyati. Iogann Genrix Pestalosi Shveysariyaning Syurix shahrida vrach oilasida tug’ildi. Pestalosi otadan yosh judo bo’lib, onasi hamda oddiy dehqon ayol — ularning sobiq xizmatchisi tarbiyasida o’sdi.
Pestalosi awal boshlang’ich maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm oldi. Pestalosi o’rta maktabni tamomlagach, ko’proq gumanitar fanlar o’qitiladigan oliy o’quv yurtiga - kollegiumda, uning filologiya va falsafa bo’limlarida o’qidi. Pestalosi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to’g’risida o’zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi. 1769-yilda Pestalosi o’zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo’rg’on va yer sotib oldi, bu yerga «Neygof» («yangi qo’rg’on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o’z xo’jaliklarini unumdor xo’jalikka aylantirishni o’rgatish maqsadida, bu yerda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo’ldi. Tajribasiz va xo’jalik ishlaridan bexabar bo’lgan Pestajosi oradan ko’p o’tmay sindi, va u xalq foydasini ko’zlab yana yangi yo’flar qidirishga majbur bo’ldi.
U 1774-yili «Neygof»da «Kambag’allar muassasasi»ni ochib, yetim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to’pladi. Pestalosining fikricha, bolalarning o’zlari ishlab topgan pullar shu yetimxonaning xarajatini qoplashi kerak yedi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to’quv va yigiruv dasgohlarida ip yigirib, mato to’qir yedilar. Pestalosining o’zi bolalarga o’qish, yozish va hisob o’rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug’ullanar yedi. Hunarmand ustalar yesa bolalarga ip yigirish va to’qishni o’rgatardilar. Shu tariqa, Pestalosi o’z muassasasida bolalarni o’qitishni ularni unumli mehnatga o’rgatish bilan qo’shib olib borishga urindi.
Pestalosi boshlagan ish tezda barbod boldi, chunki siyosiy hokimi-yat va moddiy mablag’larning yegalari uni qo’llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilishi tufayli o’zlari yashab-ishlab turgan yetimxona xarajatlarini ko’tara olar yedilar, lekin gumanist va demokrat Pestalosi o’zi tarbiyalayotgan bolalarni bunday og’ir sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo’1 qo’ya olmasdi. U bolalar mehnatini, awalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o’stirish vositasi, deb bildi. Bolalarga faqat hunar o’rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o’rgatishga intildi.
Pestalosi Neygofda o’tkazgan tajribaningpedagogika uchun ahamiyati katta boidi. Tajribani davom yettirish uchun mablag’ bo’lmaganligi sababli oradan ko’p vaqt o’tmay yetimxona yopildi. Lekin bu muvaffaqiyasizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi.
Pestalosi 1798 -yil Shveysariya inqilobi natijasida yetim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan 80 bolaga moljallangan yangi yetimxona ochdi.
«Yertalabdan to kechgacha ularga yakka o’zim hamroh yedim! Mening qoilarim ularning qo’lida, ko’zlarim ularning ko’zlarida yedi. Ular yig’lasa, men hara yig’lar, kulsa kular yedim! Ular nima yesa, men ham shuni yer, niraa ichsa, shuni ichardim. Mening o’shalardan boshqa uyim ham, do’stim ham, xizmatchim ham yo’q yedi!», deb yozgani keyinchalik bu haqda Pistalosi.
Afsuski, urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi.
Keyingi o’n sakkiz yil davomida Pestalosi o’sha davrning yeng muhim masalasini: dehqon xo’jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash, mehnatkashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o’zgartirish masalasini hal qilishga jamoatchilik ye’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan shug’ullandi. U «Iingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoLy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo’jalikni oqilona . usulda olib borish va bolalarni to’g’ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to’g’risidagi o’z g’oyalarini olg’a surdi.
XIX asrning boshlaridayoq Pestalosining «Gertruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang’ich talimning yangi usullari bayon qilingan yedi.
1800-yili Pestalosi rahbarligida institut tashkil yetildi. Institut tarkibiga, internat shaklidagi o’rta maktab hamda o’qituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan. Bu institut butun dunyoga mashhur bo’ldi. Pestalosi 1825-yili Iverden instituti o’qituvchilari orasida chiqqan nizolar natijasida o’z qishlog’i «Neygofoga qaytadi va 80 yoshli, qariya bolishiga qaramay, bu yerda o’zining oxirgi asari — «Oq qush qo’shig’i»(1826)ini yozadi. U l827-yilivafotetdi.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish