Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar soha
|
Taʼlim sohasi:
|
110000- Pedagogika
|
Taʼlim yoʻnalishi:
|
5111800- Maktabgacha ta’lim
|
Ta’lim shakli:
|
kechki
|
Akademik daraja:
|
Bakalavr
|
O‘qish muddati:
|
4 yil
|
Fan/modul kodi
GEN.PED
|
Oʻquv yili
2021-2022
|
Semestr
5-6
|
ECTS – Kreditlar
8
|
Fan/modul turi
majburiy
|
Taʼlim tili
Oʻzbek
|
Haftadagi dars soatlari
6 soat
|
1.
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)
|
Mustaqil taʼlim (soat)
|
Umumiy
yuklama (soat)
|
Umumiy pedagogika
|
90
|
150
|
240
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad - bo‘lajak mutaxassis sifatida talabalarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish, pedagogik faoliyat mazmuni, ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda pedagogik tafakkurni, ijobiy fikrlash qobiliyatini, ta’lim oluvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlashga doir zarur malakalarni, vaziyatni to‘g‘ri baholash, oqilona qarorlarni qabul qilish, ijtimoiy yordamga muhtoj o‘quvchilarga bilim berish, ularni maqsadga muvofiq tarbiyalash ko‘nikmalarini shakllantirish, milliy pedagogik meros g‘oyalarini, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ta’lim muassasalari amaliyotiga maqsadli tatbiq etish tajribasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarning komil inson, yetuk mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga oid davlat siyosatining mazmuni, ustuvor tamoyillari, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg‘or g‘oyalari, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini samarali tashkil etishga oid qadriyatlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or texnologiyalardan xabardor bo‘lishlari uchun qulay muhitni yaratish.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, rivojlanish bosqichlari va ilmiy-nazariy, amaliy istiqbolni belgilash vazifalari.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), ma’lumot, bilim, ko‘nikma va malakalar, rivojlanish.
Pedagogika fanining tuzilishi. Pedagogika fanining tarmoqlari. Pedagogikaning falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, meditsina va boshqa insonshunoslik fanlari bilan aloqasi. Pedagogika fanlari tizimi.
Asosiy pedagogik jarayonlar va ularning bir butunligi, pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning tavsifi. Nazariy tadqiqot metodlari qiyosiy-tarixiy, tahlil, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, modellashtirish va boshqalar. Amaliy tadqiqot metodlari, ilmiy kuzatish, suhbat, intervyu, so‘rovnoma, test, reyting, statistik tahlil, hujjatlar tahlili, ilmiy tajriba, ilmiy tajriba sinovi (tabiiy, laboratoriya, amaliy va boshqalar). Tajriba - sinov ishlari va ularni kuzatish metodikasi. Uzluksiz ta’lim tizimi. Ta’lim tizimi va turlari maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim. Davlat va nodavlat, pullik va bepul, tijorat va notijorat ta’lim muassasalari. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsad va vazifalari. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari; ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksiz va uzviyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishi; akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona yondashuv va tabaqalashtirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |