Pedagogik faoliyat – bu yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarning mehnat faoliyati. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi-murabbiylarning faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir o‘quvchi o‘z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularning ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish va o‘rganish nihoyatda muhimdir. Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi yoshlarning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbiy tavsifnomasida ifodalanadi, ular quyidagicha: o‘qituvchi shaxsining xususiyatlari; o‘qituvchining ruhiy-jismoniy tayyorgarligi; maxsus pedagogik tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; ixtisoslikka oid metodik tayyorgarlik mazmuni.
Nazorat savollari
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning asosiy tarkibiy qismlari izohlang.
shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti izohlang.
Kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishn deganda niamni tushunasiz?
O‘rta umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim turlarini izohlang.
4-mavzu: Pedagogika fanining maqsadiga ko‘ra tarmoqlari, boshqa fanlar, shu jumladan falsafa, psixologiya fanlari bilan aloqasi.
Reja:
1.Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bо‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi.
2.Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bо‘lib, uning umumiy mohiyatini tо‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Pedagogik antropologiya.
3.Shaxs haqida tushuncha. Individ - shaxs, shaxsning o‘ziga xosligi.Shaxs rivojlanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlari. Shaxs rivojlanishi va tarbiyasining o‘zaro uyg‘unligi.
4.Bola shaxsi - tarbiya obekti va subekti sifatida. Shaxs faoliyati. O‘quvchilarni yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish.Ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning shakllanishi.Bolalar iqtidorliligi. Bolalar iqtidorliligining turlari va mezonlari.
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga etkazishdir.Tarbiya - shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir.
Pedagogika fanining ob’ekti asosan maktab ta’lim oluvchilaridir, predmeti esa ta’lim oluvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotidir.
Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir birini to‘ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz.
Ma’lumki, tarbiya tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo‘lgan ahloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.
Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab, to umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. SHu tufayli tarbiya suzi ko‘p vaqtlarda ta’lim,ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.
Pedagogika fani ob’ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmokda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb nomlanadi.
Ma’lumki, turli sohada bilim oluvchi ta’lim oluvchilarni o‘qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini yolg‘iz pedagogika fanining o‘zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy xal etishda muhim omil hisoblanadi.
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |