Bog'liq 8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog‘liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari qatorida maktabgacha ta’limning milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi – bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlanishi va uning ta’lim tizimidagi ustuvorligini ta’minlovchi Konseptual Nizomdir.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi – maktabgacha ta’limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me’yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi – maktabgacha ta’limni 2008-2020 yillarga mo‘ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasining huquqiy-nazariy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ta’lim sohasi bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan ilg‘or ilmiy g‘oyalar tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi nazariy jihatdan quyidagi ustuvor tamoyillarga:
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim;
Hamkorlik pedagogikasi asoslari;
Ijtimoiy-pedagogik yondashuv;
Psixologik yondashuv;
Qayta shakllantiruvchi ta’lim texnologiyasi;
Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tizimiga tayanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq maktabgacha ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash.
Bola shaxsiga yo‘naltirilgan model ustuvorligini ta’minlash.
Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq darajada tashkil etish.
O‘quv uslubiy qo‘llanma dasturlarining didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish.
Ikkinchi bosqich-2015-2017 yillar.
Maktabgacha ta’lim konsepsiyasini ta’lim jarayoniga bevosita qo‘llash mavjud ijtimoiy psixologik sharoitlarni hisobini olgan holda, unga yangiliklar kirita boorish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish tizimini amaliyotga joriy etish.
Ta’lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo‘llash asosida ta’lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.
Uchunchi bosqich 2018-2020 yillar.
To‘plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi ilmiy g‘oyalar loyihasi (ustida) ishlab chiqish.