Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 10,96 Mb.
bet115/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


  1. Globallashuv deganda nimani tushunasiz?

  2. Globallashuvning insoniyat hayotiga ijobiy va salbiy ta’siri nimalarda ko‘rinadi?

  3. Ogohlik davr talbi.

  4. Ma’naviy tahdid va ma’naviy bo‘shliq tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi

nimada?
5. Mafkuraviy immunitet nima?
6.Ma’naviy boylikda irodaning o‘rni va ahamiyati.
7.Ma’naviy qashshoqlikni oldini olish va unga qarshi kurash qay yo‘sinda olib boriladi?
18-mavzu Jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogik fikrlarning taraqqiyoti
1.Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida ta’lim-tarbiya. Qadimgi Sharq davlatlarida va Yunonistonda pedagogik fikrlarning paydo bo‘lishi.
2.Qadimgi Yunoniston (Sparta, Afina) davlatlarida tarbiya va ta’lim tizimi. Qadimgi yunon faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va Demokrit) ta’limotida tarbiya masalalari.
3.G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ta’lim-tarbiY. Y.A.Komenskiyning pedagogik tizimi. Uning pedagogika fani taraqqiyotidagi ahamiyati.
4.Fridrix Distervergning rivojlantiruvchi ta’lim didaktikasi. Disterverg ta’limning 33 qonun va qoidasi to‘g‘risida.
5.Rus pedagog olimlarining pedagogik g‘oyalari. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi.
6.XIX asr va XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa, AQSH, Rossiyada pedagogik ilohotlar va uning asosiy oqimlari.
Jahon mamlakatlarida pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi.

3. Yan Amos Komenskiy


Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy o’zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o’qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag’ishlagan ulug’ pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi 1592-yili 28 martda Moraviyadagi Ugorskiy Brod degan joyda tegirmonchi oilasida dunyoga kelgan. Uning oilasi ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo’lib, bu jamoa Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o’z atrofiga to’plagan edi.
Komenskiy ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o’qiy olmaydi, 16 yoshida «Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o’qishga kiradi. Bu haqda Komenskiy shunday yozgan yedi: Men o’sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimning orqada ekanligini ko’rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli bo’lishi kerak. Maktabni tugatgach Xorborni universitetiga (Germaniya) o’qishga kiradi,so’ngra Geydelberg universitetida o’z davrining bilimdon professorlaridan ma’ruza tingladi. Komenskiy Avstriya va Gollandiyada bo’lib iqtisodiy-siyosiy hamda madaniy hayot bilan tanishib ilmi va dunyoqarashini kengaytiradi.
O’sha davrda knyazliklar orasida boshlangan 30 yillik urush (1618- 1648) tufayli «Chex qardoshlari» jamoasi nemis dvoryanlari tomonidan vatanlaridan quvg’in qilinadi. Shu tariqa Komenskiy xotini va bolasidan juda bo’ladi. Qo’lyozmalari yo’qoladi.
«Chex qardoshlari» ko’chib kelgan Polshadagi Leshno shahrida Komenskiy gimnaziya tashkil etadi.
U o’zining 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asarlar, darsliklar yaratgan «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar maktab qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» (1658) kabi asarlar uning eng salmoqli asarlaridir. Shuningdek, mantiq, fizika, lotin va grek tillariga bag’ishlangan o’nlab darsliklar yozdi. Darsliklari hayotlik davridayoq boshqa tillarga tarjima qilinib, Komenskiyning nomini butun dunyoga tanildi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga talluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar muallifi hamdir (U hayot ekanligi vaqtida hammasi bo’lib 2 jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935-yili topildi va Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarda kishilik jamiyatini isloh qilish g’oyasi ilgari suriladi.
Shvesiyada lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini tuzadi. U «Chex qardoshlari» jamoasiga episkop qilib tayinlangach, 1648-yili Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqaradia. «BHflHMbifl iwnp b KapTHHKax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari» deb nomlangan asarida, o’qish ishini rasmlar bilan olib borish g’oyasini ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan maktablarning qonuni» kabi pedagogikaga doir ishlari o’rin olgan.
1656-yili Shved-polyak urushi vaqtida Leshnodagi «Chex qardoshlari» jamoasiga barham beriladi. Komenskiy Gamburgga so’ngra Amsterdamga ketishga majbur bo’ladi. o’sha yerda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plam holda bosib chiqariladi.
Komenskiy vatani mustaqilligi uchun kurash olib borgan. Uning asarlarida vatanparvarlik hissi yaqqol aks etgan. U chex xalq poyeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzgan.

Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish