Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi



Download 10,96 Mb.
bet111/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Siddiq Rajabov (1910 — 1993)
Siddiq Rajabov Respublikamizda xalq maorifining rivojlanishiga, pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga muayyan hissa qo’shgan dastlabki pedagogika fanlari nomzodi, dastlabki pedagogika fanlari doktori, professor va dastlabki akademikdir.
SiddiqRajabov 1910-yil 1 aprelda Qozog’istonning Avliyoota shahrida kambag’al kosib oilasida tug’ildi. Uning otasi Rajab aka yamoqchilik bilan kun ko’rar, lekin bosh farzandi Siddiqning o’qib, ilm olishini orzu qilar edi. Rajab aka o’g’lini yangi maktabga o’qishga berdi. Biroq ko’p o’tmay vafot etdi. Ota vasiyati va ilmga bo’lgan ishtiyoq unga to’g’ri yo’lni ko’rsatib berdi.
1926-yili o’n olti yoshli Siddiq Rajabov g’ayrat bilan o’qishga, mehnat qilishga kirishdi. Shahar yoshlarining xalq o’rtasida olib borayotgan madaniy-oqartuv ishlarida faol qatnashdi.
1927-yili Farg’ona pedagogika bilim yurtiga o’qishga kirdi. 1930-yili bu bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomladi. So’ng Qashqadaryo viloyatining G’uzor tumaniga ishga yuborildi. U tumandagi Avg’onbog’ qishlog’ida boshlang’ich maktab ochadi va maktabda ham muallimlik, ham mudirlik vazifasini bajaradi.
1930-yili Farg’ona pedagogika institutiga kirgan S.Rajabov 1933-yili institutning ijtimoiy-adabiyot fakultetini imtiyozli tugatdi.
Bo’lajak olim Farg’ona shahridagi «O'zbekiston beshyilligi» ishchi fakultetida, ayni paytda Hamza nomidagi pedagogika bilim yurtida direktorlik vazifasini bajardi.
Ana shu davrlarda Yan Komenskiy, K.Ushinskiy, L.Tolstoy, Hamza, A.Avloniy kabi pedagoglarning asarlarini qunt bilan o’rgandi. Egallangan bilimlar va to’plangan tajribalar asosida mahalliy matbuotda S.Rajabovning dastlabki pedagogik maqolalari chiqa boshladi.
Ilmga bo’lgan ishtiyoq S.Rajabovni O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi aspiranturaga etakladi. U 1934-37-yillari aspiranturada tahsil ko’rdi va pedagogika fanining eng muhim muammolari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
U aspiranturani tamomlagach, yosh olim ilmiy-tadqiqot ishini pedagogik faoliyat bilan qo’shib olib bordi. Shu yillari S.Rajabov kechki pedagogika instituti direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari lavozimida ishladi. o’sha yillari u «XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif taraqqiyoti ocherki» asarini yozib tamomladi. 1941-yili shu mavzuda nomzodlik dissertasiyasini respublikada birinchi bolib muvaffaqiyatli yoqladi. S.Rajabov 1942-yili «Qizil O’zbekiston» gazetasiga muharrir o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Rajabov 1947-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasiga mudir qilib tayinlangandan keyin uning o’z ilmiy-pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi.
Olimning 1958-yilgacha bo’lgan davrdagi ijodiy faoliyati salmoqli bo’ldi. Bu yillari uning «Pedagogikani o’qitishni hozirgi zamon fani talabi darajasiga ko'taraylik», «O'qituvchilar kasbi haqida», «O'zbekistonda 25 yil ichida maktablarning taraqqiyotiga doir», «Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida», «O'zbekiston maktablarining 30 yil ichidagi tarixidan», «O'zbekistonda umumiy talim uchun kurash va maktablarda o’quv-tarbiya ishlari», «40 yil ichida O’zbekistonda xalq maorifi» kabi jami 26 ilmiy, ilmiy-ommabop ishlari nashr qilindi.
1958-yili Siddiq Rajabov maktablar tarixiga doir doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli yoqladi.
1959-yili pedagogika fanlari doktori Siddiq Rajabov RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasiga muxbir a'zo qilib saylandi va 1960-yili unga professor ilmiy unvoni berildi.
1961-yili Siddiq Rajabov O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutiga direktor qilib tayinlandi. Olim mazkur institutga olti yil rahbarlik qildi. Institutni malakali mutaxassis xodimlar bilan ta'minlash, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini hayotga-maktab amaliyotiga yaqinlashtirishga boshchilik qildi.
S.R.Rajabov 1958-1966-yillar mobaynida 50dan ortiq ilmiy va o’quv-metodik ishlar muallifi boldi. Chunonchi, «L.N.Tolstoyning pedagogik faoliyati haqida», «Pedagogika fanining yangi vazifalari», «Pedagogika nazariyasi va tarixiga oid ilmiy-ommabop maqolalar to'plami», «Darsda o’quvchilar aktivligini oshirish yo'llari», «Tadqiqotchilarning kuchini birlashtiraylik», «Ta'lim berib tarbiyalaylik, tarbiyalab talim beraylik», «Maktab haqida g’amxo’rlik – umumxalq ishi», «O'zbekistonda xalq maorifi», «Pedagogika fanining ravnaqi uchun» kabi ishlari, 1962,1966-yillari nashr qilingan «Pedagogika» darsliklariga hammuallif bo’ldi.
Bu davrda olim ko’pgina iqtidorli yoshlarni o’z atrofiga chorladi, yordam berdi. M.Ochilov (1962), FAbdullaev (1962), K. Hoshimov (1964), MAhmedova (1965), T.Mo’minjonov (1966), A. Tyulenov (1966), D. Urumbaev (1966), S. Fayzulina (1966) kabi iqtidorli yoshlar olim rahbarligida nomzodlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli yoqladilar.
1964-yili S.Rajabovga «Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi» unvoni berildi.
U 1966-1990-yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika kafedrasi jamoasiga boshchilik qildi. Olim kafedra a'zolarining har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o’qituvchi mutaxassislar tayyorlash sohasida fidokorona mehnat qilayotgan hamkasblari — institut olimlari bilan birga o’rta va oliy ta'-limga aloqador juda ko’p muammolarni hal qilishda faoliyat ko’rsatdi.
Professor S.Rajabovning institutdagi chorak asrlik uzluksiz ilmiy-pedagogik faoliyati uning hayotida alohida davr bo’ldi.
S.Rajabov bu davrda juda ko’plab metodik muammolarni kafedra a'zolari va ilmiy jamoatchilik tomonidan muvaffaqiyatli hal qilinishiga boshchilik qildi. Xususan, didaktika - ta'lim nazariyasi, xususiy metodika, tarbiya nazariyasi va metodikasi, maktabshunoslikning dolzarb muammolariga aloqador asarlar yaratdi.
Olimning 300ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari, risolalari, qo’llanmalari, darslik va monografiyalari e'lon qilindi.
S.Rajabov Sharq mutafakkirlari pedagogik merosini o’rganish masalalariga o’z faoliyatida katta o’rin berdi. Uning Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning pedagogik qarashlari haqidagi maqolalari muhim ahamiyatga ega. U K.Hoshimov bilan «O’zbekistonda pedagogik fikrlar antologiyasi»ning (Moskva, 1986) tuzuvchilaridan hisoblanadi. Bu antologiya o’zbekiston va sobiq Ittifoqdagi barcha millatlarga, ayniqsa, rusiyzabon millatlarga o’rta Osiyo qomusiy olimlarining hayoti, ta'lim-tarbiya sohasidagi g’oyalaridan ma'lumot beruvchi muhim manba sifatida qimmatlidir.
S.Rajabov o’zining asosiy ishini jamoat ishlari bilan bog’lagan holda olib bordi. U 1961-1988-yillari O’zbekiston xalq talimi vazirligining hay'at a'zosi sifatida faoliyat ko’rsatdi. U vazirlik tomonidan xalq talimi tarmog’ini kengaytirish, maktablarda o’quv-tarbiya ishlarini davr talablari darajasiga ko’tarish borasida amalga oshirilayotgan hamma tadbirlarda bevosita qatnashib keldi.
Siddiq Rajabovning ko’p qirrali jamoatchilik faoliyatida uning respublika pedagogika jamiyati markaziy kengashi prezidiumiga raisligi asosiy o’rin egallaydi.
Siddiq Rajabovning pedagogika fani va xalq ta'limi ravnaqi yo’lidagi mehnatlari hukumat tomonidan yuksak baholandi. Professor S. Rajabov 1993-yili vafot etgan.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish