Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta`lim kafedrasi


Ikkinchi jahon urushi va urushdan



Download 10,96 Mb.
bet110/144
Sana22.08.2022
Hajmi10,96 Mb.
#847472
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   144
Bog'liq
8e34168aab067a4ddab56dcfb4c53fab UMUMIY PEDAGOGIKA FANI BO`YICHA (1)

Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq maorifi va pedagogika
Tarixdan ma'lumki, xalqimiz o’z boshidan kechirgan og’ir davrlardan biri Ikkinchi jahon urushi yillaridir. O’sha davrda mamlakatimiz yoshlarini yuksak axloq ruhida, ayniqsa, vatanparvarlik, do’stlik, meh-natsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash kuchaydi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi.
1941 -yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik haqidagi bitimni buzib, urush e'lon qilmay turib Sovet ittifoqiga bostirib kirdi.
Mamlakatdagi hamma xalqlar mudofaa uchun otlandi. O’zbekiston ham himoyaga o’zining munosib hissasini qo’shdi.
Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temiryo’llarda, kolxoz, sovxoz va MTSlarda—hammajoyda «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun» degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar fashistlar ustidan g’alaba qozonish uchun safarbar etildi.
Mamlakat mudofaa fondiga pul, qimmatbaho buyumlar, davlat obligasiyalari, xullas, kimda nima bolsa, hammasini topshirdi. Urushning dastlabki kunlaridanoq birgina Toshkent shahrining o’zida mudofaa fondiga 5,5 million so’mdan ortiq pul yig’ildi.
Dushman bosib olgan yerlardagi anchagina zavod-fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar O’zbekistonga ko’chirildi. O’zbekiston ularni joy, ishchi kuchi bilan ta'minladi. Buning ustiga, frontdagi armiyani oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlash asosan o’zbek xalqi zimmasiga tushdi. Ishchi kuchi etishmaganidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ib-terib olish ancha orqaga cho’zilib ketmoqda edi. Hukumatning 1942-yil 13 fevralda chiqargan «Urush yillarida mehnatga qobiliyatli bo’lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga va qurilishga jalb qilish to'g’risida» farmoni mamlakat ichkarisidagi ishlarni birmuncha izga soldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o’quv dasturlari sharoitga moslashtirildi.
Urush yillari harbiy-fizkultura darslari soati ko’paydi, harbiy o’qish 1-sinfdan boshlab o’tila boshlandi, harbiy ta'lim faqat o’g’il bolalarga emas, qiz bolalarga ham o’rgatila boshlandi.
Urushning dastlabki kunlaridan boshlab urush ketayotgan joylardan O’zbekistonga ko’plab yosh bolalar va keksalar, xotin-xalaj evakuasiya qilingan edi. 1942-yili ular soni 716 mingga etdi.
1943-yili O’zbekistonda 154 bolalar uyi bor edi. 1945-yilga kelib ular soni 242taga, tarbiyalanuvchilar soni esa, 31.500ga etdi.
Urush davrida ko’pchilik pedagoglar frontga safarbar qilinganligi uchun respublika bo’yicha 1940-1941 o’quv yilida 36267 nafar o’qituvchidan 30616 kishi qoldi. Frontga ketganlar o’rnini to’ldirish uchun qisqa muddatli o’qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941-yildan 1943-yilgacha bu kurslarni 16 ming o’qituvchi bitirib chiqdi. Boshqa sohalarda ishlayotgan o’qituvchilar maktabga qaytarildi.
Maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o’zbek xotin-qizlaridan ko’proq jalb etish zarurligi alohida ta'kidlandi.
Shaharlardagi maktablarda o’qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa, tabiiyki, ta'lim-tarbiya jarayonining qiyinlashishiga olib kelgandi. Darslar 40 minutga qisqargandi. Ashula va rasm darslari umuman o’tilmagandi.
Kitoblar yetishmasligi tufayli o’qituvchilar og’zaki tushuntirishga katta e'tibor berdilar. Yangi o’tiladigan dars o’qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o’quvchilar uni daftarga ko’chirib olishardi.
Sharoit taqozosi bilan ko’pchilik o’quvchilar ham maktabda o’qib, ham qishloq xo’jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish muassasalarida, zavod va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o’quvchilar o’qishdan ajralmagan holda mehnat qildilar.
O’zbekiston mahalliy sovetlari, hukumat ko’rsatmasiga binoan, 1943-yilning 1 yanvaridan boshlab 8-10-sinf o’quvcbilari hamda katta yoshdagi o’zbek o’quvchilarini o’qish haqi to’lashdan ozod etdi. Qozoq, qirg’iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa xalqlar bolalari ham o’qish haqi to’lashdan ozod bo’ldilar.
1942-yilning boshidan qishloq xo’jaligi asoslarini maktabda o’qitiladigan fanlar qatoriga kiritish haqida buyruq chiqdi.
Davlatning maxsus ko’rsatmasiga binoan 1943-yildan boshlab ba'zi maktablarda o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi g’alaba bilan tamom bo’lgach, respublika xalq talimi urushdan keyingi yillar bir qancha jiddiy qiyinchiliklarni engib o’tishga to’g’ri keldi.
Urush davrida maktablar birmuncha qisqargan, o’quvchilar soni ham shunga yarasha kamaygandi. Ko’pchilik o’quvchilar turli sinflardan o’qishni tashlab, frontga, front uchun qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavodlarga ishga ketib qoldilar.
O’sha yillari yangi maktab binolari qurilmaganligi va eski maktablar o’z vaqtida jihaozlar bilan ta'mirlanmaganligi sababli ko’p maktab binolari o’quv jarayonini maromida tashkil etish va gigiena talablariga javob bermas edi.
Urushdan keyingi dastlabki yillari o’quvchilarning maktabni tashlab ketishlari birmuncha kamaygan bo’lsa ham, harholda, davom etaverdi: 1945-1946 o’quv yilida O’zbekiston maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 ming kishi o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p bolib, 1946-yili u barcha o’quvchilarning 37%ini tashkil etdi. Ayniqsa, qizbolalarni maktabga jalb qilish, ularni o’qish tugaguncha ushlab turish alohida muammo sifatida ko’ndalang bolib turardi.
O’qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillardagi eng katta muammolardan biri edi. Chunki malakali o’qituvchilar asosan urushga yuborilgan, ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan, 1947-yili respublika bo’yicha 4 ming o’qituvchi etishmasdi. Tuman xalq maorif bo’limlari mudirlari, maktab direktorlari va ta'lim bo’yicha direktor muovinlarining 60% dan ko’prog’i tegishli malumotga ega emasdi. 1950 -yili 7125 maktab o’qituvchilarga muhtojlik sezardi.
Rasmiy hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o’qitishga urg’u berdi. Natijada 60-yillari o’zbekiston tarixi, o’zbek tili va adabiyoti, chet tili, musiqa va ashula darslari hajmi keskin qisqardi va ular o’quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soat kamayib ketdi. Ular o’rniga esa rus tili va adabiyoti fani o’qitildi. Masalan, o’qituvchilar «XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida o’zbek adabiy muhiti», «Milliy-madaniy jarayonlar» to’g’risidagi mavzularda dars o’tishi lozim bolgan soatlarda rus madaniyatining«progressiv» ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur boldilar. Oqibatda, boy va ko’hna o’zbek xalqi tarixini o’rganishga 52 soat ajratilgani holda boshlang’ich maktablarda rus tili va adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan.
Xalq xo’jaligini tiklash hamda rivojlantirish sohasida urushdan keyingi birinchi beshyillikda jiddiy kamchiliklarga duch kelindi. Birinchidan, aholi o’zi tug’ilib o’sgan shaharlariga qaytib ketayotganligi sababli aholi sonida keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Ikkinchidan, majburiy ta'lim maktablarida o’qitiladigan bolalarni hisobga olishning aniq va tezkor sistemasi yo’q edi.
Shuning uchun ham maorif xodimlari tezlik bilan maktab shoxob-chalarini tiklash va kengaytirish, urush vaqtida maktabni tashlab ketgan bolalarni maktablarga tortish sohasida juda katta ishlar qilishlari kerak edi. Bunday mas'uliyatni bajarishda ular dastlab boshlang’ich maktablarni tamomlagan bolalarning hammasini to’la ravishda o’qishga tortishga e'tibor berishlari lozim edi. Bu ish ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bu davrga kelib o’rta maktabni bitirib chiqayotganlarning soni oliy o’quv yurtlariga qabul qilinayotganlar soniga qaraganda ancha ortib ketdi. o’rta maktablarni tamomlaganlarning ko’pchiligi sanoat va qishloq xo’jaligida ishlashlariga to’g’ri keldi. Biroq ular bu amaliy faoliyatga yetarli tayyorlanmagandilar: maktablarda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llash ishlari yaxshi yo’lga qo’yilmagandi.
O’rta maktablarni tamomlaganlarning maxsus kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida texnikumlar soni ko’paytirildi, texnikumlar qoshida to’liq o’rta malumotli kishilarni qabul qiladigan bo’limlar ochildi. Bu bo’limlarda o’qish muddati 2-3 yil qilib belgilandi. Mehnat zahiralari sistemasida o’rta maktab negizidagi texnika bilim yurtlari ochila boshladi. Bu texnika bilim yurtlari 1-2 yillik o’qish muddati bilan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berishi kerak edi.
Urushdan keyingi yillari 1943-yili ochilgan ishchi va dehqon yoshlari maktablari (kechki va smenali) tarmog’i birmuncha kengaytirildi.
1951-55 yillarga mo’ljallangan beshinchi beshyillik rejada politexnika ta'limiga katta o’rin berildi. Shu munosabat bilan ittifoqdosh respublikalarning talim vazirliklari o’quv rejalari va dasturlarini qayta tuzib, politexnika talimini oshirish to’g’risida maktablarga ko’rsatmalar berdilar.
1957-1958 o’quv yilidan boshlab ba'zi pedagogika oliy o’quv yurtlarida boshlang’ich maktab uchun oliy pedagogika malumotiga ega bo’lgan o’qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillari hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo’lar edi. Chunki o’tgan davrlar chuqur tahlil qilinganda ko’p kamchiliklar borligini ko’rish mumkin. Chunonchi, ko’pgina maktablarda o’quv-tarbiya ishlarining saviyasi davlat standarti talablariga etarlicha javob bera olmas, bir sinfda ikki yil qolgan o’quvchilar soni hamon ko’p, o’quvchilarning maktabni tashlab ketishlari esa tobora ko’payayotgandi. Ko’pgina maktablarning moddiy-texnika bazasi talablarga javob berolmasdi, maktablarda matematika, fizika, rus tili va chet tili fanlaridan dars beradigan malakali o’qituvchilar etishmasdi, yettiyillik umumiy majburiy talimni amalga oshirish va o’rta talimni rivojlantirish borasidagi ishlarda ham muayyan nuqsonlar yo’q emas edi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish o’sha kunning birinchi galdagi vazifasi bolib qolgandi.
Boshlang’ich maktabda to’rtyillik boshlang’ich talimdan uchyillik boshlang’ich talimga o’tish amalga oshirildi.
Yettiyillik to’liqsiz o’rta maktab, umumiy majburiy sakkizyillik ta'lim
maktabiga aylantirildi.
Sakkizyillik maktabni tamomlagan o’quvchilar quyidagi o’quv yurtlarida o’qishlari mumkin edi: 1) to’liq umumiy ta'lim o’rta maktablarida (IX-X sinflarda); 2) o’qish muddati uch-to’rtyillik bo’lgan texnikumlarda; 3) hunar-texnika bilim yurtlari hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1959-1975-yillari respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog’i rivojlandi; jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirish tarmog’i kengaytirildi. 70-80-yillari ham O’zbekiston maktablarida ahvol o’zgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o’quvchilar soniyildan-yilga ortib boraverdi. Masalan, O’zbekistonda 1945– 46-o'quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, ularda qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1970–71-o'quv yilida respublikaning umumiy talim maktablari soni 7072taga, o’quvchilar soni esa, 3 mln.164 ming kishiga etdi... 1970-1980-yillari xalq talimi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ ll%dan 8%ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi.
Umuman, xulosa qilib aytganda, urushdan keyingi va tinch qurilish davridan mustaqillik davrigacha O’zbekiston maorifi, fan va madaniyati rus hamda Yevropa madaniyati ta'sirida rivojlandi, ammo bu - o’zbek xalqining milliyligidan, asrlardan beri meros bo’lib kelayotgan qadriyatlaridan muayyan darajada ajralgan holda rivojlanish edi.


Download 10,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish