O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ta`kidlaganimizdek, alifbegacha bo'lgan davrda husnixat ta`limi uchun 4 soat ajratilgan



Download 2,32 Mb.
bet53/119
Sana14.07.2022
Hajmi2,32 Mb.
#797471
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Bog'liq
2027250704747ae07f927fe95fe886c4 BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YOZUV MALAKALARINI O’ZLASHTIRISH USULLARI (1)

Ta`kidlaganimizdek, alifbegacha bo'lgan davrda husnixat ta`limi uchun 4 soat ajratilgan. Bu soatlar quyidagi talablar va qoidalarni o'quvchilarga tushuntirish va mashq qildirish uchun sarflanadi:
- partada to'gri o'tirishni o'rgatish;
- barmoqlar mashqi;
- yozuv qurollari - oddiy qalam, rangli qalamlar, ruchka, rasm daftari, husnixat daftari haqida ma'lumot berish;
- qalamni to'g'ri ushlash;
- to'g'ri, egri, changakli, yarim doira, doira shaklli, zanjirli yozuv va shakllarni mashq qilish.
Ko'rinadiki, o'quvchilarni chiroyli yozuvga o'rgatish ta'limi o'qituvchilardan samarali usullardan oqilona foydalanish hamda ijodkorlikni talab qiladi.
3.Yozuv qurollari ( ruchka) bilan ishlash malakasini shakllantirish
Bugungi kunda eng ko'p tarqalgan yozuv qurollaridan biri sharikli (ravon yozadigan, “Alfa”) ruchkalar bo'lib qolmoqda. Shundan kelib chiqib, butun sinf o'quvchilarining bir xil tipdagi yozuv ruchkasidan foydalanishi katta ahamiyatga egadir. Ular varaq sathiga nisbatan bir xil qiyalikda ishlatiladi. Ruchkalarga qarash va ularni yozishga shaylashga ham talab qo'yiladi. Agar bolalarga bir xil tipdagi ruchkadan foydalanish qat`iy talab qilib qo'yilmasa, ularning biri qimmatbaho ruchkada, biri gelli, yana biri rangli, boshqa birovi esa ruchka pastasi bilan ham yozaveradi. Bu holat esa yozuv malakasining shakllanishiga salbiy ta`sir qiladi, o'qituvchining mehnatini murakkablashtiradi. Mana shunday holatning oldini olish uchun bir xil tipdagi ruchkadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

(1-rasm)

Alfa”(radar)ruchkasi birinchidan, ushlashga qulay, ikkinchidan, keraklicha uzunlikka ega, uchinchidan, pastasida ham boshqa ruchkalarga nisbatan rangi ko’p, to'rtinchidan, bu ruchkani ishlatish jarayonida parta va yozuv daftarlari bulg'anmaydi. Lekin ushbu ruchka ham kamchiliklardan xoli emas:Ruchka haddan ko'p qiyalikda hamda usti yaltiroq qog'ozga yaxshi yozmaydi. O'quvchilar hamma vaqt o'z oldida bir dona toza varaq (nam salfetka) saqlashi lozim. Bu ruchka uchini tozalab turishga, varaq va qo'lni bulg'amaslikning oldini oladi. Chunki, birinchi sinfda bolalar juda sekin, ruchkani bir joyda ko'p ushlab, yoki ruchkani qattiq bosib yozadilar. Natijada, ruchka ichidagi sharik yemirilib, rang to'playdi. Agar u tozalab turilmasa,hamma yoqni bulg'ashi tabiiy hol.


Ruchka bilan yozayotganda bosim, ya`ni ko'p kuch ishlatishning hojati yo'q. Shuning uchun bolalarga ruchka bilan yozishni o'rgatayotganda uning shu xususiyatini unutmaslik va bolalarga tushuntirmoq lozim.
(2-rasm)

Yozish jarayonida o'qituvchi qo'1 holati borasida ham o'quvchilarga aniq ko'rsatma beradi. Ruchkani uchta barmoqda ushlash lozim: katta, ko'rsatkich va o'rta. Katta va o'rta barmoqlar ruchkani ushlaydi, ko'rsatkach barmoq esa yuqoridan yozish jarayonini boshqaradi. Bolalar ruchkani barmoqlari orasida qattiq qismasdan erkin ushlashlari lozim. Yozish jarayonida ruchkaning oxirgi uchi o'ng yelkaga qaratilgan bo'lishi darkor.


O'qituvchi ruchkani ushlash jarayonida qo'1 holati qanday bo'lishini tushuntiradi. U ruchkani olib butun sinfga uni ushlash qoidalarini ko'rsatadi. Ruchkaning uchidan to qo'lning ko'rsatkich barmog'i uchigacha taxminan 1,5, 2 sm. masofa bo'lishi kerak. Shundan keyingina o'qituvchi bolalarga yozish uchun ruxsat beradi. Birinchi kunlar o'qituvchi o'quvchilar qo'lidan ko'zini uzmaydi. Ba`zi o'quvchilar ruchka ushlash qoidalarini tez o'zlashtira olmay qiynaladilar. Ular ruchkani mush bilan ushlab oladilar, yoki uchiga yaqin joydan ushlaydilar, ruchkani chap qo’lda ushlaydilar, ko'rsatgich barmoqlarini bukib yozadilar va hakozo. Bunday nuqsonlarni bartaraf etish o'qituvchiga qiyinchilik tug'diradi. O'z-o'zidan bu nuqsonlar yozuvning husniga putur etkazadi. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab o'qituvchi ruchkani to'g'ri ushlashni o'rgatishi lozim. Shuningdek, ruchkani maxsus ruchka saqlanadigan qutichalar(penal)da saqlash zarurligini ham alohida tushuntirib o'tish kerak.
Birinchi kuni yozishdan oldin butun sinf birgalikda o'qituvchi rahbarligida ruchkanining tuzilishi bilan tanishadilar: uning qalpog'ini ochib, burab pastasini chiqaradilar, ya`ni ruchkani qismlarga bo'lib, yana qayta sozlaydilar. Shu jarayonda o'qituvchi bolalarga dars vaqtida sababsiz ruchkani qismlarga bo'lishni man etadi. Ta'kidlaydiki, ruchkalar uyda har tomonlama tekshirilib, pastasi tugagan bo'lsa, yangi pasta qo'yib, keyin maktabga kelinadi.
O'quvchilarni har xil rangdagi pastalardan foydalanishga qo'ymaslik zarur, ko’k yoki to’q ko’k rang bilan yozish maqsadga muvofiqdir. Qizil rangni faqat o'qituvchininq o'zi ishlatadi.
Yuqoridagi malakalarni tez va mustahkam shakllantirish uchun o'qituvchi ota-onalarni to'plab mazkur qoidalarni ularga ham tushuntirmog'i lozim. Ikki tomonlama (maktab va uyda) yordam bolani ushbu qoidalarni tez o'zlashtirib olishiga amaliy yordam beradi.
O'quvchilarga ruchkani sumkada saqlash qoidalari, hamda yozuv qurollarini yaxshi saqlash va ehtiyot qilish talablari muntazam ravishda tushuntirib boriladi.

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish