O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti


Shefflera (Schéfflera yoki Soyabon daraxti)



Download 1,13 Mb.
bet55/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

1. Shefflera (Schéfflera yoki Soyabon daraxti) – chekuvchilar yashaydigan yoki ishlaydigan xonalarda o‘stirish mumkin. Bu o‘simlik tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va smolani tez “yutib yuboradi”.
2. Tillarang ssindapsus (Epipremnum aureum yoki Potos) havoni benzoldan tozalaydi. O‘simlikning keng barglari bu moddani katta miqdorda ham “o‘zlashtira” oladi. Potos tez o‘sadi, uni ko‘p sug‘orish ham talab etilmaydi.
3. Dratsena (Dracaena) formaldegidni zararsizlantiradi. Bu o‘simlik oz miqdorda bo‘lsa ham laklar, yelim va mebeldan chiqadigan formaldegidni zararsizlantiradi.
4. Xlorofitum (Chlorophytum) – havoga chiqariladigan gazlarni yaxshi “o‘zlashtiradi”. Shuning uchun birinchi va ikkinchi qavatda istiqomat qiluvchilar uchun bu gul juda foydali.
5. Hamedoreya (Chamaedorea elegans yoki xonaki palma) havoni namlantiradi, plastmassadan chiqadigan moddalarni filtrlaydi.
6. Pechak (Hedera helix) – havoni tozalash bo‘yicha rekordchi o‘simlik hisoblanadi. U formaldegid, benzol, ammiak kabi zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi.
7. Benjamin fikusi (Ficus benjamina) – havoni eng yaxshi tozalovchi o‘simliklardan ikkinchi o‘rinda turadi. Pechak singari ko‘pgina zaharli moddalarni o‘ziga singdiradi va changni oxanrabodek o‘ziga tortib oladi.


Topshiriq. Quyida berilgan mavzuda insho yozing.
O‘ZBEKISTON – VATANIM MANIM
Reja:
I. K i r i s h. O‘zbekistonning tarixi va istiqboli haqida.
II. Asosiy qism:
1. «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?»
2. Vatanimning tabiiy boyliklari.
3. Vatanim – rivojlangan sanoat maskani.
4. O‘zbekiston shoirlar va adiblar madhida.
III. Xulosa. O‘zbekiston jahonga yuz tutmoqda.


15-MAVZU: “SAN’AT VA MADANIYAT”. NUTQIMIZDA KENG QO‘LLANILADIGAN SAN’AT VA MADANIYATGA DOIR ATAMALAR


SAN’AT VA MADANIYAT
San’at – ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. San’at qadimiy tarixga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda vujudga kela boshlagan. San’at odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o‘z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruhda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-yuyg‘u, manfaat ideallarini ifoda etgan. San’at insonning moddiy va ma’naviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir.
Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.
San’at turli ko‘rinishlari bilan o‘ziga xos badiiy-estetik qadriyatlarni to‘plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega bo‘lgan estetik tizimni tashkil etadi. San’at tasviriy san’at, me’morchilik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni o‘z ichiga oladi. San’atning turlari o‘z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, adabiyotda asosiy ifoda vositasi bo‘lib so‘z xizmat qiladi; tasviriy san’atda bo‘yoqlar orqali konkret-hissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qahramonlarining siymosi aktyorlarda o‘z aksini topadi. Ko‘rinadiki, san’at va madaniyat bir-biri bilan bevosita bog‘liq.
San’atshunoslik alohida fan sifatida XVI-XIX asrlar mobaynida shakllandi. San’atga doir ma’lumotlar dastlab Yunonistonda qadimdan o‘rganila boshlangani ma’lum. Aristotel, Platon kabi o‘sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san’at tarixi bilan ham shug‘ullanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar saqlangan. Qadimgi Rimda yunon san’atiga katta e’tibor bilan qaralgan. Milodiy datslabki asrlarda O‘rta Osiyo mamlakatlarida me’morchilik va san’atga oid risolalar yaratilgan. Ular mazmuni jihatdan hammabop bo‘lib, ham metodik qo‘llanma, ham o‘qish kitobi sifatida xizmat qilar, kitobxon e’tiboriga tarix, hikoyat, nasihat va mushohadalar havola qilinardi.
San’at turlarida qo‘llaniladigan ijodiy uslub yoki san’at uslubi ham jiddiy ahamiyatga egadir. San’at mahorati faqat texnika bilan o‘lchanmasa ham, uni egallamay turib, mohir utsa bo‘lib yetishish mumkin emas. Barcha san’at turlari yuksak ifodalilik qonuniga bo‘ysunadilar.
San’at turlarida badiiy tuzilma (kompozitsiya), vazn, tasviriy-ifodaviy va moddiy vositalar majmui san’at shaklini tashkil etadi. Shakl hamma vaqt muayyan mazmunni ifodalaydi. San’at asarlarida mavzu sujet yordamida oydinlashadi. Sujet asarda ko‘rsatilmoqchi bo‘lgan hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida asar personajlarini bir-biriga bog‘lab turadi. San’at asarlarining mazmuni badiiy g‘oya, asar mavzusi, asar sujeti hamda san’atkor tomonidan baholangan hayot hodisalarining yig‘indisidan iborat.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish