Savol va topshiriqlar:
1. Matndan parcha tarjima qiling.
2. Matnda qo‘llangan shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli so‘zlarni ajrating.
3. Matn mazmunini rus tilida so‘zlab bering.
4. Matn bo‘yicha lug‘at tuzing.
5. Matn mazmunidan kelib chiqib “Buyuk tarixiy shaxslar” mavzusida matn tuzing.
Topshiriq. Quyida berilgan matnni o‘qing. Leksik (atash) ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlarni ajrating.
Bir lofchi ikkinchi lofchining uyiga kelib dedi:
– Sizga bir gilamni sovg‘a qilib keltirdim, uning bir uchi bu yerda bo‘lsa, ikkinchi uchi Samarqandda turibdi.
Ikkinchi lofchi unga darhol javob berdi:
– Rahmat, yaxshi qilibsan, mehmonxonadagi gilamning ozgina yeriga o‘t tushib kuygan edi, sen sovg‘a qilgan gilamni o‘shanga yamoq qilaman.
Topshiriq. Nuqtalar o‘rniga o‘ yoki u tovushini qo‘yib, matnni ko‘chiring. Arxaik so‘zlarni aniqlang. Qator kelgan unlilar qatnashgan so‘zlarning tagiga chizing.
Ibn Sinoning ilk tahsil olgan ustozi
Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki …stozi Ab… Abd…lloh Notiliy b…lgan. U Notiliy q…lida mantiq, handasa ( geometriya ) va falakiyotni ...rganadi va ba’zi falsafiy masalalarda ...stozidan ham ...zib ketadi. …stozi uning ilmiga y…qori baho berib, yana-da ch…qurroq ilm olishni tayinlaydi.
Ab… Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini …zlashtirishga kirishadi. U m…siqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni …qiydi, xususan, tabobatni sevib …rganadi va bu ilmda tez kamol topa boshlaydi. (Йўлдошхон Исаев. Абу Али ибн Сино. Тошкент. “Tafakkur”. 2011. 5-бет.)
Tilning leksik qatlamlari
Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (so‘z boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so‘zlarning paydo bo‘lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug‘at tarkibi va grammatik qurilishiga ega bo‘ladi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta’sir etish ayniqsa leksikada bo‘ladi.
O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma’lum darajada o‘z ta’sirini qoldirgan. Xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar o‘zlashganini shu ta’sir bilan izohlash mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibida shu tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan birga o‘zlashgan qatlam ham yuzaga kelgan.
O‘z qatlamga o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at tarkibida turkey tillar uchun umimiy bo‘lgan so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar barcha so‘z turkumida bor. Masalan: tosh, tog‘, yer, bosh, suv, til, kishi, bola, men, sen, biz, siz, bu, shu,qora, qizil, sariq, yaxshi, yomon, erta, indin, ilgari va boshqalar. O‘zbek tilining bevosita o‘zininki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyoti jarayonida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun-qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch holat kuzatiladi:
1) asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid affikslar yordamida yasalgan so‘zlar: qatnashchi, terimchi, qotishma, qo‘llanma, turg‘un, bolalarcha kabi;
2) o‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida hosil qilingan so‘zlar;
a) tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabzavotchilk, do‘stlik, pulsiz, xastalanmoq;
b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: rahbarlik, qimmatli, ovqatlanmoq;
v) ruscha-baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi, betonlamoq;
3) boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma
so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, mehnatkash, kitobxon, vagonsoz, ilmiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |