Savol va topshiriqlar:
1. Matn bo‘yicha tarixiy terminlar lug‘atini tuzing.
2. Matnni tarjima qiling.
3. Matnda qo‘llangan fe’llarni aniqlang va ularni morfologik tahlil qiling.
4. Matnning mazmunini so‘zlab bering.
5. Matndan ijodiy foydalangan holda “Ona shahrim” mavzusida mustaqil matn tuzing.
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarning talaffuzi va imlosiga diqqat qiling. O‘zingiz ham ushbu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Doktor, dovdir, dog‘uli, dudoq, dubulg‘a, dumbul, duo, duxoba, do‘lma, do‘ppi, dutor, durda, dupurlamoq.
Tolqon, tomat, tomoq, tutatqi, tuproq, tuzoq, tushov, tuyuq, tuxum, to‘garak, to‘qay, to‘qim, to‘plam, to‘polon.
Atamalar va ularning vujudga kelishi
Atama (ya’ni termin – lotincha “termnus” – chek, chegara, chegara belgisi) fan, texnika va boshqa sohalarga oid narsa haqidagi tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi. Atamalarni o‘rganuvchi soha esa atamashunoslik (terminologiya) deb ataladi.
Atamalrni dastlab ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: Kasb-hunar atamalari va ilmiy atamalar.
Kasb-hunar atamalari uzoq davrlardan beri xalqimiz tomonidan kasb-hunar sifatida rivojlantirilib kelinayotgan chorvachilik, dehqonchilik, kulolchilik, temirchilik, duradgorlik, gilamchilik, kashtachilik, oshpazlik, qandolatpazlik, tabibchilik va boshqa shu kabi ko‘plab kasblarga doir tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qilib kelmoqda. Ilmiy atamalar ham ko‘p asrlik tarixga ega. Chunki ular qomusiy bilimlar egasi bo‘lgan M. Koshg‘ariy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Az-Zamaxshariy, A.Navoiy, Bobur va boshqa bobokalonlarimizning turli fanlarga oid asarlarining yaratilishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan.
Topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing. Ilmiy atamalarni toping va daftaringizga ko‘chiring.
Nyuton halqasi - shisha plastinkaning yassi sirtiga tegib turgan yassiqavariq, linzadan oʻtayotgan yorugʻlikning qaytishi (sinishi) dan hosil boʻlgan interferension halqasimon yoʻllar. Birinchi marta 1675-yilda I. Nyuton kashf qilgan. Halqalar diametri kattalashgan sari ularning zichligi ortadi va halqalar polosasi kengligi, yaʼni ikki qoʻshni halqa orasidagi masofa kichiklashadi. Nyuton halqasi maxsus mikroskopda kuzatilgan.
Mikroskop stolida yassi shisha plastinka joylashgan, uning ustiga egriligi kichik qavariq linza qoʻyilgan. Mikroskopda shisha plastinka tekisligiga perpendikulyar yoʻnalishda kuzatish olib boriladi. Plastinka Nyuton halqasini kuzatishga xalaqit bermaydi, chunki undan yetarli darajada yoruglik oʻtadi. Nyuton halqasi sferik va yassi sirtlarning shaklini toʻgʻrilashni tekshirish va boshqalarda qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |