O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samdu oʻzbekiston-finlandiya pedagogika instituti



Download 1,13 Mb.
bet37/147
Sana07.07.2022
Hajmi1,13 Mb.
#755599
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147
Bog'liq
O\'zbek tilidan MAJMUA. 2021.(4 yillik) tayyori

Savol va topshiriqlar:
1. Matnni ifodali o‘qing va matn mazmunini qisqacha gapirib bering.
2. Spitamenning fazilatlarini aytib bering.
3. Matndagi undoshlarni talaffuzi va imlosiga ko‘ra tahlil qiling.
4. Matn mazmunini o‘zbek tilida va o‘quv tilingizda hikoya qiling.
5. Matndagi eskirgan so‘zlarni daftaringizga yozing va ma’nosini izohlang.
6. Bugungi davrda haqiqiy vatanparvar inson qanday qahramonlik ko‘rsatishi mumkin?
Mustaqil o‘qish uchun
ABU NASR FOROBIY
Abu Nasr al-Forobiy 873-yili Sirdaryo bo‘yidagi Forob shahriga yaqin Vosinch qishlog‘ida harbiy xizmatchi oilasida tug‘ildi. U boshlang‘ich ta’limni Shosh va Buxoro shaharlarida olib, boshqa shaharlarda mashhur olimlardan tahsil olishni davom ettirdi. U Bag‘dodda falsafiy ilmlarni, ayniqsa yunon olimlarining falsafiy merosini, ko‘plab boshqa fanlarni chuqur egalladi. Forobiy ko‘p yillar Damashqda yashab, ilm bilan shug‘ullanadi va 950-yili shu yerda vafot etadi.
Forobiy matematika, tibbiyot, astronomiya, kimyo, mantiq, musiqashunoslik, falsafa va boshqa fanlarga doir 160 dan ortiq ilmiy meros qoldirgan. Ammo ularning atigi qirqqa yaqini bizgacha yetib kelgan. Forobiy asarlarida ijtimoiy masalalar - jamiyatning shakllanishi, rivojlanishi, davlatni boshqarish usullari, san’at, musiqa, etika, siyosat, psixologiya, tabiatshunoslik hamda falsafaga doir nodir ilmiy qarashlar keng yoritilgan. Forobiy tarixda Aristoteldan so‘ng “ikkinchi muallim” deb tan olingan olimdir. Uning asarlari XII asrdan boshlab qadimgi yahudiy va lotin tiliga, keyinroq ingliz, fransuz, nemis, fors, turk, rus, urdu, o‘zbek, qozoq va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Forobiy arab mamlakatlarida mashhur arab mutafakkiri sifatida e’zozlansa, Turkiyada mashhur turkiy olim sifatida yuksak qadrlanib kelingan. Forobiy til o‘rganishdan, kitob mutolaa qilishdan hech charchamagan. Ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilda erkin so‘zlashgan. Bir asarni tushunib yetmagunicha yuz marta o‘qishdan ham zerikmagan. Forobiy Aristotelning barcha falsafiy, tibbiy, ilmiy-nazariy asarlariga, Ptolomeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiziyning ruh va psixologiyaga oid, Evkledning geometriyaga, Galenning tibbiyotga, Platon va Gippokratning asarlariga ilmiy talqinlar yaratgan. XII-XIII asrlarning yirik tarixchisi Bayhaqiy: “Abu Nasr o‘z ta’limoti evaziga “ikkinchi muallim” deb nom olgan. Islomda unga teng keladigan odam dunyoga kelgan emas”, deb yozgan edi.
1970-1971-yillarda Forobiyning ona yurti - O‘rta Osiyoda uning 1100 yillik qutlug‘ sanasi keng nishonlandi. Uning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkazilib, ko‘plab ilmiy ishlar, kitoblar nashr etildi. Hozirgi paytda uning ilmiy merosi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida chuqur o‘rganilmoqda.(Ҳамиджон Ҳомидий. “Кўҳна Шарқ дарғалари”. Бадиий илмий лавҳалар. Тошкент: Шарқ, 2004. 25-б.)



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish