O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 7,16 Mb.
bet44/76
Sana02.07.2022
Hajmi7,16 Mb.
#729975
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Turkiy qatlam: Bash, yo‘rek, b’r, bor (Toshkent Andijon), men (Toshkent), men (Andijon). O‘g‘‘l (Toshkent), og‘ul (Farg‘ona, Andijon), o‘che (Toshkent), ochaq (Farg‘ona), o‘pke (Toshkent), epke (Farg‘ona) o‘re (Toshkent), oraq (Farg‘ona), o‘rdey (Toshkent), erdek (Farg‘ona), chech (Toshkent), chach // chech (Farg‘ona, Andijon), s’r (Toshkent, Farg‘ona), semen (Toshkent), seman (Andijon), ch’chqen (Toshkent), ch’chqan (Andijon), t’ley (Toshkent), tere (Toshkent), taraq (Farg‘ona), tuzlu (Toshkent), uz’m (Toshkent), o‘zo‘m (Farg‘ona), kekre (Toshkent), chug‘urchu (Toshkent), chg‘rchq (Farg‘ona), s’gr // s’y’r (Toshkent, Farg‘ona),' sumey (Toshkent), shumek (Farg‘ona), chushey (Toshkent), toshek (Farg‘ona), qule (Toshkent), qulaq (Farg‘ona Andijon), qudu (Toshkent), qudug‘ (Farg‘ona), qar’sh (Toshkent), p’che (Toshkent), p’chaq (Farg‘ona), eru (Toshkent), ar’q (Farg‘ona), beshuv (Toshkent), besh’k (Farg‘ona), bute (Toshkent), butaq //putaq (Farg‘ona), belchu // belchug‘ (Toshkent), qepqe (Toshkent), qapqaq (Farg‘ona), elme (Toshkent, Farg‘ona), emech// emesh (Toshkent, Farg‘ona), eye, (Toshkent), eyaq (Farg‘ona), eg‘z (Toshkent, Farg‘ona), etuv // o‘tuv (Toshkent), enggey (Toshkent), ‘yek (Farg‘ona), k’gz // k’y’z (Toshkent, Farg‘ona), k’prey (Toshkent), k’rp’k (Farg‘ona), yurpsh (MK. 1, 443), kepeley (Toshkent), kepelek (Farg‘ona), kepaN (MK.1, 149), ‘s’rug‘ (Toshkent), Ksrxq (MK.1.125), jr (Toshkent), rr (MK.1.313), buk’r (Toshkent), bukr’
(Farg‘ona), bo‘kr! (MK. 1.366), bute (Toshkent), butaq (Farg‘ona), butaq // butaq (MK.1.358), b’ley (Toshkent), b’lek (Farg‘ona), bshak (MK.1.366), chuchuv (Toshkent), such1k (MK, 1.382), uneld’ (Toshkent), uyatt (Farg‘ona), uyattx (MK.1, 222), unn’qt’ (Toshkent), unuqt! (MK.1.223), ekt’ (Toshkent, Farg‘ona), eqgs (MK.1. 180), ‘shlend’ (Toshkent), 1shlald1 (MK. 1.290), ye:lad’ // y’g‘led’ // y’g‘led’ (Toshkent), 1g‘la§x(MK, 1, 283), ber’sh-kel’sh (Toshkent), kelsh-baryn
Tabiiyki, lahjadagi o‘zaro yoki yodgorliklar bilan yuz bergan tafovutlar so‘zlarda fonetik o‘zgarishlar, fonetik jarayonlar bilan ko‘proq bog‘liq. Ba’zan so‘zlardagi semantik ma’no munosabati ham o‘zaro tafovutni yuzaga keltirgan.
O‘zlashgan qatlam: O‘zlashgan qatlam nafaqat adabiy tilda, balki lahjalarda ham anchagina bo‘lib, ba’zan ularni aniq qaysi qatlamga tegishliligini aniqlash ham qiyin. Hozirgi o‘zbek adabiy tili va shahar guruh shevalarda shunday o‘zlashgan so‘zlar mavjudki, ular xudsi o‘z qatlamiday bo‘lib ketgan. Masalan, mel (Toshkent, Farg‘ona), adabiy imloda mol (arabcha), m’xnet (Toshkent) adabiy imloda mehnat (arabcha), g‘em (Toshkent), g‘am (Farg‘ona) (arabcha), zer’l (Toshkent) adabiy imloda zarur (arabcha), ez’z (Toshkent, Farg‘ona), adabiy imloda aziz (arabcha), ‘neg‘em (Toshkent), adabiy imloda in’om (arabcha), juvop (Toshkent, Farg‘ona) adabiy imloda javob (arabcha). q’mat (Toshkent), adabiy imloda qimmat (arabcha), next (Toshkent), adabiy imloda naqs (arabcha), um’r (Toshkent) adabiy imloda umr (arabcha), me:lum (Toshkent), adabiy imloda ma’lum (arabcha), xever (Toshkent), adabiy imloda xabar (arabcha), heyven (Toshkent), adabiy imloda hayvon (arabcha), derex (Toshkent), daraq// darax (Andijon, Farg‘ona), adabiy imloda daraxt (tojikcha), leden-neden (Toshkent, Farg‘ona), adabiy imloda nodon (tojikcha), tez (Toshkent, Andijon, Farg‘ona). Adabiy imloda tez (tojikcha), bechere (Toshkent), adabiy imloda bechora (tojikcha), darye (Toshkent), deyre (Andijon). Adabiy imloda daryo (tojikcha), sheher // sheer// she:r (Toshkent), adabiy imloda shahar (tojikcha), dos (Toshkent), adabiy imloda do‘st (tojikcha), nerx (Toshkent), nex (Andijon). Adabiy imloda narx (tojikcha), gosh (Toshkent), adabiy imloda go‘sht (tojikcha), meydon (Toshkent) adabiy imloda maydon (tojikcha), bezer (Toshkent), bezar (Andijon). Adabiy imlode bazor (tojikcha), dekan (Toshkent), deken (Andijon). Adabiy imloda do‘kon (tojikcha), ch’re (Toshkent), ch’raq (Andijon), adabiy imloda chiroq (tojikcha), she^ug (Toshkent), adabiy imloda shogird (tojikcha).
Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar sheva vakillari nutqida xuddi o‘zbekchadek singib ketgan. Masalan: m’xnetch’ (Toshkent) (devletl’ (g‘eyretl’ (xeqs’z (‘xt’yetl’y (rez’l’y (me:murch’l’y (ar.ma’mur+o‘zb-lik), shexepche (hazirgi (ar hozir+o‘zb-gi), en’qlesh(terb’yele (Lahjada arab so‘zlari o‘zagiga tojikcha qo‘shimchalar yoki arabcha va tojikcha aralash qo‘shimchalar qo‘shilgan so‘zlar ham uchraydi. Masalan: beteqat (Toshkent) (< toj. Be-+ ar.toqat), bepah’m (< toj.be- +ar.fahm), belegerden (ves’yetneme (< ar+ toj), qvlegey (< ar+ toj), aslzede (< ar+ toj), qev’shdo‘z (< ar+ toj) va boshqalar.
O‘zbek xalqi bilan tojik xalqi juda uzoq vaqtdan buyon yaqin munosabatda bo‘lganligi sababli o‘zbek tiliga tojik tilidan juda ko‘p so‘zlar o‘zlashgan. SHahar guruh shevalarda ism guruhida va ravish turkumida arabcha so‘zlar anchagina.Masalan: Toshkent shevasida evez (adabiy imloda ovoz), eyne (adabiy imloda oyna), ege: (adabiy imloda ogoh), erem (adabiy imloda orom), erz’ (adabiy imloda orzu), eptev (adabiy imloda oftob), bednem (adabiy imloda badnom), better (imloda battar), bez’m (imloda bazm), bende (imloda banda), beng (imloda bangi), bey (imloda barg), b’yevon (imloda biyobon), begene (imloda begona), bemer (imloda bemor), bechere (imloda bechora), qelender (imloda qalandar), deremat (imloda daromad), desh (imloda dasht), endeze (imloda andoza), end’she (imloda andisha), ermen (imloda armon), ze (imloda zog‘), zeberdes (imloda zabardast), nerven (imloda narvon), kepter (imloda kaptar), gerden (imloda gardon), g’ye (imloda giyoh), gevher (imloda gavhar), lerze (imloda larza), nezen’n (imloda nozanin), nevro‘z (imloda navro‘z), peyendez (imloda poyondoz), peymen (imloda paymon), reven (imloda ravon), revshen (imloda ravshan), teshne (imloda tashna) va boshqalar.
Tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlardan ba’zilari ayrim so‘zlarning qosil bo‘lishiga asos sifatida ham xizmat qiladi. Masalan, duterch’ (< toj.dutor+o‘zb-chi), rehberl’y (toj.rahbar+o‘zb.-lik), xursench’l’y (< toj.xursand+o‘zb-chilik), evrel (peslesh’p (derexs’z (Shahar shevalarida qaratqich kelishigi qo‘shimchasi adabiy tildan farqli ravishda o‘zakning tabiatiga qarab -n’ // -d’ /-t’ shaklida qo‘llaniladi. Masalan: qares’n’ ko‘rsetmay kett’ (Toshkent), s’zn’ ez’y’zge munas’p (And). Ulard’ uch og‘l bar (Andijon) n’chaqt sap’ (Farg‘ona).
Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. Shoabdurahmonov Sh. Karlukskoe narechie uzbekskogo yazja. T.: «Fan» 1983.

  2. Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari. Toshkent. 1962.

  3. Nosirov Sh. O‘zbek tilining Qo‘qon shevasi. Toshkent, 1980.

  4. Ibrohimov S.I. O‘zbek tilining Andijon shevasi. Toshkent, 1967.

  5. Shermatov A. Qashqadaryo o‘zbek shevalari. Toshkent, 1972 .

  6. AlievA.Yu. O‘zbek dialektologiyasidan materiallar. Toshkent, 1991.



14-15-mavzular. Qipchoq, o‘g‘uz lahjasining muhim xususiyatlari
(4 soat
Reja:

  1. Qipchoq lahjasi. Uning eski o‘zbek va qozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati.

  2. Qipchoq lahjasining unlilar tizimi, uning eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati.

  3. Qipchoq lahjasining undoshlar tizimi, uning eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati.

  4. Fonetik jarayonlar.

  5. Ohangdoshlik.

  6. O‘g‘uz lahjasining fonetik xususiyatlari.

  7. O‘guz lahjasining leksikasi.

  8. O‘g‘uz lahjasining morfologik xususiyatlari.

Tayanch tushuncha va iboralar: Qipchoq lahjasi, adabiy til, hozirgi o‘zbek adabiy til, eski o‘zbek tili, qipchoq lahjasi haqida umumiy ma’lumot, tovush va harf munosabati, qipchoq lahjasidagi unlilar tizimi, ularning eski o‘zbek tiliga munosabati, qipchoq lahjasidagi undoshlar tizimi, ularning eski o‘zbek tiliga munosabati, hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati.
Dunyodagi ko‘p tillar va ularning lahjalari munosabatini daraxt va butoqlarga mengzash mumkin bo‘lsa, o‘zbek tili va uning lahjalari o‘rtasidagi munosabatni tizma tog‘larga o‘xshatish mumkin.O‘zbek tili turli mustaqil lahjalarning tadrijiy birikuvi natijasida paydo bo‘lgandir. Dunyo tillari orasida ko‘p lahjaliligi bilan ajralib turuvchi o‘zbek tili hamda uning shevalari o‘rtasidagi munosabatlar haqida turkiy tillar grammatikasining bilimdoni professor E.D. Polivanov o‘z vaqtida shunday yozgan edi:
«O‘zbek tili (o‘zbek dialektlarining bir butun yig‘indisi sifatida) yagona sistemaning, hech qachon amalda bo‘lmagan o‘zbek tilining dialektologik parchalanishi yo‘li bilan emas, balki til sistemalarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan». Darhaqiqat shevashunoslarimizning ko‘p yillik tadqiqotlari o‘zbek umumxalq tili uch yirik mustaqil lahjaning birikuvidan tashkil topganini tasdiqlaydi:

  1. Qorluq-chigil yoki o‘rta o‘zbek lahjasi.

  2. Qipchoq yoki sof o‘zbek (E.D.Polivanov atamasi) lahjasi.

  3. O‘g‘uz lahjasi.

Ko‘pgina tarixiy manbalarda, Turon zaminining kechmishini tasvirlovchi qadimiy qo‘lyozmalarda Dashti Qipchoq fuqarolari o‘zbeklar deb atalganligi bugungi tarixchilarimiz tomonidan ham ta’kidlanmoqda. Ayni paytda, bir qator olimlar tasavvufning turondagi asoschilaridan bo‘lmish Xo‘ja Ahmad Yassaviy asarlarini va badiiy so‘z jozibasining go‘zal namunasi bo‘lmish «Muhabbatnoma» dostonini qipchoq lahjasiga nisbat berib izohlaydilarki, bunday ma’lumotlar, bir jihatdan, qipchoq lahjasining juda qadimiy va keng hududga tarqalganligini ko‘rsatsa, ikkinchidan, uning o‘zbek umumxalq tilini shakllantirishdagi haqiqiy o‘rnini belgilashga ham yordam beradi.
XIII—XIV asarlarda o‘zbek tili taraqqiyotiga qipchoq lahjasining katta ta’siri borligi maxsus lug‘atlarda ham o‘z aksini topgan. Ma’nosi o‘sha qadimiy lug‘atlarda ham izoxlangan chak-chakak, tamaqsov — ochko‘z, satsrov — kar (attuhfa — tuz) singari juda ko‘plab so‘zlarning hozirgacha qipchoq lahjasida keng qo‘llanilishi ham bu lahjaning juda qadimiy, yashovchan va ifoda imkoniyati keng ekanligini ko‘rsatadi. Mavlono Lutfiy, hazrat Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va ular zamondoshi Muhammad Solih singari daho adiblar asarlari tilida qipchoq tili unsurlarining bot-bot uchrab turishini ham qo‘shadigan bo‘lsak, umuman bu guruh lahjalarining eski o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida benihoya katta o‘rin tutganligining guvohi bo‘lamiz.
Aslida, amaldagi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida ham qipchoq lahjasining ta’siri biz tasavvur qilganimizdan bir necha bor kuchliroqdir. Zero, har qanday mahalliy lahja tilning quyi shakli bo‘lib, u adabiy tilning boyishi uchun asos, tuganmas manbadir. Afsuski, bizning tilshunosligimizda tilning taraqqiyotini sun’iy tarzda tezlashtirishga intilish, xuddi mulkni umumlashtirishga shoshilganimiz singari umumiy tilga ega bo‘lishga shoshilish tendensiyasining uzoq vaqt hukmron bo‘lib kelishi natijasida adabiy til mahalliy shevalardan-lahjalardan ajralib qoldi. Aksar hollarda, adabiy til lahjalarga, ayrim mahalliy lahjalar bir-birlariga qarshi qo‘yildi. Bu hol, o‘z navbatida, adabiy tilni har jihatdan kambalg‘allashtiradi, lahjalarni esa, o‘z qiyofasidan mahrum bo‘lish, kishilik xotirasidan unut bo‘lishga sabab bo‘ldi. XX asrning 20—90-yillarida o‘zbek tili, asosan, tashqi omillarga tayanib rivojlandi. Tilimizga rus tili va u orqali Evropa tillaridan juda ko‘plab so‘zlar kirib keldi. Shevadagi minglab ifodalar, o‘zimizning asrlar mobaynida yaratgan milliy boyligimizni chetga surib qo‘yildi. Mana shu nosog‘lom vaziyatni bartaraf qilish kerak bo‘lgan fursat etib keldi. Jumhuriyat hududidagi barcha lahjalarni, jumladan qipchoq lahjasini g‘oyat sinchiklab o‘rganib chiqish va ulardagi ko‘plab so‘zlarni, ideomatik iboralarni adabiy til xazinasiga qo‘shish tilshunoslarimiz oldida turgan eng zarur vazifalardan biridir. Chunki qipchoq lahjalari xususiyatlari ta’kidlanganidek, avvalo eski o‘zbek tilida, o‘sha davrda yaratilgan manbalarda berilgan. Ikkinchidan, boshqa lahjalar kabi qipchoq lahjasi hozirgi o‘zbek adabiy tilini boyitib turibdi. Qipchoq lahjasining barchasida to‘qqiz unlilik tizimi amal qiladi. Bu jihatdan qipchoq lahjasi qipchoq guruhidagi (qozoq, qoraqalpoq, qirgiz kabi)boshqa turkiy tillar bilan umumiylik kasb etadi.
Qipchoq lahjasidagi to‘qqiz unlilik tizimi uning eski turkiy va eski o‘zbek tilining tadrijiy davomi ekanligidan ham dalolat beradi. Chunki eski turkiy va eski o‘zbek tilida ham to‘qqiz unlilik tizimi bo‘lgan.
Bular: i, g, e, a, e, e, o, u, o‘.
E unlisi til oldi, keng, lablanmagan tovush:
0zge, kem, eke, kette, kel, ene, emme kabi. Eski turkiy (edg‘u- yaxshi, eb-uy, sekiz- sakkiz), eski o‘zbek (eylese, ezgeler (Navoiy), shermende liktin, ketmese, kekte ese (Lutfiy)) tillarda ham bu tovush faol bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanilmoqda.
a unli til orqa, keng, lablanmagan unli : al, bar, qal, baba, tag‘a, taq, chaq, ayt. Eski turkiy (adag‘// ayag‘ («Devon»), qag‘an (Devon)), eski o‘zbek (shaftolu, qashu, jan, almag‘a (Lutfiy)) tillarida ham faol bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham so‘zning barcha o‘rnida qatnashadi.

Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish