O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 7,16 Mb.
bet47/76
Sana02.07.2022
Hajmi7,16 Mb.
#729975
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

16-mavzu. Areal lingvistika
Reja:
1.Hozirgi tilshunoslik tarraqiyotida yosh soha areal tilshunoslikning paydo bo'lishi.
2.Turkiy areal tilshunoslik maqsad va vasifalari
3.Lingvistik geografiya
4.Areal lingvistika va til hodisalarini areal aspektda o‘rganish.
5.Til izoglossalarining tasnifi va talqini.
Tayanch so‘z va tushunchalar. Egalik qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari, ko‘plik qo‘shimchalari, qo‘shma otlar, yasama otlar, asliy sifatlar, nisbiy sifatlar.
Tilshunoslik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki davrlar o‘tishi bilan ma’lum bir tilda so‘zlashuvchi etnik guruhlar turli joylarga tarqalib, o‘troqlashadilar. Demak, tillarning ham tarqalish o‘rinlari mavjud. Ularning tarqalish joylarini kartalashtirish imkoni bor. Shunday ekan, tilshunoslik bilan geografiya o‘rtasida qandaydir munosabat bo‘lishi tabi-iy. Bunday munosabat, ayniqsa, muayan lingvistik hodi-salarning tarqalish zonalarini belgilashda, lingvistik va dialektik atlaslar tuzishda yorqin nol1oyon bo‘ladi.
Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday munosabatiga e’tibor qaratilishi natijasida lingvistik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydonga kedsi.
Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida XIX asrning oxirlarida dialektologiyadan o‘sib chiqqan.
Turli tillarda dialektal farqlanishlar haqidagi materiallarning yig’ilishi natijasida bu farqlanishlarning muayyan til hududida mos kelish yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqlash muammosini kemon faktorlariga turlicha munosabatda bo‘lsada, makon faktori lingvogeografiyada ham, dialektologiyada ham bir xil ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, territoriya faktori lingvogeografiyaning asosini tashkil etadi.
Chunki lingvogeografiya keng territoriyaga ega bo‘lishi va bir vaqtda ko‘plab faktlarni qamrab olishi, umumlashtirish hajmining beqiyosligi bilan tasviriy va tahpiliy xususiyatga ega bo‘lgan dialektologiyadan ajralib turadi.
Dialektologiyada ma’lum bir tilning dialektal xususiyatlarini, aniqlash, bu xususiyatlarni aks etgiradigan dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o‘rganiladi. Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o‘tish davri hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya materiallariga asoslanadi. Buni tilning barcha sathlari bo‘yicha kuzatish mumkin. Masalan, «J» va «Y» lashish xususi-yatlariga ko‘ra shevalarning farqlanishi va ularning tarqalish geografiyasini kartada belgilash; hurmat ma’-nosini ifodalashda — larning qo‘llanilish doirasi-ni aniqlash va uni kartaga tushirish; I shaxs ko‘gogak qo‘shimchasi — vuz ning tarqalish o‘rinlarini aniqlash va ularni kartada ko‘rsatish; do‘ppi, takya, kallapo‘sh leksemalarining qo‘llanilishi hududlarini aniqlash va ularni kartada belgilash va boshqa.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, dialektal xususiyatlarni kartalashtirish masalasi geografiyaning topografiya bo‘limi bilan uzviy bog’lanadi va uning yutuq-lariga asoslanadi. Lingvistik geografiada izoglossa va til landshafti tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi.
Mos hodisalarning u yoki bu a’zosi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq izoglossa deyiladi. Muayan bir til uchun ma’lum bo‘lgan izoglossalar yig’indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri til landshafti sanaladi.
Ma’lum bir tilning muayyan hududida tarqalgan izoglossalar yig’indisi yoki «til landshafgi» lingvo-geografiyani o‘rganish obyekti sanaladi.
XX asr insonoyat tarixida o‘zining inqilobiy talofatlari, texnikaviy taraqqiyoti, kimyoviy yangiliklar, jahon urushlariyu ma’naviy ruhiy tanazzullari bilan ham alohida yuz yillikdir.
XIX asrning oxiridan XX asr 30- yillarining oxirigacha katta va kichik milliy- ozodlik harakatlari turkiy o‘lkalarda ham davom etdi.
Bu davrga kelib, rivojlangan kapitalistikdavlatlar imperializm bosqichiga kirib, o‘z milliy mustaqilliklarini kafolatlab, “dunyoni qayta taqsimlash”, mustamlakalarni tortib olish uchun urush chiqarish (Birinchi va ikkinchi jahon urushlari), “yangi mustamlakachilik” yo‘lini tuta boshlagan va bunga javoban Sharqda milliy- ozodlik harakati boshlangan edi: Xitoy, Hindiston, Eron, Afg’oniston, Turkiston, arab mamlakatlari, Janubiy Amerika.
Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning 30 – yillari oxirigacha milliy ozodlik harakati mustamlaka istibdodiga, o‘rta asrchilikka, feodal qoloqlikka qarshi, ma’rifat va mutaraqqiy yo‘lga chiqib olish, islom va shariat islohi uchun kurash asnosida bordi. Turkistondagi milliy ozodlik harakati olti shaklda va g’oyaviy yo‘nalishda namayon bo‘ldi:
Xalq tili milliy til darajasiga ko‘tarila olishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: 1. Sanoat, texnika, fan, ijtimoiy-siyosiy hayot, madaniyat va hokazolar sohasida insoniyatning ilg’or qismi erishgan taraqqiyotni aks ettiruvchi boy lug’at sostaviga ega bo‘lishi lozim. 2. Jamiyatning talabiga javob beruvchi yozuv sistemasi bo‘lishi shart. 3. Adabiy til usullari jamiyat intensiv rivojlanishi talablariga javob berishi kerak. 4. Adabiy tilning jamiyatdagi hal qiluvchi roli yaxshilanishi lozim. 5. Ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan grammatikaga, ilmiy muassasalarga ega bo‘lishi kerak.
Insoniyat XX asrning II yarmidan boshlab uzel- kesil ravishda demokratiya va huquqiy davlat qoidalariga asoslanib, millatlararo, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarini tashkil etishi hatijasida, texnika, texnologiya hamda fan yutuqlarining hayotga keng joriy qilinishi tufayli turkiy milliy tillarning jamiyatdagi ahamiyati yanada oshdi. Milliy tillar qo‘shilib ketishi to‘g’risidagi nazariya o‘zining xato va puch ekanligini ko‘rsatdi.
Mustaqillik sharoitida turkiy milliy tillar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy tillar, yangi sharoit va yangi talablar ta’sirida tabaqalanib, ularning, ayniqsa, xalqaro tillar (ingliz, fransuz, ispan, nemis va rus tillari) ning amaliy ahamiyati yanada oshib bormoqda.
Har bir turkiy millat vakillarida milliy tillar muammolarini to‘g’ri, zamon talablari darajasida tushinish, talqin etish va shunga yarashiq o‘z faoliyatini belgilash katta ahamiyatga egadir. Bu faoliyat uch asosiy yo‘nalish asosida olib borilmoqda:
1. O‘z milliy tilini mukammal bilish, uning adabiy, yozma, og’zaki, sheva shakllarini bilish, ular ustida doim ish olib borish, o‘z lug’at boyligini, notiqlik san’atini, o‘z fikrlarini savodli va erkin ravishda yozma yoki og’zaki turda izhor qila bilishni o‘rgatish.
2. Xalqlar, mamlakatlar, qit’alar va mintaqalar orasida o‘sib, jadallashib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy aloqalar talablarini ko‘zda tutib va shu aloqalarda faol qatnashib, ularning takomillashishiga o‘z ulushini qo‘shmoq uchun xalqaro va mintaqaviy tillarni mukammal bilish, ular yordamida o‘z yurti, o‘z Vatani, uning madaniyati, salohiyati, istiqbollari, tarixi, insoniyat sivilizasiyasi, ya’ni moddiy va ma’naviy madaniyati majmuasiga qo‘shgan hissasi to‘g’risida boshqa millatlarga jahon minbaridan so‘zlab berish.
3. Ilg’or mamlakatlar tajribasiga suyanib, tillarni o‘rganishga xizmat qiladigan turli bir jildli, ko‘p jildli, katta, o‘rta va kichik hajmdagi lug’atlar, so‘zlashgichlar, qo‘llanmalar, darsliklar yaratish va ularni yangilab, to‘latib chop etib borish.
Turkiy xalqlarning adabiy tili qadimgi davrda ham mavjud bulganmi va qaysi manbalarda qayd etilgan, bu manbalar bizgacha etib kelganmi, ular hazirgi turkiy tillarning qaysi biriga yaqinroq kabi savollarning bo‘lishi tabiydir.
Ma’lumki, Turkiyadan to Yaponiyagacha tarqalgan turkiy va mo‘g’ul hamda tungus- manjur tillari guruhlaridan iborat bo‘lgan oltoy tillari oilasi 50 dan ortiq tillarni, qariyb yuzga yaqin dialektlarni o‘z ichiga oladi.
E.D. Polivanov va G. I. Ramstedt oltoy tillari oilasiga koreys va yapon tillarini ham kiritadilar. Bu fikr haqiqatga yaqin, chunki turkiy, mo‘g’ul va tungus – manjur tillari o‘rtasida bir talay o‘xshashliklar va mustarakliklar mavjud. Ana shu o‘xshashlik va mushtarakliklar lingvistik manba bo‘lib xizmat qiladi. B.Ya. Vladimirsov, E.D. Polivanov, N.N. Poppe, G.N. Ramstedt, V.N. Sinsius, O.P. Suniklar oltoy tillari oilasidagi bu o‘xshashliklarning aksariyati azaldan bo‘lganligini, genetik birlik tufayli mavjud ekanligini ko‘rsatsalar, Dj. Klousen, A.M. Shcherbak, G. Dyorfer kabi tilshunoslar mazkur o‘xshashliklarni tillarning o‘zaro ta’siri tufayli sodir bo‘lgan, o‘xshash lingvistik xususiyatlar bir tildan boshqasiga o‘tgan, oltoy tillarida qarindoshlik yo‘q deb hisoblaydilar. To‘g’ri qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning barchasi zarur so‘zlarni “olish - berish” qilib turadi. Shu tufayli turkiy tillardan mo‘g’ul tillariga anchagina turkiy so‘zlar o‘tgan: bo‘lak (buleg), yarim (djarim // zarim), jar (djar // zar), kesik (kesig // xeseg), qonamoq (xanag), qo‘nmoq (qonug’ // xonog), qo‘nolg’a (xonolgo), yara (yara // jara), to‘y (toy) va boshqalar.
Mo‘g’ul tillaridan turkiy tillarga, jumladan o‘zbek tiliga quyidagi so‘zlar o‘tgan: ayimag’ (aymoq), g’unan (g’unon), g’unajin (g’unajin), xoro (qo‘ra), gar (qari), megeje (megajin), mergen (mergan), xuraldax (qurultoy), naran (norin) kabilar.
Lingvistik geografiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tildagi dialektal farqlanishlarni kartalashtirish va dialekgologik atlaslar yaratish bilan bog’liqsir. Bunday atlaslar xilma-xil bo‘lishi mumkin; ayrim huddudni aks etgaruvchi atlaslar, turli sitsemaga mansub bo‘lgan tillarning tarqalishini aks etgaruvchi atlaslar va boshqa.
Lingvistik geografiya XIX asrning 70—80 yillarida dunyoga keldi. Ayrim til hodisalarning hududiy bir-byriga mos kelmaslik holatlarining kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo‘ldi. Bu bilan bog’liq ravishda dialektal chegaralar-ning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P. Meyer, G. Paris kabi olim-lar, umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa chiqardilar. Bu hulosa esa mutaxassislarda e’tiroz tqg’dirdi. Munozara faqat lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish orqaligana xal hilinishi lozim bo‘lib qoldi. 1876-yili Germaniyada G. Venker nemis tilini lingvistik atlasini tuzish uchun materiallar to‘play boshladi.
Uning ishini F. Vrede davom ettirdi. 1926 yilda kartaning bir qismi nashr etildi. 1902—1910 yillarda Fransiyada J. Jilyeron va E. Edmonlar tomonidan «Fransiya lingvistik kartasi» yaratildi. Bu karta roman va german tillari lingvistik geografiyasining rivoji uchun katta ta’sir qildi. Oradar ko‘p o‘tmasdan Shveysariya, Ispaniya, Italiya singari mamlakatlarda lingvistik atlaslar paydo bo‘ldi. Keyinchalik alohida mamlakatning ma’lum viloyatlari, shaharlari, lingvi-stik atlaslar vujudga keldi. Masalan; Shimoliy Italiya shaharlari lingvistik atlasi.
Sho‘rolar davrida xdm lingvistik geografiyaga ma’-lum darajada e’tibor qaratildi.
R. I. Avanesov, V. M. Jirmunskiy, B. A. Larin, F. P. Filin, M. A. Borodina, N. 3. Gadjiyeva singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida katta xizmat qildilar.
Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi.
60-yillardan boshlab turkiyshunoslar ham lingvistik geografiyaga, lingvistik atlas tuzish. muammola-riga diqqatini jalb etdilar. Bu muammoga bagishlangan V. M. Jirmunskiy, M. Sh. Shiraliyev, N. B. Burganov va L. Z. Zalyay, G. B. Bakinova, N. A. Baskakov, L. A. Pokrovskaya, E. V. Severtyan, V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, A. Shermatov singari olimlarning qator asarlari maydonga keldi.
Lekin, afsuski, o‘zbek tilshunosligida bu muammo hanuzgacha poyoniga yetgani yo‘q. Ma’lumki, boshqa sistemadagi (masalan, arab, fors, tojik singari) tillardan kirgan so‘zlarni aniqlashga nisbatan bir leksik sistemadagi bitta til guruhiga mansub tillardagi (chunonchi, turkiy tillardagi yoki turkiy – mo‘g’ul tillaridagi) mushtarak leksemalarning qaysi tilga oidligini aniqlash ancha qiyin. Darhaqiqat, o‘zbek hamda buryat tillarida qo‘llaniladigan quyidagi so‘zlar qaysi tilga tegishli degan savol tug’iladi (birinchi so‘z o‘zbek, ikkinchisi buryat tiliga oid): aka – axa, oltin – altan, olis – als, ola – alag, oqsoq – asax, bog’la – baglaa, o‘rin – oron, tayoq – tayag, o‘choq – ushaag, qudag’ay – xudagi, ko‘k – xuxe, kim – xem, bizlar – bidener, bo‘yoq – budag, yoqa – zaxa, tanish – tanil, o‘gay – uggay, qora – xara, qattiq – xattu, qudiq – xudag va boshqalar.
Xullas, qardosh va noqarindosh oltoy tillaridagi lingvistik manbalarni kuzatish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1) yapon va koreys tillari fonetikasi, leksikasi va morfologiyasida tungus – manjur, turk - mo‘g’ul elementlari mavjud; 2) qadimgi turkiy tillarning oltoy davrida rotasizm, lambdaizm, zetasizm hodisalarining mavjud bo‘lganligi; 3) turkiy tillarning dialektlarida mavjud materiallar; 4) hozirgi turkiy tillarda qadimgi turkiy birliklarning ishtiroki; 5) boshqa til oilalarida uchrovchi turkiy so‘zlar.
Turkiy xalqlarning qadimgi adabiy tilini o‘zida qamrab olgan juda ko‘p nodir yozma obidalar mavjud bo‘lib, ularning ko'plari bizgacha etib kelgan. Ular turli yozuvlarda bitilgan bo'lib, har xil nomlar bilan atalib kelinmoqda.
Qadimgi turkiy obidalarni turkiy tillarning birontasiga tegishli deb bulmaydi.
Run yozividagi obidalar katta territoriyaga tarqalgan bo'lib, ular XVIII asrda shved ofiseri F.I. Tabbert-Stralenberg va rus ofiseri S.E. Remezov tomonidan topiladi. Bu yozma obidalar feodal hukmdorlar va ularning qarindoshlari qabri ustiga qo'yilgan toshlar, tayoqlar va qoyalarda saqlangan.Uyg’urlar hukmronligi davrida (VIII asr) run yozuvi uyg’ur yozuvi bilan almashtiriladi. Uyg’ur yozuvi oromey yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, mo‘g’ullarga va ulardan manjurlarga o‘tadi. Uyg’ur yozuvi VI asrdan XV asrgacha turkiy xalqlar va XVIII asrgacha buddistlar orasida ishlatildi.
Uyg’ur yozuvi va tili keyingi davrda shakllangan qoraxoniylar davri adabiy tiliga (X-XII asrlar), o‘g’uz-qipchoq adabiy tiliga (XII-XIV asrlar), chig’atoy tiliga (XIII-XIV asrlar), eski o‘zbek tiliga (XV-XIX asrlar), eski turkman tiliga (XVII-XIX asrlar) ma’lum darajada ta’sir qildi.
XI-XV asrlarga oid ko‘pgina yirik asarlar uyg’ur yozuvida ko‘chirilgan. Masalan, “Me’rojnoma”, “Baxtiyornoma”, “O‘g’uznoma”, “Tazkirai avliyo” kabi.
Sharqshunos olimlardan A. Shteyn, P. Pellio, N. Otani kabilar VI-XII asrlarga oid turk, so‘g’d, sak, toxar, eftalit, tibet xalqlarining madaniy merosiga tegishli manbalarni qo‘lga kiritdilar. Hozirgi paytda ularning katta qismi Berlin va Mayns da saqlanmoqda.
Bu davr adabiy tilining yozma namunalariga XI-XII asrlarda yaratilgan yodnomalar kiradi. Qoraxoniylar davri obidalari uyg’ur va arab yozuvida bitilgan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostoni 1069 yilda, Qoshg’arda yozilgan va qoraxoniy hukmdor Tavg’och Bug’raxonga taqdim etilgan. Dostonning bizgacha Vena, Qohira va Namangan nusxasi deb atalgan uch qo‘lyozma nusxasi etib kelgan. Vena nusxasi uyg’ur yozuvida bitilgan bo‘lib, bu nusxa 1870 yilda G. Vamberi tomonidan, 1890 yilda V.V. Radlov tomonidan nashr etiladi. 1910 yilda Qohira va Vena nusxalari asosida nemis tiliga tarjima qilib nashr etiladi.
Asarning Qohira nusxasi 1897 yilda topilgan bo‘lib, u arab yozuvidadur. Eng mukammal va nodir qo‘lyozma nusxasi 1914 yili Namanganda topildi. Bu uchala qo‘lyozma turk tili jamiyati tomonidan 1941-1943 yillarda facsimile usulida nashr qilinadi. 1947 yili R. Arat “Qutadg’u bilig”ning ilmiy-tanqidiy matni va turk tiliga tarjimasini chop qildiradi.
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari 1072-1083 yillar orasida yozilgan. “Devon” Turkiyaning Diyorbakir shahridan 1914 yilda topiladi va 1914-1917 yillari Kilisli Rifat muharrirligida uch qismdan iborat qilib Istambulda nashr etiladi.
1930-1941 yillari uch kitob holida Bosim Atalay tarjimasida usmonli turk tilida bosilib chiqadi. 1943 yilda Anqarada “Devon”ning ko‘rsatkichini arab yozuvida nashrga tayyorladi. “Devon” 1960-1963 yillarda S. Mutallibov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildi. Shu tarjima asosida 1967 yilda asarning indeks-lug’ati chop qilindi.
Areal lotincha agea «maydon», «kenglik» so‘zidan olingan. Areal lingvistika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, lingvistik hodisalarning muayyan kenglikda tarqalishini va tillararo (dialektlararo) munosabatni lingvistik geografiya metodlari asosida o‘rganadi.
Areal linvgistikaning asosiy vazifasi til xususiyatlarining hududiy bo‘linishini tavsiflash va izogolossalarni talqin qilishdan iboratdir. Natijada dialektlar, tillar va areal jamoalar (til ittifoqpa-ri) o‘rtasida o‘zaro ta’sir maydonlary (areallari) aniqianadi.
Areal lingvistika atamasi tilshunoslikka M. J. Bartoli va Dj. Viddassi tomonidan 1943 yilda olib kirildi. Uning asosiy tamoyillari 1925 yildayoq M. Bartoli tomonidan olg’a surilgan.
Areal lingvistika lingvistik geografiya va dialektologiya bilan chambarchas bog’liqdir.
Uning markaziy tushunchasi til yoki dialekt arealidir. Boshqacha aytganda, ayrim likngvistik hodisalar-ning tarqalish chegarasi va ularning yig’indisidir. Shuningdek, areal atamasi ayrim gallar va tillar guruhining tarqalish chegarasini ifodalash uchun ham qo‘llaniladi. Masalan turkiy areal, hind-ovrusa area-li va boshq.
Areal lingvistikani yana bir markaziy tushunchasi izoglossadir.
Tilning barcha sathlari uchun bu tushuncha xarakterli bo‘lib, sathlararo yana konkretroq atamalar bilan farqlanadi: fonetik izoglossalar uchun izofonlar, lek-sik izoglossalar uchun izolekslar, semantik taraqqiyot uchun izosemlar va boshq.
Izoglossalar bog’liq va konvergent izoglossalarga bo‘linadi. Bularning birinchisi bir genetik umumiylikka ega bo‘lgan tillarda rivojlanadi va ularni tiklash uchun qiyosiy — genetik tadqiqotlar usulidan foydalaniladi.
Konvertgent izoglossalar esa uzoq davrlar bir hududda yaqin aloqada bo‘lish natijasida areal umumiylikning vujudga kelishi asosida hosil bo‘ladi. Bunday izoglossalar tipologik tahlil usullari asosida aniq-lanadi.
Areal lingvistikaning shakllanishida dialektologik va lingvistik atlaslar katta xizmat qildi.
Areal lingvistikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida A. Meye, Bartoli, B. A. Terrachini, Dj. Bon-fante, V. Pizani singari olimlarning hizmati aloxida ajralib turadi. Ular ushbu yo‘nalishning nazariy asoslarini, tushunchaviy apparatini belgilab berdi-lar.
Turkiy tillarni areal nuqgai nazardan o‘rganishda N. Z. Gadjiyeva, A. B. Jo‘rayev singari olimlarning xizmatlari katta. Ayniqsa A. B. Jo‘rayevning o‘zbek tilini areal o‘rganishning nazariy asoslarini belgilab berishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.
Yozuv madaniyati tarixiga nazar tashlansa, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar ichida yagona alifbo bilan cheklanib qolgan ulusning o‘zi yo‘q. chunonchi, sug’d tili o‘z tarixi mobaynida oromey, milliy sug’d, money, suryoniy yozuvlaridan foydalangan. Qadimgi xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbolari amalda bo‘lgan. Bular ba’zi ishlarda “Avesto” tili, qadimgi Xorazm tili va yozuvi, Baktriya tili va yozuvi, sug’d tili va yozuvi, sak tili va yozuvi degan nom bilan ataladi.
Turkiy xalqlarning ota – bobolari esa oromey yozuvidan foydalanganlar. Bu yozuvda 22 harf bo‘lib unda qadimgi turklarning “Bilgamish” dostoni yozilgan. 1840 yilda ingliz arxeologi Leyard Osuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o‘rganish jarayonida 20 ming sopol kitobga ega bo‘lgan kutubxonani qo‘lga kiritdi. Ana shu sopol kitoblarda “Bilgamish” dostoni yozilgan.
Turk – run (sak tili va yozuvi) yozuvidan foydalanganlar. Bu yozuv oromey yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, unda 26 harf mavjud. Dastlabki paleografik kuzatuvlar turk – run alifbosi old Osiyo yozuvlariga o‘zakdosh bo‘lgan qadimgi somiy – finikiy yozuvlari bilan ayrim jihatdan bog’liqligi tasdiqlanmoqda. Bu, bir tomondan, qadimgi turklarning old Osiyo madaniyati bilan uzviy aloqada bo‘lganligini ko‘rsatsa, ikkinchidan, bu o‘lkadan kelib chiqqan fonetik yozuvlarning shakllanuvida ularning ham ulushi katta bo‘lganligidan dalolat beradi.
Tadqiqotlar va izlanishlar O‘zbekistonda yangi – yangi turkiy bitiklar topilishiga olib kelmoqda. 1988 yili O‘zFA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan Lo‘mbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni 60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan Lo‘mbitepa. Ushbu yodgorlikda ko‘plab ashyoviy topilmalar qatori qadimgi turkiy yozuviga daxldor muhim obida topildi. Bu obida bo'yi 20 sm. dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuqtasi bo‘yin qismi tor xumcha bo‘lib, uning og’zi labidan elkasigacha birlashuvi bir yoqlama ushlagichi, bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo‘nalgan qadimiy turkiy bitik o‘yib tushirilgan. Bitik idish xumdonda pishirilishidan oldin bitilgan. Bitik harflarining paleografik qiyofasi ma’lum yodgorliklar orasida bir qadar qadimiy ko‘rinishda.
Lo‘mbitepa turkiy bitigining ilmiy talqiniga o‘tishdan hozircha o‘zimizni tiyib, bitik haqida o‘zimizning quyidagi xulosamizni aytishni lozim topdik.
Lo‘mbitepadan topilgan qadimgi turkiy bitik Urxun – Enasoy turkiy obidalaridan yosh jihatdan eramizdan oldingi davrga tegishlidir. Bu topilma qadimgi turkiy bitiklar ro‘yxatini va ular topilgan joylar jug’rofiyasini kutilmaganda boyitdi. Ajab emaski, Lo‘mbitepa bitigi I turk xoqonligi va undan g’arbiy turk xoqonligi ajralgan davrga oiddir. Buni arxeologik qatlamlar tasdiqlamoqda. Xullas turkiy yozuv Urxun – Enasoy tomondan g’arbga emas (bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor) Sharq tomon tarqalgandir. Bu o‘lkalarda uning yodgorliklari kamligi esa islom davrida qadimgi yozuvlarga salbiy munosabat, arabiy yozuvning qaror topishi bilan bog’liq bo‘lsa kerak.
Tilshunoslik geografiya bilan ham uzviy aloqadadir. Chunki davrlar o‘tishi bilan ma’lum bir tilda so‘zlashuvchi etnik guruhlar turli joylarga tarqalib, o‘troqlashadilar. Demak, tillarning ham tarqalish o‘rinlari mavjud. Ularning tarqalish joylarini kartalashtirish imkoni bor. Shunday ekan, tilshunoslik bilan geografiya o‘rtasida qandaydir munosabat bo‘lishi tabi-iy. Bunday munosabat, ayniqsa, muayan lingvistik hodi-salarning tarqalish zonalarini belgilashda, lingvis-tik va dialektik atlaslar tuzishda yorqin nol1oyon bo‘ladi.
Tilshunoslik bilan geografiyaning ana shunday mu-nosabatiga e’tibor qaratilishi natijasida lingvis-tik geografiya yoki lingvogeografiya va areal lingvistika maydonga kedsi.
Lingvistik geografiya lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini o‘rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida XIX asrning oxirlarida dialek-tologiyadan o‘sib chiqsi.
Turli tillarda dialektal farqlanishlar havdsagi materiallarning yig’ilishi natijasida bu farqlanishlarning muayyan til hududida mos kelish yoki mos kelmaslik chegaralarini aniqlash muammosini kemon faktorlariga turlicha munosabatda bo‘lsada, ma-kon faktori lingvogeografiyada ham, dialektologiyada ham bir xil ahamiyat kasb etadi. Dyniqsa, territoriya faktori lingvogeografiyaning asosini tashkil etadi.
Chunki lingvogeografiya keng territoriyaga ega bo‘lishi va bir vaqgda ko‘plab faktlarni qamrab olishi, umumlashtirish hajmining beqiyosligi bilan tasviriy va tahpiliy xususiyatga ega bo‘lgan dialektologiyadan ajralib turadi.
Dialektologiyada ma’lum bir tilning dialektal xususiyatlarini, aniqlash, bu xususiyatlarni aks etgiradigan dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o‘rganiladi. Dialektal atlaslar tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o‘tish davri hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya material-lariga asoslanadi. Buni tilning barcha sathlari bo‘yicha kuzatish mumkin. Masalan, «J» va «Y» lashish xususi-yatlariga ko‘ra shevalarning farqlanishi va ularning tarqalish geografiyasini kartada belgilash; hurmat ma’-nosini ifodalashda — larning qo‘llanilish doirasi-ni aniqlash va uni kartaga tushirish; I shaxs ko‘gogak qo‘shimchasi — vuz ning tarqalish o‘rinlarini aniqlash va ularni kartada ko‘rsatish; do‘ppi, takya, kallapo‘sh leksemalarining qo‘llanilishi hududlarini aniqlash va ularni kartada belgilash va boshqa.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, dialektal xususi-yatlarni kartalashtirish masalasi geografiyaning topografiya bo‘limi bilan uzviy bog’lanadi va uning yutuq-lariga asoslanadi. Lingvistik geografiada izoglossa va til landshafti tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi.
Mos hodisalarning u yoki bu a’zosi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq izoglossa deyiladi. Muayan bir til uchun ma’lum bo‘lgan izoglossalar yig’indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri til landshafti sanaladi.
Ma’lum bir tilning muayyan hududida tarqalgan izoglossalar yig’indisi yoki «til landshafgi» lingvo-geografiyani o‘rganish obyekti sanaladi.
Lingvistik geografiyaning paydo bo‘lishi va ri-vojlanishi tildagi dialektal farqlanishlarni kartalashtirish va dialekgologik atlaslar yaratish bilan bog’liqsir. Bunday atlaslar xilma-xil bo‘lishi mumkin; ayrim huddudni aks etgaruvchi atlaslar, turli sitsemaga mansub bo‘lgan tillarning tarqalishini aks etgaruvchi atlaslar va boshqa.
Lingvistik geografiya XIX asrning 70—80 yilla-rida dunyoga keldi. Ayrim til hodisalarning hududiy bir-byriga mos kelmaslik holatlarining kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo‘ldi. Bu bilan bog’liq ravishda dialektal chegaralar-ning mavjud emasligi haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P. Meyer, G. Paris kabi olim-lar, umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa chiqardilar. Bu hulosa esa mutaxassislarda e’tiroz tqg’dirdi. Munozara faqat lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish orqaligana xal hilinishi lozim bo‘lib qoldi. 1876 yshsh Germaniyada G. Venker nemis tilini lingvistik atlasini tuzish uchun materiallar to‘play boshladi.
Uning ishini F. Vrede davom ettirdi. 1926 yilda kartaning bir qismi nashr etildi. 1902—1910 yillarda Fransiyada J. Jilyeron va E. Edmonlar tomonidan «Fransiya lingvistik kartasi» yaratildi. Bu karta ro-man va german tillari lingvistik geografiyasining rivoji uchun katta ta’sir qildi. Oradar ko‘p o‘tmasdan Shveysariya, Ispaniya, Italiya singari mamlakatlarda lingvistik atlaslar paydo bo‘ldi. Keyinchalik alohida mamlakatning ma’lum viloyatlari, shaharlari, lingvi-stik atlaslar vujudga keldi. Masalan; Shimoliy Ita-liya shaharlari lingvistik atlasi.
Sho‘rolar davrida xdm lingvistik geografiyaga ma’-lum darajada e’tibor qaratildi.
R. I. Avanesov, V. M. Jirmunskiy, B. A. Larin, F. P. Filin, M. A. Borodina, N. 3. Gadjiyeva singari olimlar lingvistik geografiyaning shakllanishi va rivojlanishida katta xizmat qildilar.
Demak, lingvistik geografiya dialektologiya materiallariga tayanadi.
60-yillardan boshlab turkiyshunoslar ham lingvistik geografiyaga, lingvistik atlas tuzish. muammola-riga diqqatini jalb etdilar. Bu muammoga bagishlangan V. M. Jirmunskiy, M. Sh. Shiraliyev, N. B. Burganov va L. 3. Zalyay, G. B. Bakinova, N. A. Baskakov, L. A. Pokrovskaya, E. V. Severtyan, V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, A. Shermatov singari olimlarning qator asarlari maydonga keldi.
Lekin, afsuski, o‘zbek tilshunosligida bu muammo hanuzgacha poyoniga yetgani yo‘q.
Areal lingvistika
Areal lotincha agea «maydon», «kenglik» so‘zidan olingan. Areal lingvistika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, lingvistik hodisalarning muayyan kenglikda tarqalishini va tillararo (dialektlararo) munosabatni lingvistik geografiya metodlari asosida o‘rganadi.
Areal linvgistikaning asosiy vazifasi til xususiyatlarining hududiy bo‘linishini tavsiflash va izogolossalarni talqin qilishdan iboratdir. Natijada dialektlar, tillar va areal jamoalar (til ittifoqpa-ri) o‘rtasida o‘zaro ta’sir maydonlaro (areallari) aniqianadi.
Areal lingvistika atamasi tilshunoslikka M. J. Bartoli va Dj. Viddassi tomonidan 1943 yilda olib kirildi. Uning asosiy tamoyillari 1925 yildayoq M. Bartoli tomonidan olg’a surilgan.
Areal lingvistika lingvistik geografiya va dialektologiya bilan chambarchas bog’liqsir.
Uning markaziy tushunchasi til yoki dialekt arealidir. Boshqacha aytganda, ayrim likngvistik hodisalar-ning tarqalish chegarasi va ularning yig’indisidir. Shuningdek, areal atamasi ayrim gallar va tillar guruhining tarqalish chegarasini ifodalash uchun ham qo‘llaniladi. Masalan turkiy areal, hind-ovrusa area-li va boshq.
Areal lingvistikani yana bir markaziy tushunchasi izoglossadir.
Tilning barcha sathlari uchun bu tushuncha xarakterli bo‘lib, sathlararo yana konkretroq atamalar bilan farqlanadi: fonetik izoglossalar uchun izofonlar, lek-sik izoglossalar uchun izolekslar, semantik taraqqiyot uchun izosemlar va boshq.
Izoglossalar bog’lyq va konvergent izoglossalarga bo‘linadi. Bularning birinchisi bir genetik umumiy-likka ega bo‘lgan tillarda rivojlanadi va ularni tiklash uchun qiyosiy — genetik tadqiqotlar usulidan foy-dalaniladi.
Konvertgent izoglossalar esa uzoq davrlar bir hududda yaqin aloqada bo‘lish natijasida areal umumiylikning vujudga kelishi asosida hosil bo‘ladi. Bunday izoglossalar tipologik tahlil usullari asosida aniq-lanadi.
Areal lingvistikaning shakllanishida dialektologik va lingvistik atlaslar katta xizmat qildi.
Areal lingvistikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishida A. Meye, Bartoli, B. A. Terrachini, Dj. Bon-fante, V. Pizani singari olimlarning hizmati aloxida ajralib turadi. Ular ushbu yo‘nalishning nazariy asoslarini, tushunchaviy apparatini belgilab berdi-lar.
Turkiy tillarni areal nuqtai nazardan o‘rganishda N. 3. Gadjiyeva, A. B. Jo‘rayev singari olimlarning xizmatlari katta. Ayniqsa A. B. Jo‘rayevning o‘zbek tilini areal o‘rganishning nazariy asoslarini belgilab be-rishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.



Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish