AN’ANAVIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzilishining ichki munosabatlarini, bog‘liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so‘zlashuvchi jamoa bilan aloqasi kabi masalalarni o‘rganishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yo‘nalishlar. Bu yo‘nalishlarga strukturalizm o‘zini qarama-qarshi qo‘yadi.
AREAL. (lot. arealisAREAL LINGVISTIKA. 1. Tilshunoslikning lingvistik areallarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi sohasi. 2. Tilshunoslikda lingvistik areallarni o‘rganishga alohida e’tibor beruvchi yo‘nalish.
ASSIMILATSIYA. Unli va undoshlarning o‘xshab ketishi yoki bir-biriga singib ketishi.
DESKRIPTIV LINGVISTIKA. (ingl. deskriptive – tasviriy). Hozirgi tilshunoslikda amerika strukturalizmi deb nomlanuvchi yo‘nalish. Bu yo‘nalish til tuzilishi shakliy unsurlarini distributiv metod asosida o‘rganadi.
DIAKRITIK BELGI. Harflarga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladigan belgilar, ishoralar.
DIALEKT. (yun. dialektos–sheva, lahja). Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam bo‘lgan, biroq (xududiy) kasb-xunar va b. jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan qo‘llanadigan ko‘rinishi. Q Kasb-xunar leksikasi. Sosial dialekt, Maxalliy (hududiy) dialekt. qiyos. Lahja, Sheva.
DIALEKT. (yun. sheva). Sheva, so‘zlashish degan ma’nolarni bildiradi va aksariyat til xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan shevalarni birlashtiruvchi so‘zdir.
DIALEKTAL SO‘Z. Ma’lum shevagagina xos bo‘lgan so‘z.
DIALEKTAL LUG’AT. Tilning dialekt va shevalariga xos – fonetik yoki ma’no jihatdan adabiy tildagidan farq qiladigan so‘zlarni qayd etadigan lug’at (Mas., «O‘zbek xalq shevalari lug’ati». «Fan» nashrnyoti, Toshkent, 1971).
DIALEKTIZMLAR. Biror dialektga xos bo‘lgan til birliklari.
DIALEKTOLOGIK ATLAS. – q. Lingvistik atlas.
DIALEKTOLOGIK LUG’AT – q. Dialektal lug’at.
DIALEKTOLOGIK XARITA. Biror tilning dialekt, lahja va shevalariiing geografik joylashuvini ko‘rsatuvchi xarita.
DIALEKTOLOGIYA. (yun. dialektos–sheva, laxja+logos tushuncha, ta’limot). Tilshunoslnkning dialekt, lahja va shevalarni o‘rganuvchi bo‘limi.
DIVERGENSIYA. 1. O‘zgarishga sabab bo‘ladigan pozision sharoitlarning yo‘qolishi natijasida fonema variantlarining fonologizasiyalanishi, bir fonemaning ikki fonemaga ajralishi.
2. Tovushlarning pozision holatga ko‘ra birdan ortiq tovushga bo‘linishi.
DIFFERENSIASIYA. (lot. diferentia–farqlanish). 1. Til birliklarining shakl, mazmun va boshqa jihatdan o‘zaro ajralishi, qatlamlanishi. Mas., artmoq va archmoq fe’llarining fonetik va ma’no jihatdan o‘zaro alohidalanishi; ishlar, kelar fe’l shaklining gumon ifodalovchi shaklga aylanishi uning ishlaydi, keladi shakli bilan differensiyalanishi natijasidir.
2. Til evolyusiyasining xususiyatlaridan biri bo‘lib, buning ta’sirida til lahjalari o‘rtasida noo‘xshashliklar vujudga kelib, ular mustaqil tillarga aylanadi. Qiyos. Integrasiya.
DIFFUZ TOVUSHLAR. Bir-biridan ajralmas, bir-biriga singib ketgan tovushlar
Do'stlaringiz bilan baham: |