O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti roman german tillari fakulteti


Leksik va gramatik ma’nolar haqida



Download 384,61 Kb.
bet6/8
Sana01.07.2022
Hajmi384,61 Kb.
#726307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-kurs ishi Dilobar

2.1. Leksik va gramatik ma’nolar haqida
Leksik mano tilshunoslikning leksikologiya sohasida o‘rganiladi. Leksikologiya grekcha (leksikos)"lug'at" (so‘z)ga, oid (logos) "ta'limot", "fikr" kabi tushunchalarni anglatadi. Leksikologiya tilshunoslikning lug'at tarkibini tekshiradigan bo‘limidir. Nemis tili leksikologiyasi esa nemis tili lug'at boyligini o‘rganadi. Demak, tildagi so‘zlar yig'indisi leksika va uni o‘rganuvchi ta'limot esa leksikologiya deb yuritiladi. Turg'un iboralar ham o‘z xususiyatiga ko‘ra leksikologiyada tekshiriladi. Leksikologiya jamiyat taraqqiyoti bilan lug‘at boyligi o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik, til leksik sistemasining qurilishi va ushbu sistema elementlarining bir-biri bilan ko‘p qirrali munosabatlari xamda ularning ma‘no turlarini o‘rganadi.
Grammatik ma'no so‘zning shakliy ma'nosidir. Masalan, kitoblar so‘zida grammatik ko‘plik ma'nosi mavjud bo‘lsa, kitobning so‘zida kelishik ma'nosi mavjud. Grammatik ma'no o‘zaro munosabatlarni ifodalashi bilan birga so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan ma'nolarni ham o‘zida birlashtiradi. Masalan, ―biz a'lo o‘qish uchun harakat qilamiz‖ gapidagi egalik, shaxs-son va zamon ma'nolari munosabatni anglatsa, kitobning, uyga, darsdan so‘zlaridagi qo‘shimchalar ushbu so‘zlar uchun umumiy ma'no - kelishik ma'nosidir. Lug'aviy ma'noga qo‘shimcha ravishda bu xildagi turli ma'nolarning ifodalanishi grammatik ma'no deyiladi. Grammatik ma'no umumiydir. Jumladan, otlardagi egalik, kelishik, ko‘plik ma'nolari grammatik ma'nolardir.
Grammatik ma’no va leksik ma’no bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi:
1. Nominativ funksiyaga ega yoki ega emasligi bilan. Grammatik shakllar
nominativ funksiyani bilvosita bajarishi mumkin yoki umuman bajarmasligi ham
mumkin. Ular borliqdagi ob’ektlarga bilvosita ishora etishlari yoki ishora etmasligi
ham mumkin.
Leksik ma’no so‘zning lug‘aviy ma’nosidir. Uning tarkibi predmetlarni
nomlash, belgi harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish vash u
kabilardan iborat. Grammatik ma’no leksik ma’noning kategorial libosidir. Masalan,
otlardagi rod, son, aniqlik va noaniqlik kategoriyalar, fe’llardagi zamon, mayl nisbat
shaxs va son kategoriyalari leksik ma’noni konkretlashtiradi. Ularning formal
ma’nolari esa so‘z orasidagi munosatlarni ko‘rsatadi.
2. Kategorial ma’noga ega yoki ega emasligi bilan. Grammatik ma’noning
ko‘lami leksik ma’nonikiga nisbatan ancha keng va mavhumdir. Grammatik
ma’noning ko‘lami Leksik ma’nonikiga nisbatan ancha keng va mavhumdir.
3. Anglashilgan ma’noning ko‘lami bilan. Leksik ma’no alohida olingan
so‘zlarda yoki so‘zlar guruhida ifodalanishi mumkin. Grammatik ma’no esa
so‘zlarning butun bir turkumidan yoki turkumdosh so‘zlarning aksariyatidan anglab
olinadi.
4. Grammatik ma’noning muqarrarligi bilan. Grammatik ma’nolar so‘zlarning
lug‘aviy ma’nolariga shunchaki qo‘shilib keladigan ma’nolar emas.Binobarin, iatlyan
tilida ot rod, son, aniqlik, noaniqlik grammatik kategoriyalarisiz, fe’l esa shaxs, son,
mayl, zamon, nisbat kategoriyalarisiz tasavvur qilinmaydi. Muqarrar kategoriyalar
majmuasi so‘zning grammatik formasini tashkil etadi.
5. So‘z referensial tabiatining o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligi bilan. So‘zga
grammatik unsur qo‘shilishi bilan so‘zning leksik ma’nosi o‘zgarmaydi va u
avvalgiday moddiy borliqdagi o‘sha ob’ektni anglataveradi. Lekin, biror bir leksik
element so‘zga qo‘shilsa, uning ma’nosi o‘zgaradi va uboshqa referentga ishora
qiladi.
6. Grammatik ma’nolar doirasining cheklanganligi. So‘zda grammatik
ma’nolar soni cheklangan bo‘lishi lozim. Chunki so‘zda qo‘shimcha grammatik
ma’no gavdalansa, ularga xos grammatik ma’nolar soni ham oshib ketadi va natijada
muloqotning qiyinlashishiga olib keladi. Zero, leksik ma’no cheksiz ekan, grammatik
ma’no cheklangan bo‘lishi lozim.
Ushbu bo‘limga xulosa tariqasida shuni ta’kidlash lozimki, grammatik
kategoriya tushunchasini anglab etish uchun avvalo, tildagi leksik va grammtik
ma’no tushunchalarini farqlash lozim bo‘ladi. Ularning o‘rtasidagi o‘zaro farqni
to‘g‘ri tushunib etgandan so‘nggina grammatik kategoriya tushunchasini idrok qilish
mumkin bo‘ladi. Binobarin, tilda grammatik kategoriya grammatik ma’no va
grammatik shakl yig‘indisidan kelib chiqadi.


Download 384,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish