O'zbеkiston rеspublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti roman german tillari fakulteti


Maqol, matal va hikmatli so’zlarning oʻxshash va farqli tomonlari



Download 384,61 Kb.
bet4/8
Sana01.07.2022
Hajmi384,61 Kb.
#726307
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-kurs ishi Dilobar

Maqol, matal va hikmatli so’zlarning oʻxshash va farqli tomonlari



Xalq asrlar mobaynida to’plagan hayotiy tajribasini turli vositalar yordamida kelajak avlodlarga me’ros qilib qoldiradi. Maqollar, hikmatli so’z va matallar ana shunday bebaho meros namunasi hisoblanadi. Ular zamonlar osha, xalq donishmandligini muhim manbasi sifatida og’izdan – og’izga o’tib, sayqallanib kelgan. Maqollar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari singari, har bir xalqning milliy adabiy va madaniy boyligi hisoblanadi. Ular xalqning milliy madaniy xususiyatlari va uning qirralarini dunyoqarashi, axloqiy me’yor va prinsiplarini, an’ana va qadriyatlarini, millatning ruhiy holatini to’liq ifodalaydi, hamda jamiyatning, ayniqsa, ertangi kun egasi bo’lgan yoshlar ongini o’stirishda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan hikmatli so’zlar ham yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini, tafakkurini boyitishda muhim vositalardan biri hisoblamadi. Ana shunday – boy ma’naviy, madaniy intelektual mulklarga matallar hikmatli so’z va maqollar kiradi. Maqollar xalqning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan teran fikrlarning aniq va ixcham ifodasi sifatida chuqur mazmunga ega bo’lgan alohida janr hisoblanadi. Hikmatli so’z esa buyuk shaxslar tomonidan xalqning turmushi, hayotiy tajribalarga asoslanib yaratilgan, aksariyati odob –axloq masalasiga qaratilgan jumlalardir.
Dunyoda tarkibida maqollar bo’lmagan birorta ham til yo’q. Maqollar haqida berilgan ta’rifda ham shu xususiyatni ko’rish mumkin. “Maqollar - deyiladi “O’zbek tilining izohli lug’atida”, - hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand- nasihat mazmuniga ega bo’lgan ixcham obrazli va hikmatli ibora, gap” hisoblanadi.
Yurtboshimiz shunday deya ta’kidlagan edilar: “Odamzot bor ekan, millat bor ekan, shu millatni ifoda qiladigan , asrlar mobaynida qandaydir muqaddas darajaga ko’tarilib qolgan alomat xususiyatlar ham u bilan birga yashaydi”.
Darhaqiqat, o’zbek xalqining qon – qoniga singib ketgan hikmatlar, maqollar va matallar ham asrlar mobaynida xalq bilan birga yashaydi. Ayniqsa, o’zbek xalq maqollarida uchraydigan insoniylik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va ishyoqmaslik, halollik va tekinxo’rlik, to’g’ri va egrilik, yaxshilik va yomonlik, adolat, insof va insofsizlik, do’stlik va dushmanlik, botirlik va qo’rqoqlik, ilmlilik va ilmsizlik, xushyorlik va ehtiyotsizlik kabi g’oyalar nafaqat o’tmish avlodlarimizni, balki kelajak avlod yoshlarimizni tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. O’zbek xalq maqollarida g’oyalar o’ziga xos tarzda o’z aksini topgan bo’lib, ular o’rtasidagi dialektik munosabatdan kelib chiqib yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga doimiy e’tibor qaratilgan. Shuningdek, matallar va hikmatli so’zlarda ham kelajak avlodni ilmlilik va birlikka, odob va axloqqa, ta’lim va tarbiyaga, xayrli ishlar qilishga undovchi da’vatlar o’z aksini topgan.
Maqol, matal, hikmatli so’z kabi noyob ma’naviy, madaniy merosdan yosh avlodni tarbiya qilish targ’ibotida unumli va ta’sirli foydalanish bugungi kunning eng muhim talablaridan biridir.
“Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo,
Illat izlaganga illatdur dunyo.”
Hikmatli so’z, maqol, matallarning o’zi nima? Ular qanday lug’aviy ma’nolarni anglatadi degan savol tug’iladi? Hikmatli so’zning lug’aviy ma’nosi – chuqur ma’noga ega bo’lgan oqilona aytilgan gap demakdir. Xalq hikmatlari –“Turmush onasining dard chekib tuqqan to’ng’ich o’g’li” degan edi Abdulla Qodiriy. Xalq ijodiyotining o’ziga xos bu janri turli xil nomlanadi. Jumladan, hikmatli so’z, maqol, metal, naql, donishmandlar so’zi kabi atamalardan iborat.
Hikmatli so’z-bu Qur’oni karim oyatlarida payg’ambarimizning haq yo’lini ko’rsatuvchi va’zlari ma’nosida qo’llanilgan. Lug’atlarda esa uning ilm va adolat birligini o’zida tutuvchi – haqiqatlarning ma’rifati; odat va axloqqa oid maxsus so’z; insonning haqiqatni bilib xayrli ishlar qilmog’i, sirli va yashirin sabab narsaning ich va tashqi holidan bahs etuvchi ilm, aql va harakatdagi uyg’unlik , Tangri haqiqatini ifoda etgan diniy- tasavvufiy xos so’z tarzida ta’riflar berishgan. Qisqacha qilib aytganda, hikmat “diniy - tasavvufiy yo’nalishga ega ma’nodor so’z” dir. Hikmatlar X asrdan buyon tasavvufga doir kitoblarda ishlatilib kelingan .
Shuningdek, hikmatli so’z ya’ni aforizmlar grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so’zlar deyiladi. Turkiy til dahosi bo’lmish Alisher Navoiyning quyidagi misrasini hikmatli so’zga misol qilishimiz mumkin .
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Hikmatli so’zlar barqarorlik, mazmuniylik yaxlitlik, takroriylik ya’ni nutqda doim bir xil tuzilishda quyma holda takrorlanish belgilariga ko’ra boshqa barqaror birliklar bilan umumiylik kasb etsa ham, aniq muallifning borligi bilan ulardan farq qiladi. Hikmatli so’zlarni o’rganib, xotirada saqlab, nutqda o’rinli qo’llay bilish kishining so’z san’atkori, donishmand bo’lishini taminlaydi.
Ajdodlarimizdan bizga me’ros qilib qoldirilgan hikmatli satrlar sarchashmasi yoshlarning ma’naviy tafakkuri, dunyoqarashini boyitishda beqiyos o’rin tutadi. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to’playdi va turli vositalar yordamida shu tajribani kelajak avlodga meros qilib qoldiradi. Maqollar va hikmatlar ana shunday ma’naviy me’ros hisoblanadi. Dunyoda hikmat durdonalarini yaratmagan, ularni ko’z qorachig’iday asrab avaylab, tilida, dilida saqlab kelmayotgan birorta ham xalq yo’q.
Xalqimizda ham bunday durdonalar ko’plab uchraydi. Jahon madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy , Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ko’plab olim va mutafakkirlarni yetishtirib bergan xalqimiz madaniyati donishmandligi dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etib kelinadi. Qolaversa, Prezidentimizning ham vatan, xalq osoyishtaligiga bag’ishlangan quyidagi hikmatlarini bebaho durdonalar safiga kiritishimiz mumkin.
Dehqoni bor yurt qudratli bo’lur ,
Qudratli yurtning dehqoni boy bo’lur.
Bunday hikmatlarning har birining zamirida juda katta ma’no yotadi.
Shuningdek, xalqimizning donoligi , donishmandligi maqollarda ham o’z aksini topadi. Dono fikrni, teran mazmunni, o’tkir haqiqatni o’zida mujassam etgan maqollar his–hayajon bilan aytilib kishini beixtiyor fikrlashga mulohaza yuritishga da’vat etadi. Ular har bir inson hayotida bebaho ahamiyatga ega. Shu o’rinda buyuk tarixchi Geradotning quyidagi so’zlarini esga olmoq lozim: “Qadimdan odamlarning dono va bag’oyat go’zal hikmatli so’zlari mavjud. Shunday ekan, biz ularni o’rganmog’imiz darkor”. Kaykovusning “Agar aqilli bo’lishni istasang hikmat o’rgan , aql hikmat bilan kamol topadi” degan fikrlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Shuning uchun ham maqollarni “Hayot qomusi” desak bo’ladi. Ularda xalqning dono, purhikmat ifodalari, yirik madaniyat arboblari, olimlar, davlat arboblarining ibratomuz gaplari, xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarini ixcham shaklda ifodalanadi. “Maqol” so’zi arabcha bo’lib “so’z“ demakdir. Maqollarda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda va albatta, hukm tarzidagi ibratli fikr bo’ladi”.
Maqollar she’riy va nasriy tuzilishga ega. Ularda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, saxiylik, adolat, insof, do’stlik, oliyjanoblik, chin insoniy g’oyalar, sof muhabbat, ilm olishga da’vat va shu kabilar o’z aksini topgan. Haqiqatdan ham maqollar xalqning donoligidir. Unda kishilar hayotni obdon kuzatib tajriba to’plab aytgan hikmatli so’zlari o’z ifodasini topadi. Ko’pincha she’riy shaklda izhor etilgan maqollarning mavzusi rang –barangdir. U rad qilinmas darajadagi pishiq nasihatdan iborat bo’ladi. Maqollar grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi.
Maqollar asosan xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor birikma holida mavjud bo’ladi. So’zlovchi bunday birikmalarni yaxlit holda nutqiga olib kiradi. Maqollar fikrni ta’sirchan, bo’yoqdor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Nutqda maqollardan foydalanish so’zlovchining mahorati sanaladi. Shuning uchun ham xalq og’zaki ijodida maqollarning o’ziga xos o’rni bor. U xalqning bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Yosh avlod tarbiyasida maqollarning o’rni katta. Maqollar ona vatanni sevishga, uning har bir qarich yeri uchun kurashga, turli kasb–hunar egasi bo’lishga, ahil bo’lib mehnat qilishga, to’g’ri so’z va halol kishi bo’lib kamol topishga, yaxshi odob va olijanob xulqli bo’lishga chaqiradi.
Shuningdek, maqol so’zining lug’aviy ma’nosi -“xalq og’zaki ijodi janri, qisqa va lo’nda obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli himatli ibora, chuqur mazmunli gap . Muayyan, ritmik shaklga ega bo’lgan qolip hisoblanadi“
Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg’ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar, asosan, mavzu jihatidan nihoyatda boy va xilma – xil bo’lib, ularda vatan, mehnat, ilm - hunar, do’stlik, ahillik, donolik, xushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida ham fikr boradi. Maqol uchun mazmun va shaklning dialetik birligi, ko’p hollarda qofiyadoshlik , ba’zan ko’p ma’nolik , majoziy ma’nolarga boylik kabi xususiyatlar xarakterli bo’lib, ayniqsa, antiteza hodisasi ko’p uchraydi. Buni quyidagi maqolda ko’rishimiz mumkin .
Kattaga hurmatda bo’l , kichikka izzatda bo’l.
Turkiy xalqlarning maqollaridan na’munalar dastlab Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asarida kiritilgan . Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham o’zbek xalqi orasida turli variantlarda ishlatilib kelinmoqda. Masalan “Kishi olasi ichdin, yilqi orasi tashdin”. Maqollar ba’zan masal, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli so’z, tanbeh, mashoyixlar so’zi, hikmatli maqollar, donishmandlar so’zi, otalar so’zi kabi nomlar bilan ham yuritiladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og'zaki usulda amalga oshadi. Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ajralib turadi. U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi. Ana shunday xalq ijodiyotining namunalariga matallarni kiritish mumkin. Xalq ijodiyotining bu janri ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi bo’lib, matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi, unda o’xshatish, kinoya, qochirma so’z va boshqa til vositalari qo’llaniladi. Bunda majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chirilgan ma’nosi o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’ladi. Maqollar tugal fikr ifoda etadi, matallarda esa bunday xususiyat bo’lmaydi. Shuning uchun ular, odatda, alohida qo’llanilmaydi.
“Matallar - muayyan hayotiy hodisani aniq va to’g’ri belgilab beradigan obrazli ifoda, iboradir. Matallarda o’xshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq so’z kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chma ma’nosi o’rtasida aniqlik, mantiqiy bog’lanish bo’lishi lozim. Matallar bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Masalan, “Shamol bo’lmasa, daraxtning shoxi qimirlamas”, “Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit”.
Shuningdek, grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to’g’ri ma’noda qo’llaniladigan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi.
Yaxshidan bog’ qoladi , yomondan dog’.
Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil qilgan hayotiy tajribasining ixcham shaklda ifoda topishidir.

Download 384,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish