Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi
kafedrasining 5A120102 – Lingvistika (oʻzbek tili) mutaxassisligi magistranti
Esanov Sanjar Pardayevichning “Siyosiy arboblar nutqining leksik – stilistik
xususiyatlari” (Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Abdugʻaniyevich Karimov va Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev nutqlari misolida) mavzusidagi magistr ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Nutqiy mahorat va notiqlik san’ati butun dunyoda qadrlanadigan va
jamiyatning barcha a’zolari uchun kerakli sifatlardir. Umumiy qaralganda,
nutqiy
mahorat va notiqlik san’ati tushunchalari nutq ma’daniyati sohasining tarkibiy
qismlari hisoblanadi. Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat
ma’naviy kamolotining muhim belgisidir.
Hayot davom etar, kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan notiqlik
butun dunyo tilshunoshlik fanining dolzarb muommolaridan biri hisoblanaveradi.
Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyotida,
shuningdek, oliy
ta’lim dargohlarida, o‘rta maxsus ta’lim tizimida, umumiy o‘rta ta’lim
maktablarda dars o‘tish jarayonini yaxshilash bilan ham bog‘liq. Shuni alohida
qayd etish kerakki, bugungi kunda “Nutq madaniyati” fani barcha o‘quv yurtlarida
o‘qitilishi kishini bevosita quvontiradi.
Nutq madaniyati – tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini
egallagan inson mukammallik, kamolot tomonga qadam tashlagan inson bo‘ladi.
Chunki, insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy
qismini nutq madaniyati
tashkil qiladi.
Shunday ekan, davlat arboblari va siyosatchilarning nutqlari, ma’ruzalari tili
hamda uslubi o‘z tadqiqotchilarini kutayotgan mavzular hisoblanadi. Bu
mavzularni o‘rganishning ahamiyati tilshunosligimiz uchun muhimdir. Chunki,
davlat arboblari hamda siyosatchilar ham ona tilining butun imkoniyatlarini ishga
soladi, har bir qatlamidan foydalanadi, har bir ma’no nozikliklaridan foydalanadi,
bir so‘z bilan aytganda, butun ona tilining har bir jihatini yuzaga chiqaradi. Shu
nuqtayi nazardan qaraganda, xalqimizning mustaqillikka erishishi va istiqlol davri
tarixida o‘chmas iz qoldirgan
mashhur davlat arbobi, O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov va
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlangan dunyoda yangi taraqqiyot bosqichiga olib
chiqqan hamda rivojlanish jarayonini yana bir pagʻonaga koʻtargan Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevlarning nutqlari tili va uslubiy xususiyatlarini
o‘rganish dolzarb mavzulardan hisoblanadi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi an’anaviy “Kirish”, uch asosiy bob, xulosa
va bibliografiyadan iborat. “Kirish”da notiqlik san’ati va uning siyosiy arbobning
hayoti va faoliyatida tutgan o‘rni haqida keng ma’lumotlar keltirilgan.
Ishning “Notiqlik san’ati va nutqiy mahorat”
deb nomlangan birinchi bobi
ikki fasldan iborat va bu bobda “Notiqlik”, “Nutqiy mahorat” kabi sohalaning
nazariy jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, notiqlik san’atining tarixi,
bugungi kunda yuzaga kelayotgan ayrim ilmiy ishlardagi notiqlik san’atining
turlari tahlilga tortilgan.
Ishning “Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining leksik-grammatik
xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobida esa siyosiy arboblarimiz
nutqlarining lingvistik o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan.
Bu bob ham ikki fasldan
iborat boʻlib, “Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining yuzaga chiqishi” nomli
birinchi faslida siyosiy arboblarimizning nutqiy mahorati va notiqlik san’ati
qirralari xalqimizning turli qatlamlari bilan samimiy uchrashuvlaridagi jo‘shqin
nutqlari orqali ochib berilgan. Bunda siyosiy arboblarning notiqlik mahoratini
yuzaga chiqaruvchi leksik birliklarga e’tibor qaratilgan.
Bobning “Nutqlardagi asosiy kommunikativ oʻziga xosliklar” deb
nomlangan ikkinchi faslida siyosiy arboblarimiz nutqlaridagi nutqning asosiy
kommunikativ sifatlari oʻrganilgan.
Dissertatsiyaning “Siyosiy arboblar nutqining uslubiy xususiyatlari” nomli
uchinchi bobida siyosiy arboblar nutqining oʻziga
xos uslubiy qirralari ochib
berilgan. Bu bob ikki fasldan tashkil topgan boʻlib, bobning birinchi “Notiqlar
nutqining oʻziga xos uslubiy vositalari” faslida notiqlarimiz nutqida qoʻllangan
uslubiy vositalar tahlil qilingan.
Magistrlik dissertatsiyasida siyosiy arboblar nutqining tildagi imkoniyatlari
keng tahlil etilganligini alohida ta’kidlash mumkin. Har bir til birligining oʻziga
xos jihatlari, erkin fikrlari magistrantning chuqur bilim va qobiliyatidan dalolat
beradi.
Dissertatsiya boy faktlar asosida, ravon
va ilmiy yozilib, vazifalar ishonchli
dalillar asosida ochib berilgan.
Ishda biroz xatoliklar ham uchraydi:
1.
Ishda siyosiy arboblarimizning ishlaridan olingan misollar hajmi biroz
katta.
2.
Ishda qaytariqlar mavjud.
Umuman olganda, 5A120102 – Lingvistika (oʻzbek tili) mutaxassisligi
magistranti Esanov Sanjar Pardayevichning “Siyosiy arboblar nutqining leksik –
stilistik xususiyatlari” (Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Abdugʻaniyevich Karimov va Prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev
nutqlari misolida) mavzusidagi magistr ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
tadqiqoti magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyilgan talablarga javob beradi va uni
YaDAK himoyasi natijalariga koʻra yuqori baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: