Samarqand Davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi
kafedrasi magistranti Esanov Sanjar Pardayevichning “Siyosiy arboblar
nutqining leksik – stilistik xususiyatlari” (Oʻzbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov va Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nutqlari misolida) mavzusidagi
magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Nutq madaniyati – tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini
egallagan
inson mukammallik, kamolot tomonga qadam tashlagan inson bo‘ladi.
Chunki, insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati
tashkil qiladi.
Butun dunyo juda ko‘plab notiqlik san’atining buyuk vakillari, nutq
mahoratining yetuk sohiblari o‘tganlar va yashab kelmoqda. Shu buyuk notiqlar
safiga, hech shubhasiz, o‘zbek xalqining buyuk farzandlari, O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich
Karimov hamda
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevlarni qo‘shsak, hech qanday
mubolag‘a bo‘lmaydi. Siyosiy arboblarimiz notiqlik san’atini mohirona egallagan,
nutq mahoratini san’at darajasiga ko‘targan, har qanday auditoriyani, butun xalqni
nutqlari orqali boshqarish qobiliyatiga ega nutq mahorati sohiblari hisoblanadi.
Ularning nutqlari qaysi sohaga doir bo‘lmasin, hech bir vaqtda zerikarli va
mazmunsiz bo‘lmaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, magistrant Esanov Sanjarning xalqimiz va
mamlakatimizning istiqlol davri tarixida o‘chmas iz qoldirgan mashhur davlat
arbobi
Birinchi
Prezidenti
Islom
Abdug‘aniyevich
Karimov
hamda
mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan
Prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev nutqlarining uslubiy va lingvistik xususiyatlarini
o‘rganishga bel bog‘laganligi juda dadil qadam va mavzuning dolzarbligi ham
yuqorida aytilgan faktorlar bilan belgilanadi.
Nutqiy mahorat sohiblari va notiqlik san’atini yuqori darajada egallagan
kishilar har qaysi davr va har qaysi makonda yuksak ehtiromga sazovor shaxslar
hisoblanadi. Har bir davrda notiqlik san’atiga o‘ziga xos e’tibor qaratilgan, notiqlik
san’ati o‘sha davrning g‘oya va mafkurasiga bo‘ysundirilgan. Islom
Abdug‘aniyevichning qariyb 27 yillik siyosiy-ijtimoiy
faoliyati Markaziy
Osiyodagi eng qadimiy madaniyatli xalqning o‘z istiqloliga qovushishi, milliy
davlatchiligini tiklashi, jahon hamjamiyatiga o‘z ovozi va o‘rni bilan qaytadan
qo‘shilishi kabi tarixiy jarayonlarning markazida turdi. Bunday jahonshumul
jarayonlar, albatta, jo‘shqin siyosiy faoliyat va
omma bilan har kunlik aloqa
asosida amalga oshadi, bu jarayonlarda o‘z ona yurtini ozodlikka olib chiqqan,
xalqini uyg‘otishga va kurashga chorlagan siyosiy arbobning nutqi katta rol
o‘ynaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev esa tarixan qisqa muddat ichida
Oʻzbekistonni, oʻzbek xalqini soniya sayin rivojlanib borayotgan shiddatkor
zamonda taraqqiyotning yangi bosqichiga olib chiqdi.
Bu shiddatkor zamonning
taraqqiyotiga xalqni ergashtirishda siyosiy yetakchining notiqlik mahorati va
nutqlari asosiy oʻrinni egallaydi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda,
dissertatsiya mavzusi juda dolzarb mavzulardan biridir.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi “Kirish”, uch asosiy bob, xulosa va
bibliografiyadan iborat. “Kirish”da notiqlik san’ati va uning siyosiy arbobning
hayoti va faoliyatida tutgan o‘rni haqida keng ma’lumotlar keltirilgan.
Ishning “Notiqlik san’ati va nutqiy mahorat”
deb nomlangan birinchi bobi
ikki fasldan iborat va bu bobda “Notiqlik”, “Nutqiy mahorat” kabi sohalaning
nazariy jihatlari ochib berilgan. Bundan tashqari, notiqlik san’atining tarixi,
bugungi kunda yuzaga kelayotgan ayrim ilmiy ishlardagi notiqlik san’atining
turlari tahlilga tortilgan.
Ishning “Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining leksik-grammatik
xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobida esa siyosiy arboblarimiz
nutqlarining lingvistik o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Bu bob ham ikki fasldan
iborat boʻlib, “Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining yuzaga chiqishi”
nomli
birinchi faslida siyosiy arboblarimizning nutqiy mahorati va notiqlik san’ati
qirralari xalqimizning turli qatlamlari bilan samimiy uchrashuvlaridagi jo‘shqin
nutqlari orqali ochib berilgan. Bunda siyosiy arboblarning notiqlik mahoratini
yuzaga chiqaruvchi leksik birliklarga e’tibor qaratilgan.
Bobning “Nutqlardagi asosiy kommunikativ oʻziga xosliklar” deb
nomlangan ikkinchi faslida siyosiy arboblarimiz nutqlaridagi nutqning asosiy
kommunikativ sifatlari oʻrganilgan.
Dissertatsiyaning “Siyosiy arboblar nutqining uslubiy xususiyatlari” nomli
uchinchi bobida siyosiy arboblar nutqining oʻziga xos uslubiy qirralari ochib
berilgan. Bu bob ikki fasldan tashkil topgan boʻlib, bobning birinchi “Notiqlar
nutqining oʻziga xos uslubiy vositalari” faslida notiqlarimiz nutqida qoʻllangan
uslubiy vositalar tahlil qilingan.
Ish ixcham ilmiy xulosalangan, uning
bibliografiya qismidan esa
magistrantning manbalar ustida jiddiy ishlagani sezilib turadi.
Ishda qator ilmiy va texnik xatolar ham bor:
1.
Ishda siyosiy arboblarimizning ishlaridan olingan iqtiboslar juda katta
hajmda, hatto ish hajmining kamida 10-15 foizini tashkil etadi, matnga katta-katta
iqtiboslar kirgazish o‘rniga ularni, ehtimol, ilovaga olish kerakmidi?
2.
Ishda qaytariqlar bor: birinchi bobda aytilgan ba’zi fikrlar keyingi
boblarda ham takrorlangan.
3.
Ishda ba’zi punktuatsion va uslubiy xatolar bor.
Bu kamchiliklardan qat’iy nazar, mazkur magistrlik dissertatsiyasini dolzarb
mavzuda va puxta bajarilgan ilmiy ish sifatida YаDAK huzurida himoya qilishga
tavsiya etaman va u yuqori baholanishga loyiq deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: