O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

“Biz kecha kim edig-u bugun kim bo‘ldik?” 
Kechagi mustabid tuzumda yashagan insonlar yaxshi biladi: o‘sha paytda 
O‘zbekiston degan go‘zal bir diyorni, o‘zbek degan buyuk bir xalqni kim tanirdi? 
Bizni mustaqil davlat sifatida kim tan olardi?
Yurtimiz qanday ulkan va noyob boyliklar makoni, aziz-avliyolar, buyuk 
allomalar, olim va mutafakkirlar vatani ekanini, biz qanday betakror meros, 
qanday ulug‘ zotlarning vorisi ekanimizni kim bilardi?
48
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b.Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Т.: “Fan va texnologiya”,2009. 382-
бет. 


Milliy 
qadr-qimmatimizni, 
barchamiz 
uchun 
muqaddas 
diniy 
qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni pisand qilmasdan, ular ayovsiz toptalgan 
zamonlarda bundan ortiq alam va bedodlik bo‘lishi mumkinmidi?
O‘zbekistonimiz faqatgina xomashyo yetkazib beradigan, iqtisodiyoti 
biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan o‘lkaga 
aylantirilgan, sobiq SSSR tarkibida eng qoloq agrar respublika emasmidi? 
O‘zingiz ayting, bunday xalqni yengib bo‘ladimi? 
Xalqimizni boqish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan, 
kimlargadir yalinib olib kelganimizni unutib bo‘ladimi?
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqlarida qoʻllangan ritorik soʻroq 
gaplar: 
O‘zingiz o‘ylang, Samarqand shahri, Imom Buxoriy, Amir Temur, 
Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Doniyol, Registon, Shohi Zinda ansambli degan 
nomlarning o‘zi, ta’bir joiz bo‘lsa, jahon miqyosidagi mashhur brendlar emasmi? 
Agar ushbu tizimlarda tartib-intizom, insonga e’tibor bo‘lmasa, o‘zingiz 
ayting, boshqa sohalardan nimani kutish mumkin? 
 Holbuki, madaniyat va san’at arboblari hamisha jamiyatning eng oldingi 
saflarida bo‘lishi, o‘z asarlari, faol grajdanlik pozitsiyasi bilan odamlarni ezgu 
maqsad va marralar sari boshlashi, ilhomlantirishi kerak emasmi? 
Yoshlar uchun barcha sharoitlarni muhayyo qildik, deb biz kimni 
aldayapmiz?
Agar biz yolg‘on g‘oyaga aldanganlarni o‘z holiga tashlab qo‘yadigan 
bo‘lsak, ertaga chetda payt poylab turgan qabih yov kelib, uni o‘z ortidan yetaklab 
ketmasligiga kim kafolat beradi?
Siyosiy yetakchilarimizning nutqlarida 
iboralar 
alohida o‘ringa ega. Iboralar 
ilmiy tilda frazema, frazeologik birikma nomlari bilan ataladi. “Frazema til 
qurilishining lug‘at bosqichiga mansub ikkinchi lisoniy birlik bo‘lib, bittadan ortiq 
leksemaning o‘zaro semantik­sintaktik birlashuvi bilan tarkib topgan bo‘ladi, 
shunga ko‘ra tuzma segment birlik deyiladi; sintaktik tuzilishi jihatidan birikmaga, 
gapshaklga teng bo‘lib, odatda, nominativ va signifikativ vazifa bajaradi, lekin 
leksemadan ifoda jihati bilangina emas, mazmun jihati bilan ham farq qiladi. 


Adabiyotlarda ushbu til birligi frazeologizm, frazeologik birlik kabi 
terminlar bilan ataladi; leksema, morfema terminlariga monand ravishda frazema 
deb atalishi ma'qul. Frazemalar o‘rganiladigan sohani esa frazemika deb nomladik 
(Adabiyotlarda frazeologiya termini ishlatiladi). 
Lisoniy birlik sifatida frazema ikki jihatning 

ifoda jihatining va mazmun 
jihatining bir butunligidan iborat”.
49
Bu vositalar nutqlarining ta’sirdorligi hamda 
obrazliligini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri sifatida qo‘llagan. Shu bilan bir 
qatorda, uslubiy o‘ziga xoslikka ega vositalar hisoblanadi. Siyosiy arboblarimiz bu 
birliklardan mahorat bilan nutqlarida foydalangan. Masalan: 
Qulog‘iga qo‘rg‘oshindek quyib olsin, bosh qotirmoq, sirti yaltiroq, ichi 
qaltiroq, bir yoqadan bosh chiqarmoq, guvoh boʻlmoq
, odamning 
yuragiga qanday 
yoʻl topmoq

yoʻl qoʻymoq
, qaytadan 
koʻrib chiqmoq 
kerak, 
ilgari surmoq

koʻzda 
tutmoq
, keng 
yoʻl ochmoq

nur ustiga nur

roʻkach qilmoq

bong urmoq

choralarni koʻrib bormoq, chek qoʻymoq

barham bermoq

oldini olmoq

qayd 
etmoq
, barpo etmoq, 
xijolat boʻlmoq

kosasi oqarmoq
, ezgu ishga 
qoʻl urmoq

tilga 
olmoq

qadam qoʻymoq

magʻzini chaqmoq

koʻngli toʻq

igna bilan quduq 
qazimoq, salomga yarasha alik olmoq, haykal qo‘ymoq, qon kechmoq, ko‘pni 
ko‘rgan, til topishmoq, og‘iz to‘ldirmoq, og‘iz ko‘pirtirmoq, og‘irini yengil qilmoq, 
bosh-qosh boʻlmoq, baho bermoq, quloq solmoq, dardiga darmon bo‘lmoq, qadam 
qo‘ymoq, qulog‘iga quyib olmoq, quloq tutmoq, ishonchni amaliy ishlar bilan 
oqlamoq, ishonchni oqlamoq, yoqasini ushlamoq, pul topib aql topmagan, bosh 
ko‘tarmoq, qo‘lini yuvib, qo‘ltig‘iga urmoq, qo‘l urmoq, qo‘li gul, boy bermoq, 
yordam qo‘lini cho‘zmoq, qo‘lga kirmoq, qo‘ldan chiqarmoq, qo‘lga olmoq, 
oyoqqa turib olmoq, ko‘zimizni ochmoq, ko‘zda tutmoq, ko‘zga tashlanmoq, ko‘zga 
ko‘ringan, ko‘z ochib yumguncha, ko‘rib chiqmoq, ko‘z-ko‘z qilmoq, ko‘z yummoq, 
ko‘z oldiga keltirmoq, ko‘z oldida, ishning koʻzini biladigan, tilga olmoq, barham 
bermoq
, “
mudrab yotmoq
”.
 
Takrorlar
dan ham siyosiy arboblarimiz o‘z nutqlarida juda ta’sirdor va 
samarali vosita sifatida foydalangan. Takrorlar turli funksional uslublarda 
49
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik). –Тoshkent : “Universitet”, 2006. 135-bet. 


ishlatiladi. Bu haqida S.Karimov “Takror o‘zbek tilining badiiy uslubida eng faol 
qo‘llanadigan stilistik usullardan biridir. Ammo uning boshqa funksional 
uslublarda foydalanishini ham inkor etib bo‘lmaydi. Chunki, har bir uslubda 
ma’noni ta’kidlab, alohida ajratib, ba’zan bo‘rttirib ko‘rsatishga, ma’lum o‘rinlarda 
diqqatni jalb qilishga ehtiyoj bor. Bu ehtiyojni qondirish uchun ko‘pchilik 
tomonidan oson qabul qilinadigan, fikr yuritilayotgan sohada yoki kundalik 
turmushda faol ishlatiladigan til birliklari takroriy qo‘llaniladi.”
50
Notiqlarimiz 
nutqlarida takrorlar o‘ziga xos vazifalar bajargan. Takrorlarga misollar. Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov nutqidan: 
Yo‘q va aslo yo‘q. 
Mustaqillik va yana bir bor mustaqillik. 
Izlanish va yana bir bor izlanish.
Hech qachon – men takror aytaman – hech qachon.
Barcha-barchangizga.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqida qoʻllangan takrorlarga misollar: 
Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish