O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

1. Kirish qismi yoki
«respondentga murojaat» deb ataladi, bu qismda odatda 
tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning 
qanday foydasi borligi, tekshiruvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan 
ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlik), anketani to‘ldirish 
yo‘llari va boshqalar yoziladi. Instruksiya murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi 
bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. 
2. Asosiy qism
. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e’tibor 
berish kerak, chunki boshidan qiyin savollar berilsa, bu narsa respondentni cho‘chitib 
qo‘yishi, hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham 
mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini 
qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‘tish, oxirida yana «neytralroq» 
savollar berish maqsadga muvofiq.
3. Yakuniy qism 
respondentning shaxsiy sifatidagi ob’yektiv ma’lumotlarni 
olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va 
boshqalar so‘raladi.
Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali 
yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi. 
34


To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular 
kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
 
III.5. Sotsial psixologik testlar 
Testlar psixologiyadan kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo‘lib, ular 
yordamida u yoki bu sotsial psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul – 
testda tekshiriladi. Testlar 20-30-yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, ular hayotga, 
amaliyotga shunchalik chuqur kirib keldiki, hattoki maxsus soha psixometrika paydo 
bo‘ldi. Testlarni qo‘llashning qulaylik tomoni bir test yordamida bir ob’yektning u 
yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko‘rish, bu testni faqat 
qanday turdagi ob’yektda sinalgan bo‘lsa, shunga o‘xshash ob’yektlardagina qo‘llash 
mumkin. Qolaversa, bunda olingan ma’lumotlar nisbiy xarakterga ega bo‘ladi. Lekin 
shunday bo‘lishiga qaramay, testlar ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib 
keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, shaxsning muloqot 
sistemasidagi o‘rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo‘qligini sinovchi, shaxs 
aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo‘llanilmoqda.
Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni ob’yektlarda 
sinovdan o‘tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, 
olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi 
Kettel
shaxs sifatlarini 
sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni 
o‘rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik 
sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o‘xshash). 
Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs 
xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashhur Kettel 
testi paydo bo‘ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, 
faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo‘ldi.
Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o‘z «kaliti» 
bo‘ladi va bu kalitning egasiga maxsus litsenziyalar, ya’ni kelishuviga ko‘ra ishonchli 
shaxslargagina sotish, berish huquqi bo‘ladi. «Kalitsiz» esa maxsus testlarni hech 
kimga ishlata olmaydi. Endi maxsus sharoitlarga moslashtirilishi kerak bo‘lgan 
35


testlarga kelsak, masalan, o‘sha Kettel testi yoki Ayzenkning testlarini bizning 
O‘zbekiston sharoitida ishlatish kerak bo‘lib qolsa, demak, uni tarjima qilgan va uni 
amaliyotda qo‘llagan kishida professional huquq va moslashtirish uchun kamida 2-3 
ming kishilik ob’yekt, ya’ni odamlar kerak. Shundagina bu metod moslashtirilgan va 
to‘plangan ma’lumotlar ishonchli hisoblanadi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish