O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


Shunday qilib, boshqaruv jarayonining o‘zida ikki mihim jabhani



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

Shunday qilib, boshqaruv jarayonining o‘zida ikki mihim jabhani 
farqlash mumkin: 
1. Ijtimoiy jabha – bu boshqaruvda asosan ma’murchilik yo‘lini nazarda tutadi. 
Rahbar faqat ma’muriyat a’zosi, uning yetakchisi sifatida idrok etiladi. Bunday 
rahbar tashkilot yoki muassasada boshqaruv apparati bo‘lishi shart bo‘lganligi bois 
mavjud bo‘lib, uning xodimlar bilan o‘zaro muloqoti ahamiyatga ega emas. Xodimlar 
bunday sharoitda «falon yerda ishlayman» degan iborani ko‘proq ishlatishadi;
202


2. Psixologik jabha – bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-
faoliyat mobaynida orttirgan obro‘si, nufuzi orqasidan ularga ta’sir ko‘rsata olish 
qobiliyatini nazarda tutadi. Xodimlar o‘zaro «men falonchi rahbar bilan ishlayman» 
iborasini mamnuniyat bilan ta’kidlashadi
1
.
 
XII.2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Psixologik adabiyotlarda «rahbar», «lider» – «yetakchi», «boshliq» kabi 
atamalar deyarli sinonim sifatida ishlatiladi. Aslida psixologik nuqtai nazardan, bu 
tushunchalarda muayyan farqlar va umumiylik bor. Umumiylik shundaki, har biri 
kimningdir kimlar ustidan hukmronligini, ustun sifatlarga ega ekanligini ifodalaydi. 
Farqi shuki, «lider» – «yetakchi» shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning 
a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi. 
Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali 
aniqlanadigan shaxslar holatidir.
Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni 
munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos 
bo‘lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat 
qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda 
paydo bo‘lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik, mohirlik liderga 
xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga 
nisbatan o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. 
«Rahbar» esa ko‘proq shaxsning u boshchilik qilayotgan jamoadagi faoliyatga 
aloqadorligini, uning rasmiy mavqeini bildiradi. Shuning uchun ham har doim ham 
lider bilan rahbar bir shaxs bo‘la olmaydi. Rahbarlar bir-birlaridan nimasi bilan farq 
qiladi, degan savol o‘rinli. Ular asosan odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko‘rsatish 
va ishni tashkil etish mahoratiga ko‘ra farqlanadilar. Shunga bog‘liq ravishda fanda 
boshqaruvning bir necha uslublarini farqlab, o‘rganishadi. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish