O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/178
Sana27.06.2022
Hajmi2,25 Mb.
#709857
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   178
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA

mish-mish gaplar 
va 
olomon psixologiya 
muhim rol o‘ynaydi. 
Guruhiy tartibbuzarlik va ommaviy tartibsizliklarning ob’yektiv sabablari va 
ularning kelib chiqishiga imkon bergan shart-sharoitlar turli sabablar tufayli yuzaga 
147


kelishi mumkin. Ular orasida asosiylarini quyidagilar tashkil etadi: siyosiy va 
iqtisodiy 
beqarorlik, 
sotsial 
adolatsizlik 
va 
aholi 
asosiy 
qismining 
himoyalanmaganligi, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikning o‘sishi, aholi turli 
tabaqalarini birlashtira oladigan rasmiy davlat mafkurasi va birlashtiruvchi kuchning 
yo‘qligi. 
Individual huquqiy ong darajasida guruhiy tartibbuzarliklar sodir etilishiga 
imkon beruvchi quyidagi 
omillarni 
keltirish mumkin: ayrim shaxslarning 
demokratiyani anarxiya va o‘zboshimchalik sifatida tushunishi, qonunlarning 
talablarini ommaviy pisand qilmaslik, fuqarolar madaniyati va qonunga 
itoatkorligining past darajasi, jinoiy obro‘mandlar va har xil millatchilik ruhidagi 
ig‘vogarlar ta’sir darajasining yuqoriligi, ko‘plab g‘ayrisotsial elementlarning 
mavjudligi. 
Ta’kidlash joizki, mazkur sabab va shart-sharoitlar o‘z-o‘zidan har doim ham 
jamoat tartibini guruh bo‘lib buzish yuzaga kelishiga, ayniqsa ommaviy 
tartibsizliklarga olib kelmaydi. 
Jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishlar va ommaviy tartibsizliklar 
tashkilotchilari bo‘la oladigan norasmiy yetakchilar katta xavf tug‘diradi. Ushbu 
toifaga o‘z harakatlari bilan bunday vaziyatlarni keltirib chiqarish, odamlarni 
birlashtirish va jipslashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ularni o‘z irodasiga 
bo‘ysundira oladigan, ularda ishonch hosil qila oladigan va olomonni junbishga 
keltira oladigan shaxslar kiradi. Amaliyotning dalolat berishicha, odamlarga ta’sir 
ko‘rsatish «iste’dodiga» ega bo‘lgan bunday shaxslarning aksariyati siyosiy faoliyat 
bilan shug‘ullanadilar yoki jinoyatchilar olamiga aloqador bo‘ladilar. 
Guruh bo‘lib huquqbuzarliklar sodir etishning boshqa ishtirokchilari orasida 
psixologlar dalolatchilar (ig‘vogarlar)ni alohida ajratadilar. Bunday shaxslar, 
olomonning hissiy va ruhiy holatidan foydalanib, o‘z maqsadlariga erishish uchun 
yolg‘on xabar va mish-mishlar tarqatish orqali odamlarni yo‘ldan ozdirib, 
g‘ayriqonuniy harakatlarga undaydilar. 
Ushlangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish bunday shaxslar 
toifasiga ko‘pincha sobiq jinoyatchilar va ruhan nosog‘lom kishilar kirishidan dalolat 
148


beradi. 
Ijrochilar yoki janggarilar xavflilik darajasi bo‘yicha alohida toifani tashkil 
qiladi. Bular, odatda, jismonan baquvvat, zarur maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan 
shaxslardir. Olomon ichida rasman tartibsizliklarning tashkilotchilari va faol 
ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlasalarda, haqiqiy vaziyatni, nizo kelib chiqishining 
sabab va bahonalarini baholashda chindan ham yanglishayotgan fuqarolar 
ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
Olomon tarkibiga, shuningdek qiziquvchi fuqarolar, yashash joyi betayin 
shaxslar hamda boshqa g‘ayrisotsial unsurlar ham kiradi. Ularning aksariyati mast 
holda bo‘lishlari mumkin. 
Jamoat tartibini guruh bo‘lib buzishning rivojlanishi va yanada kuchayishida 
olomonning hosil bo‘lish va shakllanish mexanizmi, shuningdek uning 
ishtirokchilarining xatti-harakatlariga xos xususiyatlar muhim o‘rin tutadi. Guruhiy 
huquqbuzarlikning rivojlanish dinamikasi bir qancha o‘zaro bog‘liq bosqichlarni 
qamrab oladi. 
Boshlang‘ich bosqichga nizoli vaziyat yuzaga kelishining qandaydir bahonasi 
mavjudligi xosdir. Ba’zan bu muxlislar yoki haybarakallachi mutaassiblarning oddiy 
guruhiy bezorilik harakatlari bo‘ladi. 
Bu bir guruh shaxslarning qandaydir yuz bergan voqeadan noroziligida, 
hokimiyat idoralari, tijorat tuzilmalari, korxona va muassasalarning ma’muriyati 
sotsial-maishiy va iqtisodiy sohada olib borayotgan harakatlariga qarshi e’tirozida 
namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda to‘planganlarning talabi siyosiy 
xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Nizo qonuniylikning buzilishi yoxud ichki ishlar 
organlari xodimlarining taktik jihatdan noto‘g‘ri harakatlari natijasida ham o‘z-
o‘zidan yuzaga kelishi mumkin. Jamoat joyida odamlarning to‘planishi faktining o‘zi 
qiziquvchilar va bekorchilar uchun jozibador ta’sirga ega. Voqea janjalli jihati bilan 
qiziqish uyg‘otsa va dolzarb xususiyatga ega bo‘lsa, olomon tezda ko‘payishi 
mumkin. Bunday hollarda kimdir ba’zan ig‘vogarona xususiyatga ega bo‘ladigan 
uydirma va mish-mishlar tarqata boshlaydi. Ular ta’sirida ishtirokchilar va 
tomoshabinlarning hissiy hayajoni ortadi, olomonning «ruhiy zararlanishi» deb 
149


ataluvchi hodisa yuz beradi. Olomon ichida tanilmay qolish mumkin bo‘lgan 
sharoitda odamlarda o‘z harakatlari uchun mas’uliyat hissi kamayadi, tajovuzkorlik 
va oddiy sharoitlar uchun xos bo‘lmagan qo‘rslik paydo bo‘ladi. 
Olomon ishtirokchilari zo‘rlik harakatlariga undovchi targ‘ibot va shiorlarni 
tanqidiy qabul qilmaydilar. Olomon ultimatum talablarni ilgari surib, ularni darhol 
bajarishni talab qiladi. Agar ushbu bosqichda ichki ishlar organlari faol kompleks va 
adekvat chora ko‘rmasalar, nizo jamoat tartibini guruh bo‘lib buzish bosqichidan 
ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketishi mumkin. 
Faol bosqich tajovuzkor olomonning talablari rad etilgan taqdirda maqsadga 
qaratilgan harakatlarga o‘tadigan davrni qamrab oladi. Ushbu harakatlar, odatda 
g‘ayriqonuniy va jinoiy xususiyatga ega bo‘ladi hamda og‘ir oqibatlarni keltirib 
chiqaradi. Ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilari transport va piyodalar harakatini 
to‘sadilar, nizo yuzaga kelgan joyda jamiyat hayotining normal sur’atini izdan 
chiqaradilar, qo‘lga tushgan materialdan to‘siq va barrikadalar quradilar. Ular 
to‘siqlar (devor va g‘ovlar) hamda aloqa yo‘llarini buzishlari, mashinalar va 
ko‘chadagi simyog‘ochlarni ag‘darishlari mumkin va hokazo. Bunday harakatlar 
zo‘rlik, hokimiyat vakillariga qarshilik ko‘rsatish, odamlarni o‘ldirish bilan birga 
kechadi. Bunday vaziyatda har xil jinoiy unsurlar ko‘pincha mulkiy jinoyatlar, 
o‘g‘riliklar, talonchiliklar, shuningdek odam o‘ldirish va o‘t qo‘yish kabi jinoyatlarni 
sodir etadilar. 
So‘nggi bosqichda huquqni muhofaza qilish organlarining ommaviy 
tartibsizliklarga chek qo‘yish va ularni bartaraf etishga qaratilgan kompleks 
harakatlari natijasida olomonning hujumkorligi va faolligi bostiriladi. Ichki ishlar 
organlari maxsus operasiya o‘tkazadilar. Ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilari va 
ishtirokchilarining jinoiy harakatlari hujjatlashtiriladi, olomon ajratib tashlanadi, 
aybdorlar javobgarlikka tortiladilar. 
Ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini guruh bo‘lib buzish yuzaga 
kelishining dastlabki bosqichida faoliyatning to‘g‘ri taktikasini tanlashi katta 
ahamiyatga ega. Bunday huquqbuzarliklardan avval, odamlarning ko‘chalar va 
jamoat joylarida ko‘plab to‘planishi yuz beradi. Fuqarolarning e’tirozi va 
150


noroziliklari har xil, ko‘pincha adolatli sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi 
mumkin. Shu bois yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari eng avval qaysi 
sabablarga ko‘ra va qaysi toifadagi fuqarolar to‘planganligini aniqlashlari zarur. Agar 
ular to‘planishining sababi tasodifiy voqea (yo‘l-transport hodisasi, ishlab 
chiqarishdagi avariya, baxtsiz hodisa) bo‘lgan bo‘lsa, olomonning e’tiborini tortgan 
sababni zudlik bilan bartaraf etish zarur. Bu keskinlikning kamayishiga, vaziyatning 
yumshashiga, to‘plangan fuqarolar xavfsizligining ta’minlanishiga yordam beradi. 
Aks holda ichki ishlar organlarining harakatsizligi fojialarga olib kelishi mumkin. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish