Kompaniyaning vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
111
· turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash, turistlik
xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashish;
· turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishi va
xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish;
· turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirish;
· turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
· turizmni rivojlantirish sohasiga xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish,
xorijiy mamlakatlar, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning uzoq
muddatli dasturlarini rivojlantirish;
· turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, turizm tarmoq
fanini rivojlantirishga ko‘maklashish;
8. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
· O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning asosiy strategik
yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
· turizmni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqishda katnashadi;
· turistlik faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ funksiyasini amalga
oshiradi;
· «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq turistlik xizmatlarni
sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
· turizm sohasida statistik hisobot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqadi;
· turizm sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi;
· tahliliy ishlarni amalga oshiradi va respublikada turizmni rivojlantirishning
asosiy tendensiyalari va prognozlarini belgilaydi;
· turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli tarmoq va
mintaqaviy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
· turistlik xizmatlarning amalga oshirilishini reklama-axborot bilan ta’minlash
faoliyatini amalga oshiradi;
· xorijiy davlatlarning milliy turistlik ma’muriyatlari va ularning O‘zbekiston
Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
· Butunjahon turizm tashkiloti hamda turizm bilan bog‘liq boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, ularda respublika
manfaatlarini ifodalaydi;
· turizm industriyasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish ishlarida
qatnashadi;
· turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi investitsiya loyihalarini ishlab
chiqadi;
· tashqi bozorda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga rioya etilishini tahlil
qiladi hamda uning asosida turizm sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish
bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
· turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amalga
112
oshiradi.
9. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, mintaqaviy bo‘limlar, tasarrufidagi boshqa tashkilotlar orqali bajaradi.