O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Servis va turizm Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana14.06.2022
Hajmi0,75 Mb.
#668780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
avstriyada turizmni rivojlantirishning oziga xos jihatlari 1

 



Davlat tuzumi.
Avstriya - federativ respublika. Avstriya Respublikasi - 
Markaziy Yevropadagi davlat, Dunayning o‘rta oqimi havzasida joylashgan. 
Maydoni 83 ming 858 km
2. 
aholisi 8 mln. kishi (1996). Poytaxti – Vena sh 
Amaldagi konstitutsiya 1920 y. da kabul kilingan (1929 y.da o‘zgarishlar 
kiritilgan). Davlat tuzilishi shakli jihatdan Avstriya - federatsiya (ittifoq davlat). 
Davlat boshlig‘i - federal prezident, u n i aholi 
6
 
yil muddatga saylaydi. Q o n u n
chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament: milliy kengash ( q u y i
p a l a t a ) na federal k e n g a s h ( y u q o r i palata) amalga oshiradi. Milliy 
kengashni aholi 4 yil muddatga saylaydi. Federal k e n g a s h azolarini o‘lkalar 
parlamentlari (landtaglar) o‘z vakolatlari muddatiga (4-6 y.ga) saylaydilar. 
Ijroiya hokimiyatni federal prezident va u tayinlaydigan federal kansler 
boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Har bir o‘lkaning o‘z 
konstitutsiyasi va qonun chiqaruvchi organi bor. O‘lkalarning xuquqlari 
cheklangan.
Avstriya 9 federal hududrlarga bo‘lingan federativ respublika. Federal 
hududlari: Burgenland, Karintiya, Vena, Yuqori Avstriya, Quyi Avstriya, 
Zalsburg, Shtiriya, Tirol, Forarlberg. Davlat boshlig‘i - prezident, ammo ijro 
etuvchi hokimiyat boshlig‘i - Ministrlar Kengashi raisi - kansler. Ikki palatali 
parlament (Federal yig‘in) - Federal Kengash va Milliy Kengashdan tashkil topgan. 
Siyosiy partiyalari: Avstriya sotsial-demokratik partiyasi, Avstriya xalq partiyasi, 
Kommunistik partiya, Yashil muqobillik partiyasi. 
Avstriya mamlakatining turizm iqtisodi. 
Avstriya markaziy Yevropadagi 
davlat. Ushbu mamlakat shimoliy Yevropani Janub bilan, Farbiy Yevropani sharq 
bilan bog‘lovchi trassalarning kesishuv yo‘lida joylashgan. hududi 83,849 kv.km., 
aholisi 8,0 mln. Yirik shaharlari Vena, Grats, Lind, Zalsburg. Rasmiy tili - nemis 
tili. Yevropa Ittifoqi a’zosi, 2002 yildan yevroga o‘tilgan. Avstriya Yevropa va 
umuman jahondagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. So‘nggi yillarda bu 
davlatning iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yalpi milliy mahsulot
hajmi 139,3 mlrd. dollar, yillik o‘sish 3%ga teng.



Avstriyada XX asrga xos muhim o‘zgarish shundan iboratki, agar avvallari 
sanoat va qishloq xo‘jaligi hal qiluvchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, so‘nggi yillarda 
xizmat ko‘rsatish sohasi asosiy o‘ringa chiqib oldi. Ayniqsa, xalqaro turizm 
mamlakat iqtisodiyotida eng serdaromad sohaga aylangan.
Faqat shu soha faoliyati tufayli davlat xazinasiga deyarli 15 mlrd. AQSH 
dollari miqdorida foyda keltiradi, bu yalpi milliy mahsulotning 11%ga to‘g‘ri 
keladi. Bu kichik bir davlat iqtisodiyoti uchun nihoyatda katta daromad manbai
hisoblanadi. Albatta, bunday yutuqqa erishish osonlik bilan ro‘y bermaydi. Avvalo 
mamlakatda tinchlik-osoyishtalik ta’minlangan, turistlarning turli tuman talablarini
qondiradigan infratuzilma yaratilgan bo‘lishi lozim. Bu avvalo qulay transport, 
mehmonxonalar ulardagi bekamu-ko‘st servis, aloqa xizmatlari, tarixiy 
yodgorliklar, yaxshi muomala va boshqalar yuqori saviyada amalga oshirilishi 
natijasidir. 
Avstriyaning qulay geografik joylashuvi, iqlimining mo‘’tadilligi, jahonga 
mashhur Alp o‘tloqlari, tog‘lari, qishki chang‘i uchun kerakli imkoniyatlar 
yaratilganligi bunga qulaylik yaratadi. Demak, mamlakatning geografik holati, 
shuningdek, uning qulay avtomobil trassalarini katta miqdorda tranzit va bir kunga 
keluvchi turistlar tashkil qiladi. Tranzit turistlarning asosiy qismi shimoliy 
Yevropadagi mamlakatlardan O‘rta yer dengizi qirg‘oqlariga yo‘l oladilar. 1980 
yillarning oxirlarida sotsializm lageri bilan g‘arb o‘rtasidagi «temir parda» olib 
tashlangandan keyin bir kunga keluvchi turistlar soni yana ham oshdi. 1990 
yillarning boshida mamlakatga qo‘shni bo‘lgan Vengriya, Chexiya va Slavakiya, 
shuningdek, Polsha turistlari faol qatnay boshladilar. 1992 yilda chet el turistlari 
Avstriyada umumiy hisobda 99,7 million turistik kunni o‘tkazdilar. Ichki turistlar 
esa 30,6 million turistik kun o‘tkazdilar. Hozirgi payitda Avstriya qishi sport
o‘yinlari bo‘yicha yetakchi turistik markaz hisoblanadi.
Vaholanki, xalqaro turizm asosan mamlakatning g‘arbiy qismida 
rivojlangan. Avstriya xalqaro turizmini asosiy ta’minlovchi mamlakatlar 
Germaniya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya hisoblanadi. Bu uch davlat 



fuqarolarining Avstriyada o‘tkazgan turistik kunlari 80%ni tashkil qiladi. Tashrif 
buyuruvchi turistlarning yarimi Germaniyaga to‘g‘ri keladi. Undan keyin esa 
Niderlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, AQSH, Belgiya, 
Shvesiya, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va boshqalar turadi. Avstriya ko‘proq 
Germaniya turistik bozoriga muhtojlik sezadi, lekin so‘nggi yillarda ko‘proq 
Italiya bilan hamkorlik qilmoqda. 1992 yilda Avstriyada turistik kunlar miqdori 
1990 yilga nisbatan 3,6 mln.ga ortdi. 
Avstriyada gavjum sezon avgust oyiga to‘g‘ri keladi. 2000 yilda Avstriyaga 
tashrif buyurgan turistlar soni 17818000 ming kishini tashkil etgan, yillik o‘sish 
esa Q2,0%ni tashkil qildi. Turistik mahsulotlarni internet orqali sotish esa 19%ni 
tashkil etgan.
Avstriyada qishki turizm mavqeining o‘sishi bilan birgalikda ushbu 
mamlakat va boshqa Alp davlatlari, ya’ni Shveysariya, Italiya, Fransiya, 
Germaniya va Sloveniya oldida qishki sport o‘yinlarining ekosistemaga ta’sir 
qilish muammosini hal qilish turibdi.
Avstriya mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini 
ko‘rsatishicha, jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 2,6% Avstriya mamlakatiga 
to‘g‘ri keladi.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistik tashrifi 2,4%ga ko‘paygan. 
Daromadlar bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 2,4% bu mamlakatga to‘g‘ri 
kelgan. 
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 6,5%ga o‘sgan. Yevropa 
mintaqasi bo‘yicha xalqaro turistik tashriflarning 4,7%ni, daromadlar miqdori 
bo‘yicha ham 4,7%ni tashkil qilgan.Avstriya respublikasi mustaqil O‘zbekiston 
respublikasini 1992 yil 15 yanvarda tan oldi va 25 martda diplomatik munosabatlar
o‘rnatildi. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar har ikkala mamlakatlar 
o‘rtasida tobora avj olib bormoqda. Vena universiteti bilan hamkorlikda Toshkent 
Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshida iqtisodchi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 
katta loyiha amalga oshirilgan. Avstriyada bir necha bor O‘zbekistonga oid ilmiy 


10 
va amaliy konferensiyalar, ko‘rgazmalar o‘tkazildi. 
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Avstriya milliylashtirilgan sanoat va 
ijtimoiy ta’minotning keng tizimiga ega bo‘lgan iqtisodi rivojlangan davlat. Sanoat 
tarmoqlaridan quyidagilar rivojlangan: metallurgiya, mashinasozlik, oziq-ovqat, 
to‘qimachilik, teri-poyabzal, energetika, sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish. Shu 
bilan bir qatorda turizm va bank ishi ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy 
yo‘nalish-lari: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, boshoqli madaniy 
o‘simliklar, mevalar, kartoshka, qandlavlagi yetishtirish, chorvachilik va 
parrandalar boqish. 2006-yil YIM miqdori - 261106 mln dollarni (aholi jon 
boshiga - 31965 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, 
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari, Yaponiya, AQSH. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish