O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti “tasdiqlandi”



Download 3,2 Mb.
bet54/120
Sana29.05.2022
Hajmi3,2 Mb.
#618068
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   120
Bog'liq
2 5188239116822648566

Reja:
1. O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslardagi rolini oshirish uchun amalga oshirilyotga ishlar.
2. O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslardagi rolini oshirishning ahamiyati.
3. Hukumat tomonidan amalga oshirilgan ishlarning mazmun mohiyati.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashi (keyingi o’rinlarda – Kengash) tashkil etildi.
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
─ mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarning O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo’nalishdagi ishlarning samaradorligiga to’siq bo’layotgan muammolarni bartaraf etish;
─ O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo’yicha tashabbuslarni ilgari surish;
─ davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o’rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi. Kengash ishchi organlari bo’yicha taqsimlangan O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo’lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o’rnini yaxshilashga qaratilgan ta’sirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yo’nalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat o’rnatiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari bo’yicha taqsimoti tasdiqlandi.
2. Mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilab oldi.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralar o’zlari mas’ul bo’lgan reyting va indekslarning e’lon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida: 2020-yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini, har yil 1-dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim bo’lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish vazifalari qo’yildi. Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur ko’rsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim. Shunday tartib o’rnatildiki, unga muvofiq mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni bo’yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.Keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki o’rinbosarining rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to’g’risida axborot beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga ko’maklashish va Kengash yig’ilishlari oralig’ida tegishli yo’nalishda mas’ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatildi. Mas’ul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to’lash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan to’ldirilishini ta’minlasin. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktyabrga qadar Internet tarmog’ida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining (keyingi o’rinlarda – portal) ishga tushirilishini ta’minlandi.
Kengash ishchi organlari O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mas’ul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi o’zgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini o’rnatish maqsadida keng qamrovli targ’ibot ishlarini amalga oshiradi.Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari J.A.Qo’chqorov zimmasiga yuklansin.
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeyini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish, mas’ul davlat organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarilishida ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Ustuvor xalqaro reyting va indekslarni kompleks ravishda ko’rib chiqish va yaxshilash borasida ijro samaradorligini oshirish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan tegishli chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish lozimligini inobatga olgan holda:
a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash bo’yicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha respublika kengashining (keyingi o’rinlarda ― Kengash) ishini tashkil etishga ko’maklashadi;
Kengash yig’ilishlari oralig’ida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli ko’rsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
Tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va to’liq bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
Kengash kotibiyatiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davriy hisobot taqdim etadi;
b) moliya vaziri o’rinbosari adliya vazirining tegishli o’rinbosari bilan birgalikda:
xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlashtirilgan o’zaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam ko’rsatishni ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yig’ilishlarida, shu jumladan Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy ko’rib chiqish bo’yicha takliflar beradi;
v) Boshqarma va Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Komissiya ishchi organlari bo’lib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur ma’lumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
xalqaro reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislar bilan to’g’ridan-to’g’ri ishlaydi, shu jumladan, ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar ko’lami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaxassislar ishtirokini, davra suhbatlari, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib beradi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho’basi bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni ko’rib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi;
g) xalqaro reyting va indekslarning ma’lumot bazalaridan foydalanish, zarur axborot materiallarini olish, ushbu reyting va indekslardagi O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilash bo’yicha xalqaro reyting agentliklari hamda xalqaro ekspert, konsultant va mutaxassislarni jalb qilish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish